Qalbida iymoni bo'lgan, Qo'lida QUR'ONI bo'lgan, Chin sevgani ALLOH bo'lgan, muslima qizga uylanay. Kerak emas chiroy, obro', hurmat, otasi boy, Gapim chindir guvohim oy, oqila qizga uylanay. NAMOZni hech kanda qilmas, Dunyo uchun mehr qo'ymas, OXIRATni o'yin bilmas, Ojiza qizga uylanay. Yuzidan nur yog'ar doim, Tili shirin so'zlar doim, Shunday yor bersin HUDOYIM, SOLIHA qizga uylanay. Oilamizga g'am tashvish kelsa, ALLOH bizga sinov bersa, Duo qilib yordam bergan, Farishta qizga uylanay