Psixologiya fani

inson shaxsi, uning ichki dunyosi haqidagi bilimlarning murakkab sohasidir.
Psixologiya har kimga o‘z tajribasidan ma’lum bo‘lgan sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuyg‘u va
insonning qobiliyati, iste’dodi, tempera-menti, xarakteriga xos ruhiy hodisalar haqidagi bilimlarni o‘z
ichiga olgan sohadir.
Psixik
jarayonlar ham boshqa hodisalar kabi o‘z qonunlariga ega. Idrok qilish, his
qilish va tafakkur jarayonlari qanday namoyon bo‘ladi? Odamning qobiliyati
qanday o‘sib boradi va xarakteri qanday tarkib topadi? Psixologiya ilmi ana
shunday nozik masalalar bilan
shug‘ullanadi. Psixologiya juda qadimgi fanlardan bo‘lib, bundan
taxminan ikki yarim ming yillar muqaddam
maydonga kelgan. «Psixologiya» yunoncha «psyuxe» - «jon» umumiy holatda ruh va
«logos» – ilm, ta’limot degan ikki
so‘zdan iborat bo‘lib, «jon yoki ruh
haqidagi ta’limot» degan ma’noni anglatadi. Qadim zamonlarda tashqi olamdan ta’sir
qilayotgan narsalarning nerv sistemasi yordamida miyada aks ettirilishini
odamlarning tushunishi qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ular murakkab aks ettirish
hodisalarini jon bilan bog‘lab tushuntirganlar. Shu tufayli psixologiya fani
qadim zamonlarda jon haqidagi ta’limot sifatida maydonga kelgan. Hozirgi kunda
psixologiya fani o‘zining qadimgi nomini saqlab qolgan bo‘lsa ham mazmunan
batamom o‘zgarib ketgan. Agar biz psixologiyaning mazmunini hozirgi davr
talabidan kelib, tushuntiradigan bo‘lsak,
shunday ta’rif berishimiz mumkin: «Psixologiya fani psixik jarayonlar va
inson shaxsining psixologik xususiyatlari haqidagi fandir».
Davrimizning
yetuk psixologi, professor V.Karimova hozirgi zamon psixologiyasining taraqqiy
etib borishiga shunday ta’rif keltiradi: «Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila
boshlangan davrga salkam 160 yil bo‘ldi. Shu davr ichida juda ko‘plab
ilmiy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga
olgan monografiyalar, darsliklar qo‘llanmalar yozildi. Lekin bu bilan fan
o‘zining jamiyat oldidagi vazifalarini to‘laqonli bajara oldi, degan xulosa
chiqarib bo‘lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko‘rsatgan barcha
olimlar ko‘proq diqqatlarini mavhum shaxs va individual psixologiyaga
qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga
bevosita ta’siri masalasi o‘tgan asr oxirig

Комментарии