Комментарии
- 1 дек 2014 21:12Klass
- 2 дек 2014 04:38Mirtemur Xoliyorov1. 2. 5. Eh bar4a < ajoyib> sizniki oling 1000000000
- 3 дек 2014 09:23Αςαλ Dςα ΑςαλΜαη ΝξrνυΜgα τξyςα ΑjαλΜαηRaxmat
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
MUHAMMAD YUSUF, IQBOL MIRZO va Ahad Qayum sherlari
:Αςαλ Dςα ΑςαλΜαη ΝξrνυΜgα τξyςα ΑjαλΜαη
"O" Ota makonim onajon o'lkam
O'zbekiston jonim to'shay soyangga
Sendan azizroq yo'q, sendayin ko'rkam
Rimni alishmasman bedapoyangga!
Bir go'sha suv bo'lsa bir go'sha qirlar
Qancha yurtni ko'rdim qancha taqdirlar
Qayda bo'lsam suyab' boshni tik tut deb
Tog'laring ortimdan ergashib yurar.
Ko'rdim suluvlarning eng faranglarin
Yo xudbinman yo bir sodda kasman man
Parijning eng go'zal restaranlarin
Bitta tandiringga alishmasman man.
Na gapga ko'nayin na til bilayin
Ko'zdan uyqu qochdi dildan xalovat
Uch kunda sog'insam nima qilayin
Chala qolar bo'ldi barcha sayoxat.
Bildimki baridan ulug'i o'zing
Bildimki yaqini shu tuproq manga
Baxorda baxmalda tug'ilgan qo'zing
Arab oxu sidan azizroq manga.
Sen bilan o'tgan kun bayramdir bazm
Sensiz biroz qolsam vaxmim keladi
Seni bilanlarga qilaman ta'zim
Seni bilmaslarga raxmim keladi.
"Muhammad Yusuf"