ODDIY MUALLIM

Qadri bilinadi endi menga goh,
Olis maktabimning òsha behasham.
Novoiyku bizlarga ustozdir biroq,
Kimdir òqitganku Navoiyni ham.
Shunday uluģ zodga harf òrgatgan kim,
Oddiy muallimda oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor bezovta jonlar,
Ammo qanoatda toģ dek uluģvor.
Hatto Temur dayin sohib quronlar,
Pirim deb etagin òpgan zodlar bor.
Qaysar Jahongirga yòl kòrsatgan kim,
Oddiy muallimda , oddiy muallim.
Yòqdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrabni mashhuru dunyolar qilgan.
Husayinni Ibn Sinolar qilgan,
Abdullaning tilini burrolar qilgan.
Ilon òynatgan dek sòz òynatgan kim,
Oddiy muallimda , oddiy muallim.
Lekin bu hayotning nish sanchiqlaridan,
Qoqinsa kòtargan qòltiqlaridan.
Otadek ezilsa ģussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Uyquda shogirdin òylab yotgan kim,
Oddiy muallimda , oddiy muallim.
Halim kòpu ammo bir dòsti hamroh,
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz kòrdim qincha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim,
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Yuzga kiraman men xudo xoxlasa,
Yuz yildan keyin bir mòmin òrtoģim.
Kòzim yopib jaģim bòğlasa,
Sõngi safarim sari otlangan choğim.
Faqat bir kimsadan bõladi qarzim,
ODDIY MUALKIMDA ,ODDUY MUALLIM.
Ustoz MUHAMMAD YUSUF.

Комментарии