CHO'CHQACHALAR

Cho'chqa bosib ketdi mening bog'imni,
Bir-biridan ox semiz cho'chqalar,
Non so'rab yalaydi hamma yog'imni,
Hech to'ydim demaydi bu go'rso'xtalar.
Yerlarga yumalab chinqirar hurram,
Payxon etib chaman, gulzorlarimni.
Buzadi ter to'kib men neki qursam,
Kezadi muqaddas mozorlarimni.
Qanday olishayin cho'chqalar bilan,
Ularning ajdarlar bilan eti bir,
Ularning tusi bir bo'chkalar bilan,
Ularning kallasi bilan keti bir.
Cho'chqa bosib ketdi mening
bog'imni,
Bir-biridan ox semiz cho'chqalar.
Ko'ppakdek yalaydi hamma yog'imni,
Hech to'ydim demaydi bu go'rso'xtalar.
Bechora maxluq deb rahmim kelgandi,
Yomonlik yo'q edi aslo dilimda.
Bog'imni-ku vayron qilgandi,
Ammo hurillab gapir der mening tilimda.
Ey voh! Cho'qchalardan bezorman bu kun,
Alam gulhanida yonmoqda ichim.
OLLAH! OLLAH! O'zing bir chora qilgin,
Mening cho'chqalarga yetmaydi kuchim!
Ustoz Muxammad Yusufning.
80 yillardagi
Sho'ralarning qora tuzimiga atab yozgan she'ri.
0

Комментарии