Muhammad Yusuf

O'zbekiston
O,ota makonim onajon o'lkam O'zbekistonim jonim to'shay soyangga,Senday mehribon yo'q, seningdek ko'rkam,Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go'sh suv bo'lsa, bir go'sha qirlar. Qancha yurtni ko'rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut debTog'laring izimdan ergashib yurar.
Ko'rdim suluvlarning eng faranglarin, yo xudbinman yo bir sodda kasman men.Parijning eng go'zal restaranlarin,Bitta tandiringa alishmasman men, Na gapga ko'nayin,na til bilayin,Ko'zdan uyqu qochdi,dildan xalovat.Uch kunda sog'insam nima qilayin?Chala qolar bo'ldi hamma sayohat
Bildimki, baridan ulug'im o'zing, Bildimki,yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug'ilgan qo'zing.Arab ohusida azizroq manga. Sen bilan o'tgan har kun bayram-bazim, Sensiz bir on qolsam rahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman tazim, Seni bilmaslarga rahmim keladi.

Комментарии