O‘sha kuni yomg‘ir tinimsiz yog‘ayotgandi. Dadamning tobi yo‘qligidan ko‘nglim g‘ash edi. -Xolida, chop, Rasul do‘xtirni chaqirib kel, -dedi onam. Men onamga hayron boqdim. Yarim tun. Qorong‘idan qo‘rqaman. Onam shoshilib, dadamning yoniga kirib ketdilar. Telefonimizning puli to‘lanmaganligi uchun uzib qo‘yishgan. Akam paxtada. Noiloj dadam yotgan xonaga kirdim. Rangi dokadek yuragini g‘ijimlab, o‘zini har yon tashlayotgan otajonimni ko‘rib qo‘rquvni unutdim. Rasul do‘xtir bizdan ikki bekat narida turadi. Kunduz kuni bo‘lsa ming marta borib kelishgayam rozi edim. Biroq hozir qorong‘ida, yomg‘irda... Yo‘lakning birinchi qavatida turadigan Shahnozalarning eshigini taqillatdim. Balki birga borib kelar, balki telefonidan foydalanarman. Yo‘q, hech kim javob bermadi. Yakshanba kuni mehmonga ketishgandir, degan xayol bilan soyabonimni ochib yo‘lga tushdim. Har qalay, yo‘l chetida do‘konlar qator-qator bo‘lganligi uchun chiroqlarini yoqib ketishgan ekan. "Sanam” fabrikasidan o‘tib olsam, u yog‘i yaqin. Rasul do‘xtir ham maza qilib uxlab yotgandir. U dadamni 15 yildan beri uyda davolaydi. Xayol bilan chopib ketayotganimda orqa tomondan kelib bir sharpa ikki qo‘llab belimdan aylantirib quchoqladi. Chinqirib yubordim. Biroq atrofda zog‘ yo‘q. Yaxshiroq qarasam, zog‘ yo‘q, deb adashganligimni anglab yetdim. Chunki do‘konga suyangancha turgan yana uch sharpa baravar men tomonga qo‘zg‘aldi. -Akajon, qo‘yvoring, menda hech narsa yo‘q. Pulim ham yo‘q. Dadam og‘ir kasal. Do‘xtir chaqirishga borayapman, -dedim yalinib. -Qaranglar, asal qiz ekan, yarim kechada pishirib qo‘yibdimi? O‘z oyog‘i bilan keldi- ya. Seni o‘zing pul, qizaloq, -dedi barzangilardan biri. Shu payt bo‘ynimda onamning qimmatbaho zanjiri borligi yodimga tushib, jon holatda ushlab turgan nusxaning bilagidan tishlab oldim-da, yugurdim. Yuragim og‘zimga tiqilgudek bo‘lib, Rasul do‘xtirning yo‘lagiga yetib bordim. Yaxshiyamki, birinchi qavatda turadi. Qo‘llarim qaltirab ketayotganligi tufayli eshikni oyog‘im bilan tepdim. Bu orada yigitlar yo‘lakda paydo bo‘lishdi. Endi ulardan qo‘rqmayotgandim. Chunki Rasul do‘xtir sumkasini ko‘tarib chiqayotgan edi. -Dadamning ahvoli juda og‘ir. Tez-tez yuring, tog‘a, -deb vaziyatni tushuntirdim. Do‘xtir soyabonni ko‘tarib oldi. Ikkimiz bir soyabonda tez yurib ketdik. Ellik qadamlar yurganimizdan so‘ng yigitlar ortimizdan kelayotganini sezdim. -Bezori bolalar bor. Tog‘a, chopaylik -dedim do‘xtirga. Ular bo‘ynimdagi taqinchoqni olib qo‘yishmoqchi. -Ey qizim. Sen o‘zing qimmatbahosan. Bular bir temirda. Sen chopqillab ketaver. Men qarib qolganman, - dedi u. Men qadamimni tezlatdim. Shu payt ortimdan: -Qizchani tashlab keting, do‘xtir, -degan ovoz keldi. -Nima qilasan? Boyaqishning yuragini yoribsanlar. Shu yomg‘irda uyda o‘tirsanglar bo‘lmaydimi? Sizlardan xavotir oladigan ota-ona bo‘lmasa, bu qizni ota-onasi ilhaq kutib o‘tiribdi. Boringlar. -Ezma ekansan, chol. Yarim kecha yo‘limdan chiqqan qizni hech qachon shunchaki qo‘yib yubormayman. Badr, qizni ushla. Badr deganlari shamoldek kelib meni ushladi va qorong‘ida sal-pal yaltirab turgan mashina tomonga sudradi. Uni bir sakrab, ko‘ksiga tepdim. Orqasi bilan yiqildi.Yana qochdim. "Do‘xtir buva, yordam bering!”. Ortimga o‘girilib do‘xtir ham yordamga muhtoj ekanligini ko‘rdim. Uni qolgan yigitlar sasna daraxti yonida tepib, ayamay urishayapti. Qo‘yvoringlar, dadam o‘lib qoladi. Mayli, meni o‘ldirsanglar ham do‘xtir tezroq ketsin.Izimga qaytib, ular bilan olisha boshladim.Ammo uch yildan beri «Kiokushinkay»ga qatnaganim zoye ketdi. Ular ko‘pchil va baquvvat edilar. -Badr, zog‘chaning ovozini o‘chir. -Do‘xtirni tiriklay tashlab ketaveraylik-da. -Qizni olib ketganimizga guvoh bo‘lmasligi kerak. Baxtiyor, bu tepkingdan pishak ham o‘lmaydi. Sharfing bilan bo‘g‘. Bu gaplar xuddi tushimda bo‘layotgandek tuyulardi. Kiyimlarim namiqib ketganligidanmi, qo‘rquvdanmi tishlarim takkillab, bir-biriga urilardi. Nahotki, bir pasda inson hayoti ostin-ustun bo‘lib ketsa? Do‘xtirning ovozi chiqmay qoldi. -Joni uzildi, -dedi yigitlardan biri. Qorong‘ida yo‘l girdidagi ariqqa Rasul do‘xtirning jonsiz tanasini uloqtirishdi. Men bu ko‘rgulikdan bor ovozim bilan yig‘lashni istardim, biroq og‘zimni mahkam yopgan baquvvat qo‘llar xalaqit berardi. Shu payt miyamga urilgan zarbdan esimni yo‘qotdim. Qancha behush yotganimni bilmayman. Ko‘zimni ochsam, "Neksiya” mashinasining orqa o‘rindig‘ida ikki yigitning tizzasiga yotgancha qayoqqadir olib ketilayapman. Qayoqqa? -Meni qo‘yvoringlar. Dadam... Ular gapimni eshitmayotganini angladim-u, o‘yga botdim. Rasul do‘xtir bilan meni kutib onam tong ottirayotgandir. Qorong‘ida yolg‘iz yuborganiga ming bor pushaymon bo‘layotgandir ham. Dadam-chi? Ertaga maktabga borishim kerak. Nimalar bo‘layapti? Mashina chiroqlari yorug‘ida "Chim” degan yozuv ko‘rindi. Hali Qarshidan nariga bormaganim uchun qayerligini anglamadim. O‘n daqiqalardan keyin mashina katta yo‘ldan o‘ng tarafga burildi. Qorong‘ida o‘nqir-cho‘nqir yo‘llardan o‘tayotganimiz sezilib turardi. Yigitlarning biri: -Rashid aka, kimnikiga haydayapsiz? -deb so‘radi. -Oshnam bor. Shunikiga kirib ,maslahatlashib olamiz, - dedi u. Uyga yaqinlashdik. Tashqarisida yonib turgan chiroq nuri ko‘nglimga qandaydir yorug‘lik berdi. Balki bu uyda yaxshi odamlar turishar, degan o‘y ko‘nglimni yoritardi. Oddiy, suvalmagan, hatto shiferi ham yo‘q edi uyning. Biroq hovlisi juda katta. Shaharda bunday hovlida 4-5 xo‘jalik yashashi mumkin. Buncha ovloq joy ekan. -Qizcha, joning shirin bo‘lsa o‘z oyog‘ing bilan uyga kir. Baqirma, dodlama. Kak budto, sen o‘z xohishing bilan biz bilan ketayapsan, bundan juda xursandsan. Tushundingmi? Tushunmasang, Rasul do‘xtiringni ketidan borib munkarnakirning savollariga javob berasan. Tushinglar, qorin ham piyozning po‘sti bo‘lib ketdi. Yukxonadagi qo‘yni olib, so‘yinglar, -dedi Rashid. Men bu guruhning boshlig‘i Rashid ekanligini bilib olgandim. Hushimdan ketgan paytim yo‘lda to‘xtab, bitta qo‘yni o‘marishgan ekan-da. Qo‘yni yerga qo‘yishdi. Mashinada noqulay kelganmi yoki urishganmi bir oyog‘ini yerga qo‘ya olmasdi. Unga rahmim keldi. "Ikkimiz bir hozir, qo‘yjon! Seni ham hozir so‘yib, pishirib yeyishlari mumkin. Meni ham... ey xudo, menga madad ber, bu barzangilar zulmidan qutqar. Dadajonimga umr ber. Rasul do‘xtirning xotiniga, yetti bolasiga chidam ber. Yoshim o‘n oltiga kirayapti. Birinchi marta senga yalinishim. Yosh jonimga jabr qilma”... deya bir joyda qaltirab turardim. Tirsagimdan ushlagan Badr kulimsirab uyga ishora qildi. Ichkaridan bo‘ynini aylantirib, ro‘mol o‘ragan, qalin chopon kiygan, yuzi katta va dumaloq, burni uzun, ko‘zlari qisiq ayol chiqib kelayotgandi. -Opajon, qandaysiz? Cho‘li aka bormi? Mana, sizga mehmon olib keldik. Yo‘lda mashina buzilib, ozroq ivib qoldi. Kiyimini quritib olsin. Qo‘yni so‘yishsin, "jiz-biz” qilib berasiz-da. -Hozir akangizni uyg‘otaman, -deb ayol menga o‘qrayib qarab, ortiga burilib ketdi. Yelkasiga to‘n tashlagan, soch-soqoli o‘sib ketgan qirq yoshlar chamasidagi uy egasi chiqib, Rashid bilan quchoqlashib ko‘rishdi.17.09.13 Tutqunlikdao'nkun- 21Июня 2013- Sanduvoch.Uz sanduvoch.uz/news/ tutqunlikda_o_n_kun/2013-06-21-48 3/7 -Bormisan, uka? O‘sha-o‘sha g‘oyib bo‘lganingcha hozir "gulboqqa” ketgansanmi, deb o‘ylovdim. -Tirikmiz, hali "gulboqqa”yam emasmiz. Faqat, bugun juda charchaganmiz. -Qiz o‘zlaringga tegishlimi yoki uniyam dala-dashtda o‘tlab yurganida ushlab oldingmi? -O‘zimizdan. Ismi Gulya. Gapni qisqa qilib, mezbonligingizni qiling, aka. Qo‘yning ham tomog‘i taqillab turibdi. Yigitlarga pichoq bering. Qizni alohida uyga olib kiring. -Bizda alohida uy bormi? Ikki uy, bir dahlizda. Xotinning oldiga qo‘yaman. -Mayli, Baxti, beri kel, yangani eshigida turasan. Yana qushcha bemahalda uchib ketmasin. Nihoyat uyga kirdik. Zax. Gilamlar yupqaligidan oyoqdan sovuq o‘tadi. -Po‘stakka o‘tir, isiysan, - dedi ayol. Po‘stakni birinchi ko‘rishim. Har qalay qo‘yning juni bo‘lsayam, muloyim, issiq ekan. Jemfirimni yechib qo‘ydim va ayol bergan tivit ro‘molga o‘randim. -Opajon, dadam og‘ir ahvolda edilar. Menga yo‘l ko‘rsating, bu yerdan chiqib ketishimga yordam bering. Bolalaringizni rohatini ko‘ring. Bular yaxshi odamlarmas, jon opa, -deb yig‘ladim. Ayol xo’mrayib qaradi: -Seni kimligingni afti- angoring aytib turibdi. Soching qani, sen qatori qizimning sochi beliga tushadi. Ular qishloqda. Biz dashtga uy solib chiqqanmiz. Yengsiz ko‘ylaging-chi? Buyam beorligingni bildirib turibdi. Moshinga seni birov majburlab o‘tqizmagandir? Shaharda qizlar kechasi sanqiydi-da, yana ko‘z yoshi qilib, o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Asli ersirab ko‘chaga chiqdingmi, endi chida. Lekin meni uyimda harom ish qilishlaringga yo‘l qo‘ymayman. Ona suti og‘zidan ketmagan go‘daksan-u. Ayol chiqib ketdi. Unga gapirganimdan foyda yo‘qligini bilgach, yig‘lamay qo‘ydim. Eshik oldiga borsam, Baxtiyor degani qorovullik qilayapti. Nazarimda menga rahmi kelayotgandek tuyuldi. -Tashqariga chiqishim kerak. -Ichkarida tur. SHefdan so‘ray-chi? Hojatxonaga borguncha ancha yo‘l ekan. Hovlida, chiroq yorug‘ida qo‘yni saranjomlab olayotgan yigitlarning bir ko‘zi menda. Yaydoq dala. Qayoqqa qarab qochsam? Biror daraxt panasida tong ottirsam ham mayliydi. Men endi taqinchoqdan ham qimmat or-nomusimni o‘ylayotgandim. Qaytishda yo Xudo, -dedim-u Baxtiyorning ko‘zini shamg‘alat qilib, to‘g‘ri kelgan tomonga qochdim. Ayvondagilar ham meni poylab turganday ishlarini tashlab, quvishga tushishdi. Oyoqlarim shalabbo bo‘ldi. Bedami, moshmi bilmadim, nimadir ekilgan ekan. Shaharda o‘sganim uchun buning farqiga bormadim. Makkajo‘xorizor ichiga kirib to‘xtadim. Biroq aksirganimdan ular meni qayerdaligimni darrov bilib olishdi. Yanachopa ketdim. Katta beton ariq bor ekan. Gursillab quladim. Suvi juda kam bo‘lgani uchun meni oqizmadi. Barzangilar yetib kelib ,ko‘tarib olib ketishdi. Hamma joyim og‘rirdi. Chakkam sementga urilib yorilgan. Ayol mening qonagan joylarimga paxta bosdi. Issiq choy ichirdi. -Men ham ayolman. Hozir senga yordam bersam, sho‘rim quriydi. O‘zi sal ola qarasam, erim tepganitepgan. Ayolning sho‘ri bor-da. Peshonang sho‘r ekan. Senga xudo yordam bermasa, bandaning qo‘lidan hech ish kelmaydi. Qo‘limdan keladigani bu kecha seni hech kimga bermayman. Ertaga xudo poshshodir. Ayolning bu gapidan keyin ko‘nglim biroz tinchidi. Beo‘xshov kiyimlarini kiyib, qo‘y go‘shtidan tanovul qildim. Og‘riq va charchoq yengib uxlab qoldim. Tushimda otam bilan Rasul do‘xtir meni izlab kelayotganmish. Ikkisi ham oppoq xalat kiygan. Xuddi havoda uchib yurgandek. Onam ko‘pchilik ayollar bilan gashtak qilibdi. Uyimiz xotin-xalajga to‘la. Onam tik turib ashula aytayapti... -Uy-uyg‘oting, yanga. Yo‘limiz uzoq. Tez chiqsin, -degan buyruqdan seskanib uyg‘onib ketdim. Bir zum qayerda yotganimni unutib kalovlanib qoldim. Ayolni ko‘ribgina men to‘rt barzangi asirasi ekanligim yodimga keldi. Demak oqarib kelayotgan tong menga yaxshilikni va’da qilayotgani yo‘q. Bir necha soatdan so‘ng sinfdoshlarim maktabga borishadi. Men esa... O‘qituvchim yo‘qlama qiladi... Men yo‘q. Sabablimi, sababsizmi, deydi. Hech kim bilmaydi. Eshikdan kirgan Rashidga: -Hademay dars boshlanadi. Uyga qaytaringlar. Men hech kimga hech narsa demayman, jon aka, -dedim. -Hali maktab o‘quvchisiman, de. -Ha, bu yil o‘n birinchi sinfda o‘qiyapman. -Senga ishonolmayman. Guvoh qoldirish - gunoh. Shu bois yo‘limizni Toshkentga buramiz. Toshkentni ko‘rganmisan? -Yo‘q. Hali shahardan chetga chiqqanim yo‘q edi. Ko‘rmay qo‘ya qolay. Jon aka, dadamning mazalari yo‘q. Uyni sog‘inib ketdim. -Afsus, qizaloq, ortga yo‘l yo‘q. Gap tamom. Baxtiyor, uni mashinaga olib bor. Yalinib-yolvorishlarim foyda bermagach, Baxtiyor bilan mashina tomon yurdim. Boshimning yorilgan joyiga sochimni tushirib qo‘yishdi. -O‘lmay desang, Toshkentgacha "miq” etmay bor. Yo‘lda melisa ko‘rsang, jilpanglab qolma. Bari befoyda. Yosh joningga jabr qilma. Iltijo bilan uy bekasiga qaradim. U og‘ir xo‘rsinib, xayrlashmasdan kirib ketdi. Mashina yana yo‘lga tushdi. Endi men ular aytganday "miq” etmay xayol daryosiga sho‘ng‘igandim. Faqat Baxtiyor o‘qtin-o‘qtin ko‘zimga termuladi. Qo‘lini qo‘limga tekkizishga harakat qiladi. Eng shilqimi shu ekan, degan xayolda surilib o‘tiraman. Tong bo‘zarib otayotganda biz "Samarqand” degan yozuv oldida to‘xtadik. Ular passportlarini ko‘rsatishdi. Meni hali o‘quvchi ekanligimni aytishdi. Viloyatimiz chegarasidan ham o‘tib ketdik. Yomg‘irdan keyingi havo juda toza va yoqimli edi. Har zamon tuproq hidi dimoqqa uriladi. Shunday lahzalarda asira ekanligimni ham unutib, tevarakni tomosha qilaman. Ha, o‘lim oldidan Olloh shunday go‘zal joylarni ko‘rsin, degan ekan-da. -Nega qovog‘ing uyulgan, Badr? -dedi Rashid. -Do‘xtir "jalka” ketdi. Nima uchun o‘ldirdik? Bu do‘ndiqchani nima qilamiz?! Boshimizga og‘ir savdo soldik. Bu ishimiz fosh bo‘lsa... -O‘chir, yuragimni siqma,hammasi joyida bo‘ladi. Do‘ndiqcha masalasini ham o‘ylab ko‘ramiz. Bizning jinoyatimizga u ham sherik- ku. -Yolg‘on, -dedim men. -Men jinoyat qilganim yo‘q. Sizlar qotilsizlar. Do‘xtir buvani yettita bolasi bor. Uvoli uradi. Ko‘r bo‘lasizlar. Axir u begunoh edi. Begunoh bir qizning ham uvoliga qolasizlar. Sizlar chohga qarab ketayapsiz. Hech narsa oshkor bo‘lmay qolmaydi. -O‘chir. Sen zag‘chaga kim so‘z berdi? Hammasiga sen aybdorsan. Kechasi sanqib nima qilarding? Uyingda sendan boshqa tirik jon yo‘qmidi? Kechasi yurgan qizni kim sog‘ deb o‘ylaydi? Boshga bitgan balo bo‘lding, zumrasha. Kimsan, Rashid mujik bir jipriqini olib qochibdi, degan gap yaxshi emas. Men katta-katta ishga o‘rganganman. Jilla qursa, otang katta bir amaldor bo‘lsaydiyam, garovga qo‘ysak. Balki boyning qizidirsan? -Bilmadim, uch xonali uyda turamiz. Otam kasalmand. Ayam o‘qituvchi. Har qalay nonsiz qolmaganmiz. Biroq mashinamiz yo‘q. -O‘rtaholdan ham past. Ayangni tillo taqinchoqlari ko‘pdir? -Bo‘ynimdagi taqinchoq ayamniki. Pulini bo‘lib-bo‘lib to‘ladilar. -Katta ishda ishlaydigan qarindoshlaring yo‘qmi? O‘ylab ko‘rib, birorta qarindoshimizning amaldorligi yodimga kelmadi. Yo‘q bo‘lsa, nima qilay? Biroq bularni qo‘rqitib qo‘yish uchun yolg‘on gapirdim. -Vazirlikda bitta tog‘am ishlaydilar. Bittasi SNBda. Bittasi prokuraturada. Militsiyada ham amakim ishlaydilar. Biri Toshkentda. -Birortasining adresini ayt. Olib borib qo‘yamiz. -Aytmayman. Ularga tashvish bo‘lib nima qilaman. Ajalim yetgan bo‘lsa, o‘lib ketaveraman-da. O‘limdan qo‘rqmayman. Mana, Rasul do‘xtirni endi hech kim bezovta qilolmaydi, hech kimdan qo‘rqmaydi, tashvishlanmaydi. Hozir mashina o‘qdek uchib avariya bo‘lsa ham mayliydi. -Niyating yomon emas. O‘lim yaxshi narsa. Biroq tiriklik topilmas ne’mat. Hozircha tirikmiz. Demak, ko‘chaga chopib chiqayotgan manavi go‘zal qizlardan non sotib olamiz. Rashid mashinani to‘xtatdi. Qiz-juvonlar qo‘lida non bilan chopib kelib, tojikcha, o‘zbekcha gapirib Samarqand nonini olishga undashardi. -Bu bozordan non olmay bo‘lmaydi, -dedi Badr. Yaltillagan nonlar hidi mashinani to‘ldirdi. Dadam ham shunday nonlardan olib borardilar. "Eh dadajonim, og‘rig‘ingiz qoldimikan? Yo uyga qaytmagan qizingizdan xavotirlanib battar bo‘ldimi? Qaniydi, mana bu barzangilarga kuchim yetsa- da, urib qochib huzuringizga borsam”. Yuzimni yuvayotgan ko‘z yoshlarni ko‘rib, Baxtiyor teskari qaradi. Soat 10 dan 15 minut o‘tganda Toshkentga kirib bordik. Bu payt birinchi darsimiz tugagan bo‘lardi. Atrofga alanglab, borayotgan joyimizni aniqlashga urindim. -Qoraqamishga haydayman. Do‘ndiqchaga ko‘zoynak kerak, Baxtiyor -dedi Rashid. Baxtiyor meni engashtirib ko‘zimni yopdi. 5 daqiqalardan so‘ng ular mo‘ljallagan joyga yetib keldik. Ko‘p qavatli uylarning biriga olib kirishdi. Zinalardan ko‘tarildik. Ko‘zimni ochishdi. Eshikda 36 nomeri bor, xolos. Ichkaridan soch-soqoli o‘sgan qirq yoshlardagi kishi chiqdi. -Oho, mujiklar, qani marhabo! -Bu qiz asosiy mehmonimiz. Unga alohida xona, alohida e’tibor kerak, -dedi Rashid ichkariga kirgach, buyruq ohangida. Nazarimda u Rashidni juda hurmat qiladi yoki undan qo‘rqadi. -Nima desangiz shu. Uy uchinchi qavatda joylashgan, xonalari beshta ekan. Meni kichikroq xonaga kiritib yuborishdi. Men uzoqlashmasdan eshik orqasiga o‘tirdim. Chunki bo‘ladigan suhbat mening taqdirim haqida bo‘lishini anglardim. -Qizchani nima qilamiz, Rashid aka, olib yuraveramizmi? -Nima qil, deysan? -Menga sovg‘a qilsangiz- chi? -Ishtahang karnay-ku. Badr. Men turganda sen qizga erishmoqchimisan? -Ernest, sen nima deysan? Ayt-chi, adolat yuzasidan do‘ndiqchaga kim haqli? -Hammayam mehnat qildi. Lekin sizning boshchiligingizda. -Baxtiyor, sen-chi? Do‘xtirni tepayotganingda, oyog‘ing kaltalik qildimi, deyman? -Men sizlar bilan birinchi marta bo‘layapman. Sizlarni qanday guruh ekanligingizni bilmayman. Men o‘z ixtiyorim bilan odam ham o‘ldirmasdim, qiz ham olib qochmasdim. -O‘yindan chiqmoqchimisan? Chiqsang, do‘xtirning o‘limini bo‘yningga olibgina chiqasan. -Ikki o‘n besh - bir o‘ttiz. Biroq qizchani qo‘yib yuborish kerak. -Buning iloji yo‘q. U sotadi -Uni menga beringlar. Hech kim topolmaydigan joylarga olib ketaman. Uni yoqtirib qoldim. -Qancha berasan? -200 mingga kuchim yetadi. -Afsus, senga ham, qizga ham ishonmayman. Sen uni qo‘riqlaysan. Agar biror gap bo‘lsa, o‘sha zahoti o‘lasan. -Qizcha hammamizniki, shef. Biroq sizga bag‘ishladik. Bizniyam ulushimiz bor, sizdan keyin, albatta, -dedi Ernest deganlari hiringlab. "Ey, xudo! Ular nimalar deyapti? Meni bo‘lishmoqchi. Endi bu kecha meni xor qilishadimi? Ota-onam umid bilan o‘stirgan. O‘zing madad ber, ulardan asra” deya xudoga iltijo qilardim. -Qiz masalasini to‘xtatib, Qarshidan xabar olish kerak. Nima gap, nima so‘z? Iz qoldirmadikmi? Ernest, nega "uf” tortayapsan? -Pravam tushib qolgan. Qayoqqa tushganini bilmayman. -Qovun tushiribsan-ku. Olishuvda tushgandir. -Balkim. -Mabodo sendan gumon qilishsa, bo‘yningga olib ketasan. Yigitchilik, deb shunga aytadilar. Eh, kasofat. «Paxtazor»da yashaydigan ukangga telefon qil, Badr. Razvedka qilsin. Ukangni pishiqla. Seni so‘rashsa, "Ippodrom”da savdo qilayapti, desin. Tushundingmi? -Xo‘p. Yarim soatdan keyin sizga axborot yetkazaman. -Yaxshi, mulla akangga ayt, bitta palov yasasin. Qizni eng ichkaridagi xonaga olib kiring. Baxtiyor qorovullikka tursin. Bu kecha bir bazm qilaylik. Ernest, pravangni unut-da, dugonalaringdan taklif qil. Boshga tushganini ko‘z ko‘radi. Davay, ishga kirishinglar. Rashidning har bir buyrug‘ini eshik orqasidan qo‘rqa-pisa eshitdim. Men haqimda uzil-kesil qaror chiqarishmadi, shekilli, deb yengil tin oldim. Biroq Qarshidan kelgan axborotni qanday eshitsam? Fikr-u xayolim shunda. Yigitlarning xonasidagi "tiq” etgan ovoz mening e’tiborimdan chetda qolmas edi. Ular yarim soatlar chamasi sabzi to‘g‘rashdi. Demak, bugun bu jinoiy guruhning boshqa a’zolari ham kelsa kerak. Rashid ketsa, Badr to‘daboshi bo‘larkan. Shu bois uning ovozi baland chiqa boshladi: -Tezlashtiringlar, vaqt ziq. Mehmonlar kelib qolishadi. Baxtiyor, do‘ndiqchani ichkari xonaga olib kirdingmi? Bor, bechora ma’shuqang otasidan ham ayrilib qolibdi. Lekin aytma. Bazmni buzmasin. Bu xabardan bir zum gangib qoldim. "Dadam, dadajonim o‘libdi! Ichimdan bir nima uzilib ketgandek bo‘ldi. Nega? Do‘xtir yetib bormagani uchunmi? Yoki men qaytmaganim sabablimi? Nima bo‘lsayam dadamdan ayrilibman. Biroq nega jimman? Nega ko‘z yoshlarim yo‘q? Diydam qotib qolganmi? Demak, bugun bir emas, ikki o‘lik qabristonga qo‘yilgan. Ikkalasigayam men sababchi. Ey xudo, shunchalik shumqadammanmi? Bir paytlar baxtli qizaloq edim-ku. Dadam doim tizzalariga chiqarib erkalatib, "kenja qizim, erkatoyim” deb bag‘irlariga bosardilar. Akam shunchalik xo‘mrayardiki, meni yeb qo‘ygudek. Paxtadan qaytib, "voy dadam”lab yig‘lab yotgandir. Opalarim-chi? Oppoq, azador kiyim ularga hecham yarashmagandir. Kimga ham yarashardi? Bariga mana shu razillar sababchi. Ular hech bir sababsiz ikki kishining boshiga yetdi. Yana bazm-u jamshid qilarmish”. Xayollarim adog‘iga yetmay eshikni ochib, Baxtiyor kirib keldi. Shahd bilan o‘rnimdan turdim-u, yig‘lab yubordim. Yugurib borib, uni ura boshladim. Yuzlarini timdaladim. U menga qarshilik qilmadi. O‘zini tutib berdi: "Uraver, qizgina. Sen ham, men ham baxtiqaro yoshlarmiz. Tengdoshlarimiz sayr qilib yurishibdi. Derazadan qara, ularni ko‘rasan. Sen asira bo‘lsang, mening ham taqdirim senikidan pesh emas. Sen ham faqat qochish haqida o‘ylaysan, men ham. Sen otangdan kecha ayrilgan bo‘lsang, men uni bir bor ko‘rmaganman. Yur, boshqa xonaga o‘tishing kerak”. Men o‘kirib yig‘ladim. Zumda mo‘ylabini silab Badr kirib keldi. Uning qo‘rqinchli basharasidan bu safar seskanmadim. Endi men uchun hamma narsa tugagandek befarq bo‘lib qolgandim. Baxtiyorni qo‘yib, unga yuzlandim. Dadamni qaro yerga yotgani ko‘z oldimga kelib, Badrning oldida qanchalik ojiz va nimjon bo‘lishimga qaramay, uning bo‘yniga yopishdim. G‘oyibdan paydo bo‘lgan kuch yordamida jon- jahdim bilan bo‘g‘a boshladim. Baxtiyor bizni ajratishga shoshilmasdi. Kutilmagan hujumdan shoshib qolgan Badrning baquvvat qo‘llari ikki yelkamdan itara boshladi. Ko‘zlari xonasidan chiqqudek dahshatli tus oldi. Badr meni dast ko‘tarib oldi-yu, uloqtirib yubordi. Xona to‘ridagi oynali javonga oyog‘im tegib, ikki ko‘zi chilchil sindi. Boshim deraza raxiga borib urilishi mumkin edi. Faqat Baxtiyorning hushyor turganligi tufayli kecha yaralangan boshim yana lat yemadi. U meni bosh tomonimdan ushlab qolgan va oqibat boshim uning yuziga qattiq urilib, burni qonab ketgan edi. -O‘ldiraman bu manjalaqini! Sirdaryoning baliqlariga o‘ligini yedirmasam, otimni boshqa qo‘yaman. -O‘ldir, o‘lganim yaxshi. Dadajonimning yoniga boraman. Odamxo‘rlar. Meni dadam sizlarga nima yomonlik qiluvdi? Hali ellikka ham kirmagan edilar. Voh, dadajonim! Meni nima uchun dunyoga keltirdinglar? Shu to‘rt kuchukka yem qilish uchunmi? -Baxtiyor, churban, aytma degandim-ku? -O‘zi eshik orqasidan eshitgan ekan. Kirgan zahotim meni yumdalab tashladi. Badr Baxtiyorning basharasiga qarab "Bor, yuzingni yuv, qonga belabdi-ku” -deb chiqarib yubordi. Keyin mening tepamga kelib o‘shqirdi: -Sening baxtsizliging bizni to‘daga yo‘liqqaning. Bu dadangga ham, onangga ham, do‘xtirning oilasiga ham yaxshilik keltirmadi. Dadang o‘lgan bo‘lsa, ajab qilibdi. Qizining or-nomusini o‘ylab kechalari uxlamay, qayerdaligini bilolmay chorasiz o‘tirgan otangning azobi yengillashibdi. Biroq bizda rahm-shafqat yo‘q. Rashid yo‘qligi uchun joning omon qoldi.Yana u dunyoga hur qiz bo‘lib ketishingni istamadim. Axir bugun sening sharafingga bazm uyushtirilayapti. Bazm tugagach, sen ko‘pkariga qo‘yilgan uloqdek goh u qo‘lga, goh bu qo‘lga tushasan. Shunda meni bo‘g‘moqchi bo‘lgan nozik qo‘llaringdan alamimni olaman. Aytgancha, tepking ham hali yodimda. U gapini tugatib meni bir tepdi-da, chiqib ketdi. Yuztuban yotgancha rosa yig‘ladim. Nihoyat Baxtiyor meni boshqa xonaga boshladi. Xonadan chiqqan zahotim sabzi to‘g‘rab qoldirilgan pichoqqa ko‘zim tushdi. "Voy oyog‘im” dedim-u, Baxtiyorni chalg‘itib egilib, shundoqqina ko‘rpacha ustida turgan pichoqni sezdirmay yengimga tiqdim. Eng to‘rdagi xonaga yetib keldik. Ularning didi chakki emas. Xona tor va qorong‘u. Xonaga kirdim-u, darhol Baxtiyorni pichoqlab o‘ldirsammi, deb o‘yladim. Biroq, ular bitta emas. Yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilaman. Yaxshisi, o‘zimni o‘ldirish uchun saqlab qo‘yaman. O‘lsam ham dadajonim yoniga pok holda ketishim kerak. Endi men baxtiqaro onam haqida o‘yga botdim. "Nima qilayotgan bo‘lsa? Dadamni olib chiqib ketishgandir. Ikki opamga suyanib ho‘ng- ho‘ng yig‘layotgandir. Men ham dard ustiga chipqon bo‘ldim. Endi mening tirikligim ham ularni quvontirmas. Olib qochilgan qiz kimga kerak? Nomim yomonga chiqdi-qoldi. O‘limgina mening ahvolimni yengillashtiradi. Xayr, ayajon, xayr maktabim, sinfdoshlarim, alvido!» Pichoqni olib Baxtiyorning teskari qarab xayolga botganidan foydalanib, ko‘ksimga sanchmoqchi bo‘ldim. Lekin Baxtiyor ko‘rib qoldi. Shartta qo‘limdan tortib oldi-da, yonimga o‘tirdi Davomi bor...
ΞXΞIΞKΞOΞYΞAΞLΞAΞRΞ
:S sodiqov
TUTQUNLIKDA 10 KUN
O‘sha kuni yomg‘ir tinimsiz
yog‘ayotgandi. Dadamning tobi
yo‘qligidan ko‘nglim g‘ash edi.
-Xolida, chop, Rasul do‘xtirni
chaqirib kel, -dedi onam.
Men onamga hayron
boqdim. Yarim tun. Qorong‘idan
qo‘rqaman. Onam shoshilib,
dadamning yoniga kirib
ketdilar. Telefonimizning
puli to‘lanmaganligi uchun uzib
qo‘yishgan. Akam paxtada. Noiloj
dadam yotgan xonaga
kirdim. Rangi dokadek
yuragini g‘ijimlab, o‘zini har yon
tashlayotgan otajonimni ko‘rib
qo‘rquvni unutdim.
Rasul do‘xtir bizdan ikki
bekat narida turadi. Kunduz kuni
bo‘lsa ming marta borib
kelishgayam rozi edim.
Biroq hozir qorong‘ida,
yomg‘irda... Yo‘lakning birinchi
qavatida turadigan
Shahnozalarning eshigini
taqillatdim.
Balki birga borib kelar, balki
telefonidan foydalanarman. Yo‘q,
hech kim javob bermadi.
Yakshanba kuni
mehmonga ketishgandir,
degan xayol bilan soyabonimni
ochib yo‘lga tushdim. Har qalay,
yo‘l chetida do‘konlar
qator-qator bo‘lganligi
uchun chiroqlarini yoqib
ketishgan ekan. "Sanam”
fabrikasidan o‘tib olsam, u yog‘i
yaqin.
Rasul do‘xtir ham maza qilib
uxlab yotgandir. U dadamni 15
yildan beri uyda davolaydi. Xayol
bilan chopib
ketayotganimda orqa
tomondan kelib bir sharpa ikki
qo‘llab belimdan aylantirib
quchoqladi. Chinqirib yubordim.
Biroq atrofda zog‘ yo‘q.
Yaxshiroq qarasam, zog‘ yo‘q,
deb adashganligimni anglab
yetdim. Chunki do‘konga
suyangancha turgan yana
uch sharpa baravar men
tomonga qo‘zg‘aldi.
-Akajon, qo‘yvoring, menda
hech narsa yo‘q. Pulim ham yo‘q.
Dadam og‘ir kasal. Do‘xtir
chaqirishga
borayapman, -dedim yalinib.
-Qaranglar, asal qiz ekan,
yarim kechada pishirib
qo‘yibdimi? O‘z oyog‘i bilan keldi-
ya. Seni o‘zing pul,
qizaloq, -dedi
barzangilardan biri.
Shu payt bo‘ynimda
onamning qimmatbaho zanjiri
borligi yodimga tushib, jon
holatda ushlab turgan
nusxaning bilagidan tishlab
oldim-da, yugurdim. Yuragim
og‘zimga tiqilgudek bo‘lib, Rasul
do‘xtirning yo‘lagiga
yetib bordim. Yaxshiyamki,
birinchi qavatda turadi. Qo‘llarim
qaltirab ketayotganligi tufayli
eshikni oyog‘im bilan
tepdim. Bu orada yigitlar
yo‘lakda paydo bo‘lishdi. Endi
ulardan qo‘rqmayotgandim.
Chunki Rasul do‘xtir
sumkasini ko‘tarib
chiqayotgan edi.
-Dadamning ahvoli juda
og‘ir. Tez-tez yuring, tog‘a, -deb
vaziyatni tushuntirdim. Do‘xtir
soyabonni ko‘tarib
oldi. Ikkimiz bir soyabonda
tez yurib ketdik. Ellik qadamlar
yurganimizdan so‘ng yigitlar
ortimizdan kelayotganini
sezdim.
-Bezori bolalar bor. Tog‘a,
chopaylik -dedim do‘xtirga. Ular
bo‘ynimdagi taqinchoqni olib
qo‘yishmoqchi.
-Ey qizim. Sen o‘zing
qimmatbahosan. Bular bir
temirda. Sen chopqillab ketaver.
Men qarib qolganman, -
dedi u.
Men qadamimni tezlatdim.
Shu payt ortimdan:
-Qizchani tashlab keting,
do‘xtir, -degan ovoz keldi.
-Nima qilasan?
Boyaqishning yuragini
yoribsanlar. Shu yomg‘irda uyda
o‘tirsanglar bo‘lmaydimi?
Sizlardan
xavotir oladigan ota-ona
bo‘lmasa, bu qizni ota-onasi ilhaq
kutib o‘tiribdi. Boringlar.
-Ezma ekansan, chol. Yarim
kecha yo‘limdan chiqqan qizni
hech qachon shunchaki qo‘yib
yubormayman.
Badr, qizni ushla.
Badr deganlari shamoldek
kelib meni ushladi va qorong‘ida
sal-pal yaltirab turgan mashina
tomonga
sudradi. Uni bir sakrab,
ko‘ksiga tepdim. Orqasi bilan
yiqildi.Yana qochdim.
"Do‘xtir buva, yordam
bering!”. Ortimga o‘girilib do‘xtir
ham yordamga muhtoj ekanligini
ko‘rdim. Uni qolgan
yigitlar sasna daraxti yonida
tepib, ayamay urishayapti.
Qo‘yvoringlar, dadam o‘lib
qoladi. Mayli, meni o‘ldirsanglar
ham do‘xtir tezroq ketsin.Izimga
qaytib, ular
bilan olisha
boshladim.Ammo uch yildan beri
«Kiokushinkay»ga qatnaganim
zoye ketdi. Ular ko‘pchil va
baquvvat
edilar.
-Badr, zog‘chaning ovozini
o‘chir.
-Do‘xtirni tiriklay tashlab
ketaveraylik-da.
-Qizni olib ketganimizga
guvoh bo‘lmasligi kerak. Baxtiyor,
bu tepkingdan pishak ham
o‘lmaydi. Sharfing
bilan bo‘g‘.
Bu gaplar xuddi tushimda
bo‘layotgandek tuyulardi.
Kiyimlarim namiqib
ketganligidanmi,
qo‘rquvdanmi tishlarim
takkillab, bir-biriga urilardi.
Nahotki, bir pasda inson hayoti
ostin-ustun bo‘lib ketsa?
Do‘xtirning ovozi chiqmay
qoldi.
-Joni uzildi, -dedi yigitlardan
biri. Qorong‘ida yo‘l girdidagi
ariqqa Rasul do‘xtirning jonsiz
tanasini
uloqtirishdi. Men bu
ko‘rgulikdan bor ovozim bilan
yig‘lashni istardim, biroq
og‘zimni mahkam yopgan
baquvvat
qo‘llar xalaqit berardi. Shu
payt miyamga urilgan zarbdan
esimni yo‘qotdim.
Qancha behush yotganimni
bilmayman. Ko‘zimni ochsam,
"Neksiya” mashinasining orqa
o‘rindig‘ida ikki
yigitning tizzasiga
yotgancha qayoqqadir olib
ketilayapman. Qayoqqa?
-Meni qo‘yvoringlar.
Dadam...
Ular gapimni
eshitmayotganini angladim-u,
o‘yga botdim. Rasul do‘xtir bilan
meni kutib onam tong
ottirayotgandir. Qorong‘ida
yolg‘iz yuborganiga ming bor
pushaymon bo‘layotgandir ham.
Dadam-chi? Ertaga
maktabga borishim kerak.
Nimalar bo‘layapti? Mashina
chiroqlari yorug‘ida "Chim”
degan yozuv ko‘rindi. Hali
Qarshidan nariga
bormaganim uchun qayerligini
anglamadim. O‘n daqiqalardan
keyin mashina katta yo‘ldan o‘ng
tarafga burildi. Qorong‘ida
o‘nqir-cho‘nqir yo‘llardan
o‘tayotganimiz sezilib turardi.
Yigitlarning biri:
-Rashid aka, kimnikiga
haydayapsiz? -deb so‘radi.
-Oshnam bor. Shunikiga
kirib ,maslahatlashib olamiz, -
dedi u.
Uyga yaqinlashdik.
Tashqarisida yonib turgan chiroq
nuri ko‘nglimga qandaydir
yorug‘lik berdi. Balki bu
uyda yaxshi odamlar
turishar, degan o‘y ko‘nglimni
yoritardi. Oddiy, suvalmagan,
hatto shiferi ham yo‘q edi
uyning. Biroq hovlisi juda
katta. Shaharda bunday hovlida
4-5 xo‘jalik yashashi mumkin.
Buncha ovloq joy ekan.
-Qizcha, joning shirin bo‘lsa
o‘z oyog‘ing bilan uyga kir.
Baqirma, dodlama. Kak budto,
sen o‘z xohishing
bilan biz bilan ketayapsan,
bundan juda xursandsan.
Tushundingmi? Tushunmasang,
Rasul do‘xtiringni ketidan
borib munkarnakirning
savollariga javob berasan.
Tushinglar, qorin ham piyozning
po‘sti bo‘lib ketdi. Yukxonadagi
qo‘yni olib, so‘yinglar, -dedi
Rashid.
Men bu guruhning boshlig‘i
Rashid ekanligini bilib olgandim.
Hushimdan ketgan paytim yo‘lda
to‘xtab, bitta
qo‘yni o‘marishgan ekan-da.
Qo‘yni yerga qo‘yishdi.
Mashinada noqulay kelganmi
yoki urishganmi bir oyog‘ini
yerga qo‘ya olmasdi. Unga
rahmim keldi. "Ikkimiz bir hozir,
qo‘yjon! Seni ham hozir so‘yib,
pishirib yeyishlari
mumkin. Meni ham... ey
xudo, menga madad ber, bu
barzangilar zulmidan qutqar.
Dadajonimga umr ber. Rasul
do‘xtirning xotiniga, yetti
bolasiga chidam ber. Yoshim o‘n
oltiga kirayapti. Birinchi marta
senga yalinishim. Yosh
jonimga jabr qilma”... deya
bir joyda qaltirab turardim.
Tirsagimdan ushlagan Badr
kulimsirab uyga ishora qildi.
Ichkaridan bo‘ynini
aylantirib, ro‘mol o‘ragan, qalin
chopon kiygan, yuzi katta va
dumaloq, burni uzun,
ko‘zlari qisiq ayol chiqib
kelayotgandi.
-Opajon, qandaysiz? Cho‘li
aka bormi? Mana, sizga mehmon
olib keldik. Yo‘lda mashina
buzilib, ozroq ivib
qoldi. Kiyimini quritib olsin.
Qo‘yni so‘yishsin, "jiz-biz” qilib
berasiz-da.
-Hozir akangizni
uyg‘otaman, -deb ayol menga
o‘qrayib qarab, ortiga burilib
ketdi.
Yelkasiga to‘n tashlagan,
soch-soqoli o‘sib ketgan qirq
yoshlar chamasidagi uy egasi
chiqib, Rashid bilan
quchoqlashib
ko‘rishdi.17.09.13
Tutqunlikdao'nkun- 21Июня
2013- Sanduvoch.Uz sanduvoch.uz/news/ tutqunlikda_o_n_kun/2013-06-21-48
3/7
-Bormisan, uka? O‘sha-o‘sha
g‘oyib bo‘lganingcha hozir
"gulboqqa” ketgansanmi, deb
o‘ylovdim.
-Tirikmiz, hali
"gulboqqa”yam emasmiz. Faqat,
bugun juda charchaganmiz.
-Qiz o‘zlaringga tegishlimi
yoki uniyam dala-dashtda o‘tlab
yurganida ushlab oldingmi?
-O‘zimizdan. Ismi Gulya.
Gapni qisqa qilib,
mezbonligingizni qiling, aka.
Qo‘yning ham tomog‘i taqillab
turibdi. Yigitlarga pichoq
bering. Qizni alohida uyga olib
kiring.
-Bizda alohida uy bormi?
Ikki uy, bir dahlizda. Xotinning
oldiga qo‘yaman.
-Mayli, Baxti, beri kel,
yangani eshigida turasan. Yana
qushcha bemahalda uchib
ketmasin.
Nihoyat uyga kirdik. Zax.
Gilamlar yupqaligidan oyoqdan
sovuq o‘tadi.
-Po‘stakka o‘tir, isiysan, -
dedi ayol.
Po‘stakni birinchi ko‘rishim.
Har qalay qo‘yning juni
bo‘lsayam, muloyim, issiq ekan.
Jemfirimni yechib
qo‘ydim va ayol bergan tivit
ro‘molga o‘randim.
-Opajon, dadam og‘ir
ahvolda edilar. Menga yo‘l
ko‘rsating, bu yerdan chiqib
ketishimga yordam bering.
Bolalaringizni rohatini
ko‘ring. Bular yaxshi odamlarmas,
jon opa, -deb yig‘ladim.
Ayol xo’mrayib qaradi:
-Seni kimligingni afti-
angoring aytib turibdi. Soching
qani, sen qatori qizimning sochi
beliga tushadi. Ular
qishloqda. Biz dashtga uy
solib chiqqanmiz. Yengsiz
ko‘ylaging-chi? Buyam
beorligingni bildirib turibdi.
Moshinga
seni birov majburlab
o‘tqizmagandir? Shaharda qizlar
kechasi sanqiydi-da, yana ko‘z
yoshi qilib, o‘zini yaxshi
ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Asli
ersirab ko‘chaga chiqdingmi,
endi chida. Lekin meni uyimda
harom ish qilishlaringga
yo‘l qo‘ymayman. Ona suti
og‘zidan ketmagan go‘daksan-u.
Ayol chiqib ketdi. Unga
gapirganimdan foyda yo‘qligini
bilgach, yig‘lamay qo‘ydim. Eshik
oldiga borsam,
Baxtiyor degani qorovullik
qilayapti. Nazarimda menga
rahmi kelayotgandek tuyuldi.
-Tashqariga chiqishim
kerak.
-Ichkarida tur. SHefdan
so‘ray-chi?
Hojatxonaga borguncha
ancha yo‘l ekan. Hovlida, chiroq
yorug‘ida qo‘yni saranjomlab
olayotgan yigitlarning
bir ko‘zi menda. Yaydoq
dala. Qayoqqa qarab qochsam?
Biror daraxt panasida tong
ottirsam ham mayliydi. Men
endi taqinchoqdan ham
qimmat or-nomusimni
o‘ylayotgandim. Qaytishda yo
Xudo, -dedim-u Baxtiyorning
ko‘zini
shamg‘alat qilib, to‘g‘ri
kelgan tomonga qochdim.
Ayvondagilar ham meni poylab
turganday ishlarini tashlab,
quvishga tushishdi.
Oyoqlarim shalabbo bo‘ldi.
Bedami, moshmi bilmadim,
nimadir ekilgan ekan. Shaharda
o‘sganim uchun buning
farqiga bormadim.
Makkajo‘xorizor ichiga kirib
to‘xtadim. Biroq aksirganimdan
ular meni
qayerdaligimni darrov bilib
olishdi. Yanachopa ketdim. Katta
beton ariq bor ekan. Gursillab
quladim. Suvi juda kam
bo‘lgani uchun meni
oqizmadi. Barzangilar yetib
kelib ,ko‘tarib olib ketishdi.
Hamma joyim og‘rirdi. Chakkam
sementga urilib yorilgan.
Ayol mening qonagan joylarimga
paxta bosdi. Issiq choy ichirdi.
-Men ham ayolman. Hozir
senga yordam bersam, sho‘rim
quriydi. O‘zi sal ola qarasam, erim
tepganitepgan. Ayolning sho‘ri
bor-da. Peshonang sho‘r ekan.
Senga xudo yordam bermasa,
bandaning qo‘lidan hech ish
kelmaydi. Qo‘limdan
keladigani bu kecha seni hech
kimga bermayman. Ertaga xudo
poshshodir.
Ayolning bu gapidan keyin
ko‘nglim biroz tinchidi. Beo‘xshov
kiyimlarini kiyib, qo‘y go‘shtidan
tanovul
qildim. Og‘riq va charchoq
yengib uxlab qoldim. Tushimda
otam bilan Rasul do‘xtir meni
izlab kelayotganmish.
Ikkisi ham oppoq xalat
kiygan. Xuddi havoda uchib
yurgandek. Onam ko‘pchilik
ayollar bilan gashtak qilibdi.
Uyimiz xotin-xalajga to‘la.
Onam tik turib ashula aytayapti...
-Uy-uyg‘oting, yanga.
Yo‘limiz uzoq. Tez chiqsin, -degan
buyruqdan seskanib uyg‘onib
ketdim. Bir zum
qayerda yotganimni unutib
kalovlanib qoldim. Ayolni
ko‘ribgina men to‘rt barzangi
asirasi ekanligim yodimga keldi.
Demak oqarib kelayotgan
tong menga yaxshilikni va’da
qilayotgani yo‘q. Bir necha
soatdan so‘ng sinfdoshlarim
maktabga borishadi. Men
esa...
O‘qituvchim yo‘qlama
qiladi... Men yo‘q. Sabablimi,
sababsizmi, deydi. Hech kim
bilmaydi.
Eshikdan kirgan Rashidga:
-Hademay dars boshlanadi.
Uyga qaytaringlar. Men hech
kimga hech narsa demayman,
jon aka, -dedim.
-Hali maktab o‘quvchisiman,
de.
-Ha, bu yil o‘n birinchi sinfda
o‘qiyapman.
-Senga ishonolmayman.
Guvoh qoldirish - gunoh. Shu
bois yo‘limizni Toshkentga
buramiz. Toshkentni
ko‘rganmisan?
-Yo‘q. Hali shahardan chetga
chiqqanim yo‘q edi. Ko‘rmay
qo‘ya qolay. Jon aka, dadamning
mazalari yo‘q.
Uyni sog‘inib ketdim.
-Afsus, qizaloq, ortga yo‘l
yo‘q. Gap tamom. Baxtiyor, uni
mashinaga olib bor.
Yalinib-yolvorishlarim foyda
bermagach, Baxtiyor bilan
mashina tomon yurdim.
Boshimning yorilgan joyiga
sochimni tushirib qo‘yishdi.
-O‘lmay desang,
Toshkentgacha "miq” etmay bor.
Yo‘lda melisa ko‘rsang, jilpanglab
qolma. Bari befoyda.
Yosh joningga jabr qilma.
Iltijo bilan uy bekasiga
qaradim. U og‘ir xo‘rsinib,
xayrlashmasdan kirib ketdi.
Mashina yana yo‘lga tushdi.
Endi men ular aytganday
"miq” etmay xayol daryosiga
sho‘ng‘igandim. Faqat Baxtiyor
o‘qtin-o‘qtin ko‘zimga
termuladi. Qo‘lini qo‘limga
tekkizishga harakat qiladi. Eng
shilqimi shu ekan, degan xayolda
surilib o‘tiraman.
Tong bo‘zarib otayotganda
biz "Samarqand” degan yozuv
oldida to‘xtadik. Ular
passportlarini ko‘rsatishdi. Meni
hali o‘quvchi ekanligimni
aytishdi. Viloyatimiz
chegarasidan ham o‘tib ketdik.
Yomg‘irdan keyingi havo juda
toza
va yoqimli edi. Har zamon
tuproq hidi dimoqqa uriladi.
Shunday lahzalarda asira
ekanligimni ham unutib,
tevarakni
tomosha qilaman. Ha, o‘lim
oldidan Olloh shunday go‘zal
joylarni ko‘rsin, degan ekan-da.
-Nega qovog‘ing uyulgan,
Badr? -dedi Rashid.
-Do‘xtir "jalka” ketdi. Nima
uchun o‘ldirdik? Bu do‘ndiqchani
nima qilamiz?! Boshimizga og‘ir
savdo soldik.
Bu ishimiz fosh bo‘lsa...
-O‘chir, yuragimni
siqma,hammasi joyida bo‘ladi.
Do‘ndiqcha masalasini ham o‘ylab
ko‘ramiz. Bizning
jinoyatimizga u ham sherik-
ku.
-Yolg‘on, -dedim men. -Men
jinoyat qilganim yo‘q. Sizlar
qotilsizlar. Do‘xtir buvani yettita
bolasi bor. Uvoli
uradi. Ko‘r bo‘lasizlar. Axir u
begunoh edi. Begunoh bir
qizning ham uvoliga qolasizlar.
Sizlar chohga qarab
ketayapsiz. Hech narsa
oshkor bo‘lmay qolmaydi.
-O‘chir. Sen zag‘chaga kim
so‘z berdi? Hammasiga sen
aybdorsan. Kechasi sanqib nima
qilarding?
Uyingda sendan boshqa
tirik jon yo‘qmidi? Kechasi
yurgan qizni kim sog‘ deb
o‘ylaydi? Boshga bitgan balo
bo‘lding, zumrasha. Kimsan,
Rashid mujik bir jipriqini olib
qochibdi, degan gap yaxshi
emas. Men katta-katta
ishga o‘rganganman. Jilla
qursa, otang katta bir amaldor
bo‘lsaydiyam, garovga qo‘ysak.
Balki boyning qizidirsan?
-Bilmadim, uch xonali uyda
turamiz. Otam kasalmand. Ayam
o‘qituvchi. Har qalay nonsiz
qolmaganmiz.
Biroq mashinamiz yo‘q.
-O‘rtaholdan ham past.
Ayangni tillo taqinchoqlari
ko‘pdir?
-Bo‘ynimdagi taqinchoq
ayamniki. Pulini bo‘lib-bo‘lib
to‘ladilar.
-Katta ishda ishlaydigan
qarindoshlaring yo‘qmi?
O‘ylab ko‘rib, birorta
qarindoshimizning amaldorligi
yodimga kelmadi. Yo‘q bo‘lsa,
nima qilay? Biroq bularni
qo‘rqitib qo‘yish uchun
yolg‘on gapirdim.
-Vazirlikda bitta tog‘am
ishlaydilar. Bittasi SNBda. Bittasi
prokuraturada. Militsiyada ham
amakim
ishlaydilar. Biri Toshkentda.
-Birortasining adresini ayt.
Olib borib qo‘yamiz.
-Aytmayman. Ularga
tashvish bo‘lib nima qilaman.
Ajalim yetgan bo‘lsa, o‘lib
ketaveraman-da. O‘limdan
qo‘rqmayman. Mana, Rasul
do‘xtirni endi hech kim bezovta
qilolmaydi, hech kimdan
qo‘rqmaydi,
tashvishlanmaydi. Hozir
mashina o‘qdek uchib avariya
bo‘lsa ham mayliydi.
-Niyating yomon emas. O‘lim
yaxshi narsa. Biroq tiriklik
topilmas ne’mat. Hozircha
tirikmiz. Demak,
ko‘chaga chopib
chiqayotgan manavi go‘zal
qizlardan non sotib olamiz.
Rashid mashinani to‘xtatdi.
Qiz-juvonlar qo‘lida non bilan
chopib kelib, tojikcha, o‘zbekcha
gapirib
Samarqand nonini olishga
undashardi.
-Bu bozordan non olmay
bo‘lmaydi, -dedi Badr.
Yaltillagan nonlar hidi
mashinani to‘ldirdi. Dadam ham
shunday nonlardan olib
borardilar. "Eh dadajonim,
og‘rig‘ingiz qoldimikan? Yo
uyga qaytmagan qizingizdan
xavotirlanib battar bo‘ldimi?
Qaniydi, mana bu
barzangilarga kuchim yetsa-
da, urib qochib huzuringizga
borsam”. Yuzimni yuvayotgan
ko‘z yoshlarni ko‘rib,
Baxtiyor teskari qaradi. Soat
10 dan 15 minut o‘tganda
Toshkentga kirib bordik. Bu payt
birinchi darsimiz tugagan
bo‘lardi. Atrofga alanglab,
borayotgan joyimizni aniqlashga
urindim.
-Qoraqamishga haydayman.
Do‘ndiqchaga ko‘zoynak kerak,
Baxtiyor -dedi Rashid. Baxtiyor
meni
engashtirib ko‘zimni yopdi.
5 daqiqalardan so‘ng ular
mo‘ljallagan joyga yetib keldik.
Ko‘p qavatli uylarning biriga
olib kirishdi. Zinalardan
ko‘tarildik. Ko‘zimni ochishdi.
Eshikda 36 nomeri bor, xolos.
Ichkaridan soch-soqoli o‘sgan
qirq yoshlardagi kishi
chiqdi.
-Oho, mujiklar, qani
marhabo!
-Bu qiz asosiy mehmonimiz.
Unga alohida xona, alohida
e’tibor kerak, -dedi Rashid
ichkariga kirgach,
buyruq ohangida.
Nazarimda u Rashidni juda
hurmat qiladi yoki undan
qo‘rqadi.
-Nima desangiz shu.
Uy uchinchi qavatda
joylashgan, xonalari beshta ekan.
Meni kichikroq xonaga kiritib
yuborishdi. Men
uzoqlashmasdan eshik
orqasiga o‘tirdim. Chunki
bo‘ladigan suhbat mening
taqdirim haqida bo‘lishini
anglardim.
-Qizchani nima qilamiz,
Rashid aka, olib yuraveramizmi?
-Nima qil, deysan?
-Menga sovg‘a qilsangiz-
chi?
-Ishtahang karnay-ku. Badr.
Men turganda sen qizga
erishmoqchimisan?
-Ernest, sen nima deysan?
Ayt-chi, adolat yuzasidan
do‘ndiqchaga kim haqli?
-Hammayam mehnat qildi.
Lekin sizning boshchiligingizda.
-Baxtiyor, sen-chi? Do‘xtirni
tepayotganingda, oyog‘ing
kaltalik qildimi, deyman?
-Men sizlar bilan birinchi
marta bo‘layapman. Sizlarni
qanday guruh ekanligingizni
bilmayman. Men o‘z
ixtiyorim bilan odam ham
o‘ldirmasdim, qiz ham olib
qochmasdim.
-O‘yindan
chiqmoqchimisan? Chiqsang,
do‘xtirning o‘limini bo‘yningga
olibgina chiqasan.
-Ikki o‘n besh - bir o‘ttiz.
Biroq qizchani qo‘yib yuborish
kerak.
-Buning iloji yo‘q. U sotadi
-Uni menga beringlar. Hech
kim topolmaydigan joylarga olib
ketaman. Uni yoqtirib qoldim.
-Qancha berasan?
-200 mingga kuchim yetadi.
-Afsus, senga ham, qizga
ham ishonmayman. Sen uni
qo‘riqlaysan. Agar biror gap
bo‘lsa, o‘sha zahoti
o‘lasan.
-Qizcha hammamizniki,
shef. Biroq sizga bag‘ishladik.
Bizniyam ulushimiz bor, sizdan
keyin, albatta, -dedi
Ernest deganlari hiringlab.
"Ey, xudo! Ular nimalar
deyapti? Meni bo‘lishmoqchi. Endi
bu kecha meni xor qilishadimi?
Ota-onam umid
bilan o‘stirgan. O‘zing
madad ber, ulardan asra” deya
xudoga iltijo qilardim.
-Qiz masalasini to‘xtatib,
Qarshidan xabar olish kerak.
Nima gap, nima so‘z? Iz
qoldirmadikmi? Ernest,
nega "uf” tortayapsan?
-Pravam tushib qolgan.
Qayoqqa tushganini bilmayman.
-Qovun tushiribsan-ku.
Olishuvda tushgandir.
-Balkim.
-Mabodo sendan gumon
qilishsa, bo‘yningga olib ketasan.
Yigitchilik, deb shunga aytadilar.
Eh, kasofat.
«Paxtazor»da yashaydigan
ukangga telefon qil, Badr.
Razvedka qilsin. Ukangni pishiqla.
Seni so‘rashsa,
"Ippodrom”da savdo
qilayapti, desin. Tushundingmi?
-Xo‘p. Yarim soatdan keyin
sizga axborot yetkazaman.
-Yaxshi, mulla akangga ayt,
bitta palov yasasin. Qizni eng
ichkaridagi xonaga olib kiring.
Baxtiyor
qorovullikka tursin. Bu
kecha bir bazm qilaylik. Ernest,
pravangni unut-da,
dugonalaringdan taklif qil.
Boshga
tushganini ko‘z ko‘radi.
Davay, ishga kirishinglar.
Rashidning har bir
buyrug‘ini eshik orqasidan
qo‘rqa-pisa eshitdim. Men
haqimda uzil-kesil qaror
chiqarishmadi, shekilli, deb
yengil tin oldim. Biroq Qarshidan
kelgan axborotni qanday
eshitsam? Fikr-u xayolim
shunda. Yigitlarning
xonasidagi "tiq” etgan ovoz
mening e’tiborimdan chetda
qolmas edi. Ular yarim soatlar
chamasi sabzi to‘g‘rashdi.
Demak, bugun bu jinoiy
guruhning boshqa a’zolari ham
kelsa kerak. Rashid ketsa,
Badr to‘daboshi bo‘larkan.
Shu bois uning ovozi baland
chiqa boshladi:
-Tezlashtiringlar, vaqt ziq.
Mehmonlar kelib qolishadi.
Baxtiyor, do‘ndiqchani ichkari
xonaga olib kirdingmi?
Bor, bechora ma’shuqang
otasidan ham ayrilib qolibdi.
Lekin aytma. Bazmni buzmasin.
Bu xabardan bir zum
gangib qoldim. "Dadam,
dadajonim o‘libdi! Ichimdan bir
nima uzilib ketgandek bo‘ldi.
Nega? Do‘xtir yetib
bormagani uchunmi? Yoki men
qaytmaganim sabablimi? Nima
bo‘lsayam dadamdan
ayrilibman. Biroq nega
jimman? Nega ko‘z yoshlarim
yo‘q? Diydam qotib qolganmi?
Demak, bugun bir emas, ikki
o‘lik qabristonga qo‘yilgan.
Ikkalasigayam men sababchi. Ey
xudo, shunchalik
shumqadammanmi? Bir paytlar
baxtli qizaloq edim-ku.
Dadam doim tizzalariga chiqarib
erkalatib, "kenja qizim,
erkatoyim” deb bag‘irlariga
bosardilar. Akam shunchalik
xo‘mrayardiki, meni yeb
qo‘ygudek. Paxtadan qaytib, "voy
dadam”lab yig‘lab
yotgandir. Opalarim-chi?
Oppoq, azador kiyim ularga
hecham yarashmagandir. Kimga
ham yarashardi? Bariga
mana shu razillar sababchi.
Ular hech bir sababsiz ikki
kishining boshiga yetdi. Yana
bazm-u jamshid qilarmish”.
Xayollarim adog‘iga yetmay
eshikni ochib, Baxtiyor kirib keldi.
Shahd bilan o‘rnimdan turdim-u,
yig‘lab yubordim.
Yugurib borib, uni ura
boshladim. Yuzlarini timdaladim.
U menga qarshilik qilmadi. O‘zini
tutib berdi: "Uraver,
qizgina. Sen ham, men ham
baxtiqaro yoshlarmiz.
Tengdoshlarimiz sayr qilib
yurishibdi. Derazadan qara, ularni
ko‘rasan. Sen asira bo‘lsang,
mening ham taqdirim senikidan
pesh emas. Sen ham faqat
qochish haqida
o‘ylaysan, men ham. Sen
otangdan kecha ayrilgan
bo‘lsang, men uni bir bor
ko‘rmaganman. Yur, boshqa
xonaga
o‘tishing kerak”.
Men o‘kirib yig‘ladim. Zumda
mo‘ylabini silab Badr kirib keldi.
Uning qo‘rqinchli basharasidan
bu safar
seskanmadim. Endi men
uchun hamma narsa tugagandek
befarq bo‘lib qolgandim.
Baxtiyorni qo‘yib, unga
yuzlandim. Dadamni qaro
yerga yotgani ko‘z oldimga kelib,
Badrning oldida qanchalik ojiz va
nimjon bo‘lishimga
qaramay, uning bo‘yniga
yopishdim. G‘oyibdan paydo
bo‘lgan kuch yordamida jon-
jahdim bilan bo‘g‘a boshladim.
Baxtiyor bizni ajratishga
shoshilmasdi. Kutilmagan
hujumdan shoshib qolgan
Badrning baquvvat qo‘llari ikki
yelkamdan itara boshladi.
Ko‘zlari xonasidan chiqqudek
dahshatli tus oldi.
Badr meni dast ko‘tarib
oldi-yu, uloqtirib yubordi. Xona
to‘ridagi oynali javonga oyog‘im
tegib, ikki ko‘zi chilchil sindi.
Boshim deraza raxiga borib
urilishi mumkin edi. Faqat
Baxtiyorning hushyor turganligi
tufayli kecha
yaralangan boshim yana lat
yemadi. U meni bosh
tomonimdan ushlab qolgan va
oqibat boshim uning yuziga
qattiq urilib, burni qonab
ketgan edi.
-O‘ldiraman bu manjalaqini!
Sirdaryoning baliqlariga o‘ligini
yedirmasam, otimni boshqa
qo‘yaman.
-O‘ldir, o‘lganim yaxshi.
Dadajonimning yoniga boraman.
Odamxo‘rlar. Meni dadam
sizlarga nima yomonlik
qiluvdi? Hali ellikka ham
kirmagan edilar. Voh, dadajonim!
Meni nima uchun dunyoga
keltirdinglar? Shu to‘rt
kuchukka yem qilish
uchunmi?
-Baxtiyor, churban, aytma
degandim-ku?
-O‘zi eshik orqasidan
eshitgan ekan. Kirgan zahotim
meni yumdalab tashladi.
Badr Baxtiyorning
basharasiga qarab "Bor, yuzingni
yuv, qonga belabdi-ku” -deb
chiqarib yubordi. Keyin
mening tepamga kelib
o‘shqirdi:
-Sening baxtsizliging bizni
to‘daga yo‘liqqaning. Bu
dadangga ham, onangga ham,
do‘xtirning oilasiga ham
yaxshilik keltirmadi. Dadang
o‘lgan bo‘lsa, ajab qilibdi.
Qizining or-nomusini o‘ylab
kechalari uxlamay,
qayerdaligini bilolmay
chorasiz o‘tirgan otangning
azobi yengillashibdi. Biroq bizda
rahm-shafqat yo‘q. Rashid
yo‘qligi uchun joning omon
qoldi.Yana u dunyoga hur qiz
bo‘lib ketishingni istamadim. Axir
bugun sening
sharafingga bazm
uyushtirilayapti. Bazm tugagach,
sen ko‘pkariga qo‘yilgan uloqdek
goh u qo‘lga, goh bu qo‘lga
tushasan. Shunda meni
bo‘g‘moqchi bo‘lgan nozik
qo‘llaringdan alamimni olaman.
Aytgancha, tepking ham hali
yodimda.
U gapini tugatib meni bir
tepdi-da, chiqib ketdi. Yuztuban
yotgancha rosa yig‘ladim. Nihoyat
Baxtiyor meni
boshqa xonaga boshladi.
Xonadan chiqqan zahotim sabzi
to‘g‘rab qoldirilgan pichoqqa
ko‘zim tushdi. "Voy
oyog‘im” dedim-u,
Baxtiyorni chalg‘itib egilib,
shundoqqina ko‘rpacha ustida
turgan pichoqni sezdirmay
yengimga
tiqdim. Eng to‘rdagi xonaga
yetib keldik. Ularning didi chakki
emas. Xona tor va qorong‘u.
Xonaga kirdim-u, darhol
Baxtiyorni pichoqlab
o‘ldirsammi, deb o‘yladim. Biroq,
ular bitta emas. Yomg‘irdan
qutulib, do‘lga tutilaman.
Yaxshisi, o‘zimni o‘ldirish
uchun saqlab qo‘yaman. O‘lsam
ham dadajonim yoniga pok
holda ketishim kerak. Endi
men baxtiqaro onam
haqida o‘yga botdim. "Nima
qilayotgan bo‘lsa? Dadamni olib
chiqib ketishgandir. Ikki
opamga suyanib ho‘ng-
ho‘ng yig‘layotgandir. Men ham
dard ustiga chipqon bo‘ldim. Endi
mening tirikligim ham
ularni quvontirmas. Olib
qochilgan qiz kimga kerak?
Nomim yomonga chiqdi-qoldi.
O‘limgina mening ahvolimni
yengillashtiradi. Xayr,
ayajon, xayr maktabim,
sinfdoshlarim, alvido!»
Pichoqni olib Baxtiyorning
teskari qarab xayolga
botganidan foydalanib,
ko‘ksimga sanchmoqchi bo‘ldim.
Lekin Baxtiyor ko‘rib qoldi.
Shartta qo‘limdan tortib oldi-da,
yonimga o‘tirdi
Davomi bor...