veb brouzerlar haqida.

Ushbu maqolada ularning kelib chiqish tarixi, turlari va ularning o‘ziga xos tomonlari haqida to‘xtalamiz.
Fikringizni bir joyga jamlab, tayyor turing, chunki, ushbu maqoladan so‘ng veb brouzeringizni o‘zgartirishga majbur bo‘lishingiz mumkin.
Veb brauzer?
Eslatma: maqola umumiy ma’noda brauzerlar haqida bo‘lganligi uchun har bir brauzerga to‘xtalib o‘tmaymiz, aksincha faqat taniqli brauzerlar haqida ma’lumot beramiz.
Web browser — inglizcha so‘z bo‘lib, “vebni ko‘zdan kechiruvchi”, “vebni ko‘rib chiquvchi” ma’nolarini beradi. Bizga bu so‘z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa “браузер” kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz ham “brauzer” so‘zini ishlataqoldik. Turk tilida “Ağ tarayıcısı” kabi tarjimasi mavjud. “web” so‘zi esa “World Wide Web”(butunjahon to‘ri — WWW) ning qisqa ma’nodagi ko‘rinishi.
Veb brauzer butunjahon to‘rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‘rsatish, sahifalararo o‘tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma’lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko‘pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‘yicha ham ishlashadi: fayllar ro‘yxatini sahifa ko‘rinishida chop etadi.
Veb brouzer veb-sahifani(butunjahon to‘rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay ko‘rinishda chop etadi — ma’lum qoidalar bo‘yicha rasmlarni, matnlarni(ularning ko‘rinishi, rangi, kattaligi va h.k.), ovoz yoki video ma’lumotlarini, turli animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma’lumotlarni kerak joyga jo‘natish, boshqa sahifaga o‘tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Veb brauzerlarning qisqacha tarixi
Birinchi eng keng tarqalgan brauzer Mosaic bo‘lgan. Undan so‘ng Netscape Navigator brauzeri yetakchilik qildi. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer brauzerini chiqarish orqali Netscape Navigatorning yetakchiligiga katta xavf sola boshladi va bir necha yillardan so‘ng Netscape Navigator brauzeri deyarli foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoning eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga havola qilingandan so‘ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‘p alternativ brauzerlar mavjud.

Комментарии

  • 27 янв 2014 21:44
    Iyeee wuyerdayam bormisiz? Mabodo buyerdayam modermasmisiz?:-);-)
  • 27 янв 2014 21:45
    Iyeee wuyerdayam bormisiz? Mabodo buyerdayam modermasmisiz?:-);-)
  • 28 янв 2014 06:15
    My Life My Rules ответил Sam City
    Yo' buyerda Adminman gruppani yaqinda ochdim:-D;-)
  • 19 фев 2014 17:13
    SALOM MEN WHATSAPP KAMPUYUTERIMGA QIMOQCHI EDIM QANDAY QAYERDAN OSAM BOLADI YORDAM BERIN BILSAYZ
  • 19 фев 2014 18:52
    Kompyuterda boladi. Whatsapp.com saytiga kirib, kompyutenaya versiyaga kirib ko'ring bo'lishi mumkin