21 окт 2017
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Kim Allohga yo'liqishni umid qilsa, Alloh ahlini hurmat-izzat qilsin", dedilar.
Sahobalar: "Yo Rasululloh, Allohning ham ahli bo'ladimi?" deb so'radi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Ha", dedilar. "Yo Rasululloh, ular kimlar?" deb so'rashganida, u zot (sollallohu alayhi va sallam): "Ular Qur'on o'quvchilardir. Ogoh bo'linglar, kim ularni izzat-ikrom qilsa, Alloh uni ikrom qiladi va jannatga kiritadi. Kim ularni horlasa, Alloh uni xorlaydi va do'zaxga kiritadi. Ey Abu Hurayra! Allohning dargohida Qur'on hofizdan hurmatliroq kimsa yo'qdir. Alloh huzurida Qur'on hofizi payg'ambardan boshqa barcha insonlardan ikromliroqdir", dedilar.
-Qachon?
-Bugun.
-Qaerda?
-Uyida.
-Uni uyida nima qilayotgan eding?
-Ziyofatga boruvdim.
-Ziyofatda nima eding?
Xaligi kishi sakkil xil taomni nomini sanadi. Shunda Casan Basriy(q.s)
-O'sha odamni sakkiz xil taomi qorninga sig'diyu, bir og'iz so'zi sig'madimi? Tur, ket bu erdan! Dedilar va g'iybatchini dargoxlaridan quvib chiqdilar.