Haqiqiy nomi:University of Oxford Xalqaro nomi:University of Oxford Shiori:Dominus Illuminato Mea(lotinchada) – Xudo – mening yorug’ligim Asos solingan yiliAniq yili ma’lum emas, 1096 – yildan o’qish ishlari olib borilgani ma’lum. Rektor:Endryu Gamilton Talabalar soni:20.330 Joylashuvi:Oksford, Oksfordshir, Buyuk Britaniya. Rasmiy sayti: www.ox.ac.uk Oksford Universiteti(ingl University of Oxford) – Buyuk Britaniya, Oksfordshir grafligiga mansub Oksford shahrida joylashgan. Yevropaning eng qadimgi universitetlari ro’yhatida ikkinchi o’rinni egallab turibdi, Buyuk Britaniyadagi birinchi universitet hisoblanadi. Aniq asos solingan yili ma’lum emas, shuni aytish mumkinki XI asrda ham talabalarga dars berilgan. Buyuk Britaniyaning eng yuqori darajali 20 Universiteti tarkibiga kiradi. Unversitet fakultetlardan, 38 ta kollejdan hamda 6 ta kollej nomini olmagan yopiq o’quv muassasasidan iborat. Kollejlarda talabalar bilan darslar individual va seminarlar tarzida o’tkaziladi. Universitet asos solingan yili aniq emas. 1167 – yilda Genrix II xorijlik talabalarni Parij Universitetida o’qishlarini taqiqlab qo’ydi. Natijada, ko’p ingliz talabalari Fransiyadan ketib Oksford universittida o’qishga majbur bo’lganlar. Universitet boshi kansler hisoblangan. Kata mansabdor shaxslar universitet rivoji uchun o’z xissalarini qo’shishgan. Ulardan birinchisi Uilyam Darem bo’lib, u 1249 – yildaUniversitet Kolledji(ingl University College) ga asos slogan. Bo’lajak Shotlandiya qirolining otasi Ioann I de Balliol nomi sharafiga Balliol Kolledjini tashkil qilgan. Ingliz lord – kansleri – Valter de Merton kollejlar uchun qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembrij kolleji va Oksforddagi boshqa kollejlar uchun namuna bo’lib o’z faoliyatini olib borgan. Oksford kartasi, 1605 – yilUniversitetga qabul:Yangi o’quv yili boshlanishidan oldin, oktabr – noyabr oylarida talabalar kollejlarga hujjat topshiradilar. Maxsus komissiya faqat yuqori baholi (A – level) abiturientlar bilan suhbat o’tkazadi. Ba’zi bir hollarda bo’lajak talabadan yozma ishlar va yozma ravishda test olinadi. Universitetga kiruvchilar ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Ta’lim – bepul emas: bir yil uchun yashash xarajatlari – 8 ming funt; o’qitish xarajatlari tanlangan mutaxasislikka qarab to’lanadi – san’at – 6300 funt; ilm – fan 8400 funt; tibbiyot – 15400 funt. Magistratura va aspiranturada o’qishni davom ettirish uchun nomzodlar tegishli fakultetlarga hujjat topshiradilar. Bir yilning o’zida ham Kembrij, ham Oksford Universitetlariga hujjat topshirishga yo’l qo’yilmaydi. Universitet tuzilishi:Universitet 38ta kollej va 6ta yopiq o’quv muassasalaridan tashkil topgan. Hozirda Oksfordda 20000dan ortiq talaba o’qisa, ularning chorak qismi xorijliklar hisoblanadi. Talabalar soni yozda ingliz tili maktablari ochilganida keskin ko’payib ketadi. Oksford rektori – ser Kris Patten. Qizlar 1920 – yildan boshlab qabul qilina boshlangan. 70 – yillardan o’g’il va qiz bolalarni ajratib o’qitish bekor qilingan. Oksford o’qituvchilar shtabi da 4 mingga yaqin o’qituvchi mavjud. Ulardan 70tasi qirollik jamiyati a’zolari, 100 tasi esa Britaniya akademiyasi a’zolari hisoblanadi. Universitetning asosiy yo’nalishlari – ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, tibbiyot, hayot haqidagi fan. zulfi yuksal
...: Orzular Olami :...
Oksford Universiteti haqida ma'lumotlar
Haqiqiy nomi:University of Oxford
Xalqaro nomi:University of Oxford
Shiori:Dominus Illuminato Mea(lotinchada) – Xudo – mening yorug’ligim
Asos solingan yiliAniq yili ma’lum emas, 1096 – yildan o’qish ishlari olib borilgani ma’lum.
Rektor:Endryu Gamilton
Talabalar soni:20.330
Joylashuvi:Oksford, Oksfordshir, Buyuk Britaniya.
Rasmiy sayti: www.ox.ac.uk Oksford Universiteti(ingl University of Oxford) – Buyuk Britaniya, Oksfordshir grafligiga mansub Oksford shahrida joylashgan. Yevropaning eng qadimgi universitetlari ro’yhatida ikkinchi o’rinni egallab turibdi, Buyuk Britaniyadagi birinchi universitet hisoblanadi. Aniq asos solingan yili ma’lum emas, shuni aytish mumkinki XI asrda ham talabalarga dars berilgan. Buyuk Britaniyaning eng yuqori darajali 20 Universiteti tarkibiga kiradi.
Unversitet fakultetlardan, 38 ta kollejdan hamda 6 ta kollej nomini olmagan yopiq o’quv muassasasidan iborat. Kollejlarda talabalar bilan darslar individual va seminarlar tarzida o’tkaziladi.
Universitet asos solingan yili aniq emas. 1167 – yilda Genrix II xorijlik talabalarni Parij Universitetida o’qishlarini taqiqlab qo’ydi. Natijada, ko’p ingliz talabalari Fransiyadan ketib Oksford universittida o’qishga majbur bo’lganlar. Universitet boshi kansler hisoblangan. Kata mansabdor shaxslar universitet rivoji uchun o’z xissalarini qo’shishgan. Ulardan birinchisi Uilyam Darem bo’lib, u 1249 – yildaUniversitet Kolledji(ingl University College) ga asos slogan. Bo’lajak Shotlandiya qirolining otasi Ioann I de Balliol nomi sharafiga Balliol Kolledjini tashkil qilgan. Ingliz lord – kansleri – Valter de Merton kollejlar uchun qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembrij kolleji va Oksforddagi boshqa kollejlar uchun namuna bo’lib o’z faoliyatini olib borgan.
Oksford kartasi, 1605 – yilUniversitetga qabul:Yangi o’quv yili boshlanishidan oldin, oktabr – noyabr oylarida talabalar kollejlarga hujjat topshiradilar. Maxsus komissiya faqat yuqori baholi (A – level) abiturientlar bilan suhbat o’tkazadi. Ba’zi bir hollarda bo’lajak talabadan yozma ishlar va yozma ravishda test olinadi. Universitetga kiruvchilar ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Ta’lim – bepul emas: bir yil uchun yashash xarajatlari – 8 ming funt; o’qitish xarajatlari tanlangan mutaxasislikka qarab to’lanadi – san’at – 6300 funt; ilm – fan 8400 funt; tibbiyot – 15400 funt. Magistratura va aspiranturada o’qishni davom ettirish uchun nomzodlar tegishli fakultetlarga hujjat topshiradilar. Bir yilning o’zida ham Kembrij, ham Oksford Universitetlariga hujjat topshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Universitet tuzilishi:Universitet 38ta kollej va 6ta yopiq o’quv muassasalaridan tashkil topgan. Hozirda Oksfordda 20000dan ortiq talaba o’qisa, ularning chorak qismi xorijliklar hisoblanadi. Talabalar soni yozda ingliz tili maktablari ochilganida keskin ko’payib ketadi. Oksford rektori – ser Kris Patten. Qizlar 1920 – yildan boshlab qabul qilina boshlangan. 70 – yillardan o’g’il va qiz bolalarni ajratib o’qitish bekor qilingan. Oksford o’qituvchilar shtabi da 4 mingga yaqin o’qituvchi mavjud. Ulardan 70tasi qirollik jamiyati a’zolari, 100 tasi esa Britaniya akademiyasi a’zolari hisoblanadi. Universitetning asosiy yo’nalishlari – ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, tibbiyot, hayot haqidagi fan.
zulfi yuksal