'' Jon Yurak ''

Yoziwdan to'xtadi ne uchun qalam
Nechun oqligicha turibdi qog'oz
Tanaffus onlarin yo'q qilib bu dam
Jon Yurak sen o'zing birnimalar yoz..
Qonimga botirib qalam uchini
Jonimga botirib qalam uchini
Ularga ko'rsatib yurak kuchini
Jon Yurak sen o'zing birnimalar yoz...
Qo'limga aytgandim yolg'on yozmoqda
Ko'nglimga aytsam-chi huwdan
ozmoqda
Dilga aytsam faqat iwqdan yozmoqda
Jon Yurak sen o'zing birnimalar yoz..
Qog'ozning bag'rini tilka pora qil
O'zni ovutmoqqa biror chora qil
Bularsiz sen meni bir bechora bil
Jon Yurak sen o'zing birnimalar yoz...
Ma'yus boqqan ko'zning awkin tersin u
Yarador har dilga taskin bersin u
Mayliga o'zimdek miskin bo'lsin u
Jon Yurak sen o'zing birnimalar yoz...
Kecha bir g'amga ham sirpanib ketdim
Bugun g'amlarga-ku o'rganib ketdim
Yozmasang bo'lmaydi qiynalib ketdim
Jon Yurak sen o'zing birnimalar yoz...

Комментарии