- Topmoq yo'qotmoqdir, yo'qotmoq topmoq, Sen so'lib, men yashnab, to'lishimga boq. Sensiz topganimdan ko'proq yo'qotdim. Sen meni yupatding, seni yig'latdim. Sen meni yaratding, seni tugatdim. Uyalmay ONA deb kelishimga boq. . . Joningdan aylanay, turgil onajon, Yo'l qarab bo'ldimi, jigarginang qon? Boqma ko'zlarimga bemajol hasta, Mening topganlarim, gulmi bir dasta? Yo'qotganim senmi onajon? O'z etimni o'zim yeyishimga boq. . . Bilsang yuragimni, bir alam tilar, Buyursang: qo'limdan kelmaydi nelar. Ayt pichan yig'aymi, o'tin yoraymi? Yerni haydayinmi, ko'k ag'daraymi? Itdek oyog'ingga suykalgim kelar, Uchib-uchib mana qo'nishimga boq. . . Hech narsa kerakmas, bol
- Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham... Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham - Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Sig'may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona - Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo, Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo. Yeru ko'kni titratib zor-zor, dunyo - Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Gulday kulib yurmasmidi, o'g'lim deb, Ko'rib ko'nglim to'lmasmidi, o'g'lim deb, Onang o'lsa bo'lmasmidi, o'glim deb Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo'lsam bir kun
- LOLAQIZG'ALDOQ Shavkat Rahmon xotirasiga Mendan nima qolar: Ikki misra she’r, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der, Men seni o'ylayman O'zimdan ko'proq – Lola, lolajonim, Lolaqizg'aldoq! Men ketsam, yomondan Yiroq bo'l, ohu, Chunki sen chiroyli, Ko'rkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi bo'lar-u, Yomon odam yaxshi Bo'lmas hech qachon… Yasha chegarada Turgandek ogoh, Lola, lolajonim, Lolaqizg'aldoq! Uyda yotibman-u, Sezib turipman, Ko'kda kelayotir Qushlar qaytishib. Xayrlar yog'dirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib. Bor, mening uchun ham Ularga qo'l qoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg'aldoq! Ularni men yana Ko'rarmanmi-a, Ayvondan odamdek Kuzatolmadi
- Менинг шодлигимсан, болалигимсан, Менинг гуссам узинг, менинг армоним. Сени осмонимга олиб кетаман, Ерда бизга кун йук, кун йукдир жоним. Хато килдиммикан мен эрта келиб, Ё сен адашдингми келиб кейинми. Гохо кимлигинг хам булмайди билиб, Иним дейми сени, севгилим дейми. Кет, деб хайдолмасам нетаман, Кел, деб айтолмасам нетаман. Сени осмонимга олиб кетаман, Сени осмонимга олиб кетаман. Уйламай дейману, уйламай булмас, Утсанг сен томон бир, буйламай булмас. Сен менинг хаммадан яширган сирим, Менинг эртагимсан суйламай булмас. Кет,деб хайдолмасам нетаман, Кел, деб айтолмасам нетаман. Сени осмонимга олиб кетаман, Сени осмонимга олиб кетаман. (Мухаммад Юсуф)
- Bu dunyoda woirlar ichra, Navoiy eng ulug' boladi. Uning o'rnin faqat birgina, Birgina MUXAMMAD Yusuf Bosa oladi.
- Ko'nglim sezar, endi bu yog'i ayon, Do'stlarim. . . do'stlarim, baxtli bo'laman: Yo Toshkentda eng zo'r shoir bo'laman, Yo uyimga ketib, ariq bo'yida Yalpizga suyanib o'lib qolaman! /M. Yusuf/