Беқасам тўнлар кийиб.

Beqasam to‘nlar kiyib, buncha mani kuydirasan,
Har zamonda bir qarab, voy, beajal o‘ldirasan?
Tog‘da yurgan ul kiyikka men nechun zanjir solay,
Sen birovning yori bo‘lsang, men nechun ko‘ngil qo‘yay?
Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotgoning qani,
Men yomondin ayrilib, yaxshini topgoning qani?
Gulsapsarga qarang, suvga qarab qayriladi,
Bevafo yorni ko‘rib, o‘lmay turib ayriladi.Yorim ketaman deydi, ketkizgani qo‘ymayman,
Yo‘llariga chim bosib, o‘tkizgani qo‘ymayman.
Ketsang ketaver, yorim, ketsang nima parvoyim,
Bu jonim omon bo‘lsa, yana bitta suygonim.Samarqandning soyiga tushdi tillo uzugim,
Qachon kelar ekanlar, e, ul ko‘zlari suzugim.
Ketsang ketaver, yorim, ketsang nima parvoyim,
Bu jonim omon bo‘lsa, yana bitta suygonim.Bevafo yorni ko‘rib, o‘lmay turib ayriladi...

Комментарии

  • 2 мая 2023 12:37
    Қўшиғини қандай топса бўлади Мехри Абдуллаева ижросидагини? Илтимос, 93 410 5010 номерга телеграмдан ташлаб юборинглар