O'zim bilib-bilmay ko'p

gunoh qildim,
Mo'lroq yashab qo'ydim
mo'ljaldagidan.
O'lsam bo'lmasmidi ko'kka
tikilib,
Maysalar ustida, gulning
tagida...
Yashashdan charchadim,
zerikib ketdim,
Mening tor ko'nglimga
sig'mas bayramlar.
Dilimga ilonning tillari
yetdi –
Po'st tashlab, turlanib
yurgan nayranglar.
Endi kun ko'rishim
qiyindan-qiyin,
Endi havolar ham
og'irdan-og'ir.
Achchiq-achchiq yig'lab,
yo'l yurgan sayin
Uzun-uzun bo'lib sudralar
xotir.
O'zim bilib turib, ko'p
gunoh qilib
Ko'proq yashab qo'ydim
mo'ljaldagidan.
O'lsam bo'lmasmidi
ko'zlarim tinib,
Suv ichgan chog'imda
qizning kaftidan.
Endi meni qiynar
qiyoqning guli –
Nozik kapalakning hidsiz
qanoti.
Endi meni qiynar vaqtida
o'lib,
Meni obketmagan
do'stimning yodi.
... Ona, junjikmangiz sovuq
so'zlardan,
Men endi o'lmayman,
yig'lamang yana.
Faqat maqtov kutib suzuk
qizlardan
Yolg'on she'rlar yozib
charchadim, ona.
Faqat o'zim bilmay ko'p
gunoh qilib,
Mo'lroq yashab qo'ydim
mo'ljaldagidan.
O'lsam bo'lar ekan
ko'zlarim kulib,
Belanchak ichida, tolning
tagida...

Комментарии

Комментариев нет.