manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; o'zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxm. 1518/19—1530). "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. "B."da 1494— 1529 y.larda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻlikdir. "B." oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—24) va Hindiston (1524— 30)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—94) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻltirishi (1494 y. iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15-a. 90-y.lari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxm. 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (q. Panipat janglari), Shim. Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat. "B."da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-a. 80—90-y.lari va 16-a. 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va b.ning xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va b.ga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha kattakichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va b.) ham uchraydi. Shuningdek, "B."da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va b. haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari, anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, q.x., daryo va suv havzalari, choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Xususan 15—16- a.larda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul qabilalarining urfodatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular o'zbek, qozoq, qirgʻiz va b. turkiyzabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. "B." da Fargʻona, Samarqand sh.lari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va b. joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan. "B."da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomip, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli Gʻijjakiy, Husayn Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi koʻplab sanʼatkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi. Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: "Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar,— hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas". "B." 15-a. o'zbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, anʼanaviy lirik chekinishlarga boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq maqolmatallari, iboralari, ibratli oʻgitlar, sheʼriy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi, oʻziga xos joziba bagʻishlaydi. "B." 16-a.dan boshlab hozirgigacha dunyoning koʻp tillari — ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va b. tillariga bir necha martalab tarjima qilindi, sharhizohlar bilan nashr etildi. Angliya, Amerika, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Turkiya, Yaponiya kabi oʻnlab mamlakat olimlarining ilmiy tadkiqotlarida "B."ning insoniyat yaratgan oʻlmas obidalar qatorida alohida oʻrinda turishi taʼkidlanadi. "B."ningjahonga mashhur boʻlishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati katta boʻldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi toʻliq nashrini (ingliz tilida) 1826 y.da J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur nashr asosida 2 marta (1878, 1909) uning qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi. 1921 y.da ingliz sharqshunosi A. Beverij "B."ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning oʻzida "B." tarjimalari 9 marta nashr etildi. Keyingi yillarda "B."ning prof. V. Takston tomonidan AQShda (Kembrij sh., Garvard unti, 1993) hamda ikki jild hajmda, mukammal soʻzlik, koʻrsatkich va sharhizohlar bilan Yaponiyada (Kioto, 1995—96) ilmiytanqidiy matni nashr etildi. Maʼlumki, "B." qoʻlyozmalari matnida baʼzi yillar (1504—05, 1509—18, 1520—24) tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520 y. voqealari bayoni tugal emas. Mana shu uzilish boʻlgan oʻrinlarni ingliz sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar asosida maʼlum darajada tiklaganlar. "B." forschaga (1586), undan parchalar Vitsen tomonidan golland tiliga (1705), A. Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda nemis tiliga (1828), Pave de Kurteyl tomonidan toʻla holda fransuz tiliga (1871) tarjima qilingan. "B."ni tarjima qilish va tadqiq etishda, shuningdek Afgʻoniston (Abdulxay habibiy), Pokiston (Rashid Axtar Nadviy, Shoh Olam Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin Haydar, Muhibbul Hasan Rizviy), Turkiya (R . R. Arat va N. I. Bayur) kabi mamlakatlar olimlarining xizmati ham katta. Rus sharqshunoslari (N. I. Pantusov, S. I. Polyakov, V. Vyatkin) ham "B." dan parchalarni tarjima qilganlar. N. I. Ilminskiy "B."ni Qozonda nashr ettirdi (1857). "B."ni hamda Boburning sheʼriy merosini oʻrganishda oʻzbekistonlik olimlar ham salmoqli hissa qoʻshdilar. Prof. Fitrat tomonidan tuzilgan "Oʻzbek adabiyoti namunalari" xrestomatiyasida "B."dan parchalar, Boburning 31 gʻazali, 2 masnaviy va 28 ruboiysi berilgan. M. Salye "B."ni rus tiliga toʻla tarjima qilib, 3 marta (1958, 1982, 1993) nashr ettirdi (S. Azimjonovaning kirish soʻzi va tahriri ostida). P. Shamsiyev va S. Mirzayevlar tomonidan "B."ning ikki jildli (1948) va bir jildli (1960) nashri chop etildi. 1956— 66 y.larda Boburning uch jildli tanlangan asarlari chop etilib, unga Boburning sheʼriy devoni (1jild) va "B." (2—3jildlar) kirgan. Bobur va uning ilmiy merosini oʻrganishga S. Azimjonova katta ulush qoʻshgan. "B."ning M. Salye tomonidan qilingan tarjimalari uning batafsil soʻz boshisi va tahriri ostida nashr etil ga n. "BOBURNOMA" — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; o'zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxm. 1518/19—1530). "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. "B."da 1494— 1529 y.larda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻlikdir. "B." oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—24) va Hindiston (1524— 30)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—94) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻltirishi (1494 y. iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15-a. 90-y.lari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxm. 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (q. Panipat janglari), Shim. Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat. "B."da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-a. 80—90-y.lari va 16-a. 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va b.ning xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va b.ga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha kattakichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va b.) ham uchraydi. Shuningdek, "B."da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va b. haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari, anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, q.x., daryo va suv havzalari, choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Xususan 15—16- a.larda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul qabilalarining urfodatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular o'zbek, qozoq, qirgʻiz va b. turkiyzabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. "B." da Fargʻona, Samarqand sh.lari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va b. joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan. "B."da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomip, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli Gʻijjakiy, Husayn Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi koʻplab sanʼatkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi. Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: "Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar,— hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas". "B." 15-a. o'zbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, anʼanaviy lirik chekinishlarga boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq maqolmatallari, iboralari, ibratli oʻgitlar, sheʼriy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi, oʻziga xos joziba bagʻishlaydi. "B." 16-a.dan boshlab hozirgigacha dunyoning koʻp tillari — ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va b. tillariga bir necha martalab tarjima qilindi, sharhizohlar bilan nashr etildi. Angliya, Amerika, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Turkiya, Yaponiya kabi oʻnlab mamlakat olimlarining ilmiy tadkiqotlarida "B."ning insoniyat yaratgan oʻlmas obidalar qatorida alohida oʻrinda turishi taʼkidlanadi. "B."ningjahonga mashhur boʻlishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati katta boʻldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi toʻliq nashrini (ingliz tilida) 1826 y.da J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur nashr asosida 2 marta (1878, 1909) uning qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi. 1921 y.da ingliz sharqshunosi A. Beverij "B."ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning oʻzida "B." tarjimalari 9 marta nashr etildi. Keyingi yillarda "B."ning prof. V. Takston tomonidan AQShda (Kembrij sh., Garvard unti, 1993) hamda ikki jild hajmda, mukammal soʻzlik, koʻrsatkich va sharhizohlar bilan Yaponiyada (Kioto, 1995—96) ilmiytanqidiy matni nashr etildi. Maʼlumki, "B." qoʻlyozmalari matnida baʼzi yillar (1504—05, 1509—18, 1520—24) tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520 y. voqealari bayoni tugal emas. Mana shu uzilish boʻlgan oʻrinlarni ingliz sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar asosida maʼlum darajada tiklaganlar. "B." forschaga (1586), undan parchalar Vitsen tomonidan golland tiliga (1705), A. Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda nemis tiliga (1828), Pave de Kurteyl tomonidan toʻla holda fransuz tiliga (1871) tarjima qilingan. "B."ni tarjima qilish va tadqiq etishda, shuningdek Afgʻoniston (Abdulxay habibiy), Pokiston (Rashid Axtar Nadviy, Shoh Olam Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin Haydar, Muhibbul Hasan Rizviy), Turkiya (R . R. Arat va N. I. Bayur) kabi mamlakatlar olimlarining xizmati ham katta. Rus sharqshunoslari (N. I. Pantusov, S. I. Polyakov, V. Vyatkin) ham "B." dan parchalarni tarjima qilganlar. N. I. Ilminskiy "B."ni Qozonda nashr ettirdi (1857). "B."ni hamda Boburning sheʼriy merosini oʻrganishda oʻzbekistonlik olimlar ham salmoqli hissa qoʻshdilar. Prof. Fitrat tomonidan tuzilgan "Oʻzbek adabiyoti namunalari" xrestomatiyasida "B."dan parchalar, Boburning 31 gʻazali, 2 masnaviy va 28 ruboiysi berilgan. M. Salye "B."ni rus tiliga toʻla tarjima qilib, 3 marta (1958, 1982, 1993) nashr ettirdi (S. Azimjonovaning kirish soʻzi va tahriri ostida). P. Shamsiyev va S. Mirzayevlar tomonidan "B."ning ikki jildli (1948) va bir jildli (1960) nashri chop etildi. 1956— 66 y.larda Boburning uch jildli tanlangan asarlari chop etilib, unga Boburning sheʼriy devoni (1jild) va "B." (2—3jildlar) kirgan. Bobur va uning ilmiy merosini oʻrganishga S. Azimjonova katta ulush qoʻshgan. "B."ning M. Salye tomonidan qilingan tarjimalari uning batafsil soʻz boshisi va tahriri ostida nashr etil ga n.
QDU Õzbek filologiya fakulteti
"BOBURNOMA" — jahon adabiyoti va
manbashunosligidagi muhim va noyob
yodgorlik; o'zbek adabiyotida dastlabki
nasriy memuar va tarixiyilmiy asar.
Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur.
Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan
(taxm. 1518/19—1530). "Boburiya",
"Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki
Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi
Boburiy" kabi nomlar bilan ham maʼlum.
Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix"
degan nomlarni ishlatgan. "B."da 1494—
1529 y.larda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston
va Hindistonda sodir boʻlgan
tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik
bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif
hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita
bogʻlikdir.
"B." oʻzida bayon qilingan voqealar
jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning
Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston
(1504—24) va Hindiston (1524— 30)dagi
hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi
qismda Boburning otasi — temuriylarning
Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo
(1461—94) xususida hamda Boburning
Fargʻona taxtiga oʻltirishi (1494 y. iyun),
ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt
uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan
mahrum boʻlishi (15-a. 90-y.lari),
Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi
olib borgan jangu jadallari (1497—
1501)ning behuda ketishi, va nihoyat,
toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari
orqali taxm. 250 navkar bilan
Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi
voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi
qismda Boburning Kobulni zabt etgani,
soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani
(1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning
harbiy yordami bilan Samarqandni yana
ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar
(Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur
Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib
(1512), Kobulga qaytgani, keyin esa
Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra
boshlagani xususidagi voqealar bayon
etilgan. Uchinchi qism esa Boburning
Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub
etib (q. Panipat janglari), Shim.
Hindistonni bosib olgani (1526) va
Boburiylar davlatini barpo qilgani
haqidagi maʼlumotlardan iborat.
"B."da keltirilgan barcha maʼlumotlar,
xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand,
Hisor, Chagʻoniyon va Shim.
Afgʻonistonning 15-a. 80—90-y.lari va
16-a. 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr
xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu
xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan
farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning
muayyan tarixiy voqea haqida hamda
oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar —
Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton
Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton
Husayn va b.ning xulqatvori, tabiati
xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan
ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy
fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti,
tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik,
maʼdanshunoslik, dehqonchilik,
bogʻdorchilik va b.ga oid aniq va
hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy
ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar,
ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan.
Asarda bevosita Boburning oʻzi
lashkarboshi sifatida qatnashgan bir
necha kattakichik jang manzaralari
mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi
qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang
usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ
turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir
qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy
istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh,
eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul,
sharbatchi (sharbatdor), mubashshir,
tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa,
murchil, manjaniq, oʻron va b.) ham
uchraydi. Shuningdek, "B."da temuriylar
qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va b.
haqida ham noyob maʼlumotlar bor.
Bundan tashqari, Movarounnahr,
Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston
oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari,
qabilalari, ularning tili, madaniyati,
kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari,
anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek
oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy
tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon
etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon,
Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik
shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy
tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari,
aholisi, q.x., daryo va suv havzalari,
choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari,
tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar
dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal
maʼlumotlar beriladi. Xususan 15—16-
a.larda Turkiston viloyatida yashagan
qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining
hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul
qabilalarining urfodatlari, harbiy
mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa
ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib,
ular o'zbek, qozoq, qirgʻiz va b.
turkiyzabon xalqlar etnik tarixini
oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga
egadir. "B." da Fargʻona, Samarqand
sh.lari va shu nomdagi viloyatlar,
Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning
atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon,
Badaxshon, Kobul viloyati va b. joylar
geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli
tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan
yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni
gʻoyat darajada aniq tasvirlagan.
"B."da Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomip, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali
Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy,
Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab
ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul
Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali,
Mullo Yorak, Shohquli Gʻijjakiy, Husayn
Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi koʻplab
sanʼatkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy
faoliyatlariga xolis baho beriladi.
Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday
deyiladi: "Alisherbek naziri yoʻq kishi edi.
Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar,— hech
kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas".
"B." 15-a. o'zbek badiiy nasrining yorqin
namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli
tasvirlar, anʼanaviy lirik chekinishlarga
boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq
maqolmatallari, iboralari, ibratli oʻgitlar,
sheʼriy parchalar uning badiiyligini yanada
oshiradi, oʻziga xos joziba bagʻishlaydi.
"B." 16-a.dan boshlab hozirgigacha
dunyoning koʻp tillari — ingliz, golland,
fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind,
urdu va b. tillariga bir necha martalab
tarjima qilindi, sharhizohlar bilan nashr
etildi. Angliya, Amerika, Fransiya,
Rossiya, Hindiston, Pokiston,
Afgʻoniston, Turkiya, Yaponiya kabi
oʻnlab mamlakat olimlarining ilmiy
tadkiqotlarida "B."ning insoniyat
yaratgan oʻlmas obidalar qatorida alohida
oʻrinda turishi taʼkidlanadi.
"B."ningjahonga mashhur boʻlishida,
asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati
katta boʻldi. Yevropadagina emas, balki
jahonda birinchi toʻliq nashrini (ingliz
tilida) 1826 y.da J. Leyden va V. Erskin
amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur
nashr asosida 2 marta (1878, 1909) uning
qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi.
1921 y.da ingliz sharqshunosi A. Beverij
"B."ni mustaqil suratda asl nusxadan
qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning
oʻzida "B." tarjimalari 9 marta nashr
etildi.
Keyingi yillarda "B."ning prof. V. Takston
tomonidan AQShda (Kembrij sh., Garvard
unti, 1993) hamda ikki jild hajmda,
mukammal soʻzlik, koʻrsatkich va
sharhizohlar bilan Yaponiyada (Kioto,
1995—96) ilmiytanqidiy matni nashr
etildi.
Maʼlumki, "B." qoʻlyozmalari matnida baʼzi
yillar (1504—05, 1509—18, 1520—24)
tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520 y.
voqealari bayoni tugal emas. Mana shu
uzilish boʻlgan oʻrinlarni ingliz
sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar
asosida maʼlum darajada tiklaganlar. "B."
forschaga (1586), undan parchalar Vitsen
tomonidan golland tiliga (1705), A.
Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda
nemis tiliga (1828), Pave de Kurteyl
tomonidan toʻla holda fransuz tiliga
(1871) tarjima qilingan. "B."ni tarjima
qilish va tadqiq etishda, shuningdek
Afgʻoniston (Abdulxay habibiy), Pokiston
(Rashid Axtar Nadviy, Shoh Olam
Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin
Haydar, Muhibbul Hasan Rizviy), Turkiya
(R . R. Arat va N. I. Bayur) kabi
mamlakatlar olimlarining xizmati ham
katta. Rus sharqshunoslari (N. I.
Pantusov, S. I. Polyakov, V. Vyatkin) ham
"B." dan parchalarni tarjima qilganlar. N.
I. Ilminskiy "B."ni Qozonda nashr ettirdi
(1857).
"B."ni hamda Boburning sheʼriy merosini
oʻrganishda oʻzbekistonlik olimlar ham
salmoqli hissa qoʻshdilar. Prof. Fitrat
tomonidan tuzilgan "Oʻzbek adabiyoti
namunalari" xrestomatiyasida "B."dan
parchalar, Boburning 31 gʻazali, 2
masnaviy va 28 ruboiysi berilgan. M.
Salye "B."ni rus tiliga toʻla tarjima qilib, 3
marta (1958, 1982, 1993) nashr ettirdi
(S. Azimjonovaning kirish soʻzi va tahriri
ostida). P. Shamsiyev va S. Mirzayevlar
tomonidan "B."ning ikki jildli (1948) va
bir jildli (1960) nashri chop etildi. 1956—
66 y.larda Boburning uch jildli tanlangan
asarlari chop etilib, unga Boburning
sheʼriy devoni (1jild) va "B." (2—3jildlar)
kirgan. Bobur va uning ilmiy merosini
oʻrganishga S. Azimjonova katta ulush
qoʻshgan. "B."ning M. Salye tomonidan
qilingan tarjimalari uning batafsil soʻz
boshisi va tahriri ostida nashr etil ga n. "BOBURNOMA" — jahon adabiyoti va
manbashunosligidagi muhim va noyob
yodgorlik; o'zbek adabiyotida dastlabki
nasriy memuar va tarixiyilmiy asar.
Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur.
Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan
(taxm. 1518/19—1530). "Boburiya",
"Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki
Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi
Boburiy" kabi nomlar bilan ham maʼlum.
Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix"
degan nomlarni ishlatgan. "B."da 1494—
1529 y.larda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston
va Hindistonda sodir boʻlgan
tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik
bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif
hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita
bogʻlikdir.
"B." oʻzida bayon qilingan voqealar
jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning
Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston
(1504—24) va Hindiston (1524— 30)dagi
hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi
qismda Boburning otasi — temuriylarning
Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo
(1461—94) xususida hamda Boburning
Fargʻona taxtiga oʻltirishi (1494 y. iyun),
ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt
uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan
mahrum boʻlishi (15-a. 90-y.lari),
Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi
olib borgan jangu jadallari (1497—
1501)ning behuda ketishi, va nihoyat,
toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari
orqali taxm. 250 navkar bilan
Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi
voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi
qismda Boburning Kobulni zabt etgani,
soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani
(1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning
harbiy yordami bilan Samarqandni yana
ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar
(Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur
Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib
(1512), Kobulga qaytgani, keyin esa
Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra
boshlagani xususidagi voqealar bayon
etilgan. Uchinchi qism esa Boburning
Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub
etib (q. Panipat janglari), Shim.
Hindistonni bosib olgani (1526) va
Boburiylar davlatini barpo qilgani
haqidagi maʼlumotlardan iborat.
"B."da keltirilgan barcha maʼlumotlar,
xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand,
Hisor, Chagʻoniyon va Shim.
Afgʻonistonning 15-a. 80—90-y.lari va
16-a. 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr
xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu
xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan
farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning
muayyan tarixiy voqea haqida hamda
oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar —
Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton
Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton
Husayn va b.ning xulqatvori, tabiati
xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan
ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy
fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti,
tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik,
maʼdanshunoslik, dehqonchilik,
bogʻdorchilik va b.ga oid aniq va
hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy
ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar,
ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan.
Asarda bevosita Boburning oʻzi
lashkarboshi sifatida qatnashgan bir
necha kattakichik jang manzaralari
mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi
qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang
usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ
turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir
qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy
istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh,
eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul,
sharbatchi (sharbatdor), mubashshir,
tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa,
murchil, manjaniq, oʻron va b.) ham
uchraydi. Shuningdek, "B."da temuriylar
qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va b.
haqida ham noyob maʼlumotlar bor.
Bundan tashqari, Movarounnahr,
Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston
oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari,
qabilalari, ularning tili, madaniyati,
kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari,
anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek
oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy
tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon
etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon,
Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik
shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy
tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari,
aholisi, q.x., daryo va suv havzalari,
choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari,
tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar
dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal
maʼlumotlar beriladi. Xususan 15—16-
a.larda Turkiston viloyatida yashagan
qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining
hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul
qabilalarining urfodatlari, harbiy
mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa
ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib,
ular o'zbek, qozoq, qirgʻiz va b.
turkiyzabon xalqlar etnik tarixini
oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga
egadir. "B." da Fargʻona, Samarqand
sh.lari va shu nomdagi viloyatlar,
Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning
atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon,
Badaxshon, Kobul viloyati va b. joylar
geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli
tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan
yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni
gʻoyat darajada aniq tasvirlagan.
"B."da Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomip, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali
Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy,
Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab
ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul
Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali,
Mullo Yorak, Shohquli Gʻijjakiy, Husayn
Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi koʻplab
sanʼatkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy
faoliyatlariga xolis baho beriladi.
Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday
deyiladi: "Alisherbek naziri yoʻq kishi edi.
Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar,— hech
kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas".
"B." 15-a. o'zbek badiiy nasrining yorqin
namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli
tasvirlar, anʼanaviy lirik chekinishlarga
boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq
maqolmatallari, iboralari, ibratli oʻgitlar,
sheʼriy parchalar uning badiiyligini yanada
oshiradi, oʻziga xos joziba bagʻishlaydi.
"B." 16-a.dan boshlab hozirgigacha
dunyoning koʻp tillari — ingliz, golland,
fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind,
urdu va b. tillariga bir necha martalab
tarjima qilindi, sharhizohlar bilan nashr
etildi. Angliya, Amerika, Fransiya,
Rossiya, Hindiston, Pokiston,
Afgʻoniston, Turkiya, Yaponiya kabi
oʻnlab mamlakat olimlarining ilmiy
tadkiqotlarida "B."ning insoniyat
yaratgan oʻlmas obidalar qatorida alohida
oʻrinda turishi taʼkidlanadi.
"B."ningjahonga mashhur boʻlishida,
asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati
katta boʻldi. Yevropadagina emas, balki
jahonda birinchi toʻliq nashrini (ingliz
tilida) 1826 y.da J. Leyden va V. Erskin
amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur
nashr asosida 2 marta (1878, 1909) uning
qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi.
1921 y.da ingliz sharqshunosi A. Beverij
"B."ni mustaqil suratda asl nusxadan
qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning
oʻzida "B." tarjimalari 9 marta nashr
etildi.
Keyingi yillarda "B."ning prof. V. Takston
tomonidan AQShda (Kembrij sh., Garvard
unti, 1993) hamda ikki jild hajmda,
mukammal soʻzlik, koʻrsatkich va
sharhizohlar bilan Yaponiyada (Kioto,
1995—96) ilmiytanqidiy matni nashr
etildi.
Maʼlumki, "B." qoʻlyozmalari matnida baʼzi
yillar (1504—05, 1509—18, 1520—24)
tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520 y.
voqealari bayoni tugal emas. Mana shu
uzilish boʻlgan oʻrinlarni ingliz
sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar
asosida maʼlum darajada tiklaganlar. "B."
forschaga (1586), undan parchalar Vitsen
tomonidan golland tiliga (1705), A.
Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda
nemis tiliga (1828), Pave de Kurteyl
tomonidan toʻla holda fransuz tiliga
(1871) tarjima qilingan. "B."ni tarjima
qilish va tadqiq etishda, shuningdek
Afgʻoniston (Abdulxay habibiy), Pokiston
(Rashid Axtar Nadviy, Shoh Olam
Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin
Haydar, Muhibbul Hasan Rizviy), Turkiya
(R . R. Arat va N. I. Bayur) kabi
mamlakatlar olimlarining xizmati ham
katta. Rus sharqshunoslari (N. I.
Pantusov, S. I. Polyakov, V. Vyatkin) ham
"B." dan parchalarni tarjima qilganlar. N.
I. Ilminskiy "B."ni Qozonda nashr ettirdi
(1857).
"B."ni hamda Boburning sheʼriy merosini
oʻrganishda oʻzbekistonlik olimlar ham
salmoqli hissa qoʻshdilar. Prof. Fitrat
tomonidan tuzilgan "Oʻzbek adabiyoti
namunalari" xrestomatiyasida "B."dan
parchalar, Boburning 31 gʻazali, 2
masnaviy va 28 ruboiysi berilgan. M.
Salye "B."ni rus tiliga toʻla tarjima qilib, 3
marta (1958, 1982, 1993) nashr ettirdi
(S. Azimjonovaning kirish soʻzi va tahriri
ostida). P. Shamsiyev va S. Mirzayevlar
tomonidan "B."ning ikki jildli (1948) va
bir jildli (1960) nashri chop etildi. 1956—
66 y.larda Boburning uch jildli tanlangan
asarlari chop etilib, unga Boburning
sheʼriy devoni (1jild) va "B." (2—3jildlar)
kirgan. Bobur va uning ilmiy merosini
oʻrganishga S. Azimjonova katta ulush
qoʻshgan. "B."ning M. Salye tomonidan
qilingan tarjimalari uning batafsil soʻz
boshisi va tahriri ostida nashr etil ga n.