Bu kishi ersa, eng oliy tabaqalardin bo‘lgan arab shoirlaridin sanalur edi. Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishib, Islomga kirish qasdida o‘z yurti Yamomadin chiqdi. Bu qilgan safarida Payg‘ambarimiz sha’nlariga aytgan, arablar odatlaricha, maqtov-sifatlarini qilgan uzun bir she’r — qasida tuhfasi bor edi. Bu shoir Makka shahriga yaqinlashganda, uning kelgan xabari Quraysh xalqiga eshitildi. Alarga tashvish tushdiki, agar bu shoir kelib, Muhammadga iymon keltirsa, she’r aytib, tili bilan tashviqot qilib, butun arablarni qo‘zg‘ashi mumkindir. Buning chorasini ko‘rib, uni Muhammadga ko‘rishtirmay qaytarish kerak, deb maslahat qildilar. Shuning bilan Quraysh raislaridin Abu Sufyon oldidin to‘sib chiqib, u bilan ko‘rishdi, aning maqsadini so‘rab bilgandin so‘ngra, u: — Ey A’sho, agar Muhammadga iymon keltirsang, aning dinida uch narsa haromdur: 1. Zino. 2. Hamr (aroq). 3. Qimor. Agar aning diniga kirib, musulmon bo‘lsang, bu uch lazzatdin mahrum bo‘lursan, — dedi. Anda A’sho: — Birinchi deganing zino bo‘lsa, endi men qaridim, agar men uni tashlamasam, u meni albatta tashlaydur. Ikkinchi aytganing hamr bo‘lsa, undan ko‘p yillardin beri ichib, bir kishichalik haqqimni olib, qonganman. Uchinchi — qimor o‘yinidin qaytarsa, uni o‘ynaganimda yutib olib, foydalanishim aniq emasdur. Ammo Muhammadning juvonmard, saxiyligini aniq, deb ong¬ladim. Agar iymon keltirsam, aning ato va baxshishlaridin bahra topgayman — dedi. Abu Sufyon uni bu so‘zlar bilan qaytara olmasligiga ko‘zi yetgandin keyin, turib: — Ey A’sho, bu ishga ko‘p shoshmasdin yana biror yil o‘tguncha payqab qaragin, endi sening bu kelishing ham quruq bo‘lmasin, Quraysh xalqidin qizil tuklik bir yuz tuya yig‘dirib berayin. Agar bu orada Muhammad bizni yengib, ishi rivojlansa, bir yil so‘ngra kelib, unga iymon kelturursan, ham buning ustiga yuz tuya ortiqcha o‘lja olgan bo‘lursan, yo‘q, agar bundog‘ bo‘lmay, biz uni yengib chiqar bo‘lsak, ul chog‘da butun arab o‘z dinida qolib, aning bu ishi o‘rtadin ko‘tariladi. Ul holda yuz tuya senga yana foydaga qoladi, — deb uni ta’maga soldi. U ham bo‘lsa, mol hirsi ko‘ngliga tushgandan, uning bu so‘ziga rozilik ko‘rsatdi. Shundog‘ qilib, Abu Sufyon Quraysh xalqidin yuz tuya yig‘ib, unga topshirgandin keyin, Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishmasdin, dunyoga aldanib, o‘z eliga qaytib ketdi. Yo‘lda ketayotganida uyiga yetmasdin ilgarigi tuyasidin yiqilib o‘ldi. Dunyo hirsi balosiga qolib, shundog‘ ulug‘ davlatdin mahrum bo‘ldi. Lekin buning shu safaridagi Payg‘ambarimiz sha’nlarida aytgan she’ri ersa, shu kungachalik kitoblarda mashhurdur. Balki g‘oyibona iymon keltirgan bo‘lsa ham ajab emas.
TARIHI MUHAMMADIYA PAYG'ANBARIMIZ S A V HAYOTI
:إنأم إنأمجأن
BANI QAYS SHOIRI A’SHONING VOQEASI
Bu kishi ersa, eng oliy tabaqalardin bo‘lgan arab
shoirlaridin sanalur edi. Payg‘ambarimiz bilan
ko‘rishib, Islomga kirish qasdida o‘z yurti
Yamomadin chiqdi. Bu qilgan safarida
Payg‘ambarimiz sha’nlariga aytgan, arablar
odatlaricha, maqtov-sifatlarini qilgan uzun bir she’r
— qasida tuhfasi bor edi. Bu shoir Makka shahriga
yaqinlashganda, uning kelgan xabari Quraysh
xalqiga eshitildi. Alarga tashvish tushdiki, agar bu
shoir kelib, Muhammadga iymon keltirsa, she’r
aytib, tili bilan tashviqot qilib, butun arablarni
qo‘zg‘ashi mumkindir. Buning chorasini ko‘rib, uni
Muhammadga ko‘rishtirmay qaytarish kerak, deb
maslahat qildilar. Shuning bilan Quraysh raislaridin
Abu Sufyon oldidin to‘sib chiqib, u bilan ko‘rishdi,
aning maqsadini so‘rab bilgandin so‘ngra, u:
— Ey A’sho, agar Muhammadga iymon keltirsang,
aning dinida uch narsa haromdur: 1. Zino. 2. Hamr
(aroq). 3. Qimor.
Agar aning diniga kirib, musulmon bo‘lsang, bu
uch lazzatdin mahrum bo‘lursan, — dedi.
Anda A’sho:
— Birinchi deganing zino bo‘lsa, endi men qaridim,
agar men uni tashlamasam, u meni albatta
tashlaydur. Ikkinchi aytganing hamr bo‘lsa, undan
ko‘p yillardin beri ichib, bir kishichalik haqqimni
olib, qonganman. Uchinchi — qimor o‘yinidin
qaytarsa, uni o‘ynaganimda yutib olib,
foydalanishim aniq emasdur. Ammo
Muhammadning juvonmard, saxiyligini aniq, deb
ong¬ladim. Agar iymon keltirsam, aning ato va
baxshishlaridin bahra topgayman — dedi.
Abu Sufyon uni bu so‘zlar bilan qaytara olmasligiga
ko‘zi yetgandin keyin, turib:
— Ey A’sho, bu ishga ko‘p shoshmasdin yana biror
yil o‘tguncha payqab qaragin, endi sening bu
kelishing ham quruq bo‘lmasin, Quraysh xalqidin
qizil tuklik bir yuz tuya yig‘dirib berayin. Agar bu
orada Muhammad bizni yengib, ishi rivojlansa, bir
yil so‘ngra kelib, unga iymon kelturursan, ham
buning ustiga yuz tuya ortiqcha o‘lja olgan
bo‘lursan, yo‘q, agar bundog‘ bo‘lmay, biz uni
yengib chiqar bo‘lsak, ul chog‘da butun arab o‘z
dinida qolib, aning bu ishi o‘rtadin ko‘tariladi. Ul
holda yuz tuya senga yana foydaga qoladi, — deb
uni ta’maga soldi.
U ham bo‘lsa, mol hirsi ko‘ngliga tushgandan,
uning bu so‘ziga rozilik ko‘rsatdi. Shundog‘ qilib,
Abu Sufyon Quraysh xalqidin yuz tuya yig‘ib, unga
topshirgandin keyin, Payg‘ambarimiz bilan
ko‘rishmasdin, dunyoga aldanib, o‘z eliga qaytib
ketdi. Yo‘lda ketayotganida uyiga yetmasdin ilgarigi
tuyasidin yiqilib o‘ldi. Dunyo hirsi balosiga qolib,
shundog‘ ulug‘ davlatdin mahrum bo‘ldi. Lekin
buning shu safaridagi Payg‘ambarimiz sha’nlarida
aytgan she’ri ersa, shu kungachalik kitoblarda
mashhurdur. Balki g‘oyibona iymon keltirgan bo‘lsa
ham ajab emas.