14 авг 2017

Yozda yuz terisini

qanday namlantirish
kerak?
Yozning issiq kunlarida
bizning terimiz har
qachongidan ham kattaroq
e’tibor talab qiladi. Chang, issiq
va quruq shamol kabi omillar
hatto normal yuz terilariga
ham salbiy ta’sir qiladi.
Shuning uchun yoz faslida yuz
terisi tarang, namlangan va
yumshoq bo‘lib turishi uchun
uni qanday qilib to‘g‘ri
parvarish qilishni o‘ylab ko‘rish
kerak.
Foto: “Lady.tochka.net”
Biz siz uchun yuz terisini
yozda qanday parvarish qilish
kerakligi haqida bir necha
maslahatlar to‘pladik.
Yuzingiz terisi turiga qarab
maxsus kremlar tanlang
Tarkibida ko‘p miqdorda
glitserin va gialuron kislotalari
bo‘lgan namlovchi kremlar
tanlaganingiz ma’qul. Yuz
terisini kechqurun parvarish
qilishni ham unutmang.
Bunday holatlar uchun kecha
davomida yuz terisini
tiklashga, silliq va toza
ko‘rinish berishga yordam
beruvchi oziqlantiruvchi
zardoblar mos keladi.
Namlovchi tonikdan
foydalaning
Yuzingiz terisi suvsizlangan va
quruq bo‘lib qolsa, faqat
namlovchi krem yordam bera
olmaydi. Krem bilan birgalikda
tarkibida SPF-omilli va yengil
tuzilishga ega bo‘lgan
namlovchi losyondan
foydalanishni tavsiya qilamiz.
Bunday losyon terining namlik
darajasini oshiradi, uni
yumshoq va chiroyli qiladi.
Tarkibidagi quyoshdan
himoya qiluvchi omillar esa uni
quyosh nurlaridan saqlaydi.
Yuz terisini kun davomida
namlab turing
Yuz terisi suvsizlanib
qolmasligi uchun kun
davomida namlab turishda
termal suvdan foydalanish
juda muhim. Uning tarkibidagi
minerallar terini kislorod bilan
ta’minlaydi va uning almashish
jarayonlarini yaxshilaydi.
Bir haftada 2-3 marta
namlantiruvchi niqoblardan
foydalaning
Terini tezroq namlantirish
uchun unga namlik
singdirishdan tashqari
energiya ham beruvchi matoli
oziqlantiruvchi niqoblardan
foydalaning.
Organizmdagi suv balansini
saqlang
Yuz terisini nafaqat
tashqaridan, balki ichki
tomondan ham namlash
kerak. Mutaxassislar bir kunda
ikki litrgacha toza suv ichishni
tavsiya qiladilar. Suvni
ovqatlanish mahalida yoki
undan keyin ham emas, balki
ovqatlanish oraliqlarida ichish
juda muhim. Shuningdek,
mutaxassislar ovqatlanishdan
yarim soat oldin bir piyola suv
ichishni maslahat berishadi.

Yozda yuz terisini
 - 857476514303

Комментарии

Комментариев нет.