Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,

Inonmagil molingga, bir kun qo’ldan ketaro.
Ota-ona, qarindosh qayon ketti, fikr qil,
To’rt oyog’lig’ cho’bin ot bir kun senga yetaro.
Dunyo uchun g’am yema, Haqdin o’zgani dema,
Kishi molini yema, sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh – hech kim bo’lmaydur yo’ldosh,
Mardona bo’l, g’arib bosh, umring eldek o’taro.
Qul xoja Ahmad, toat qil, umring bilmam necha yil,
Asling bilsang, obu gil, yana gilga ketaro!
Ahmad Yassaviy

Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o’taro, - 665734765593

Комментарии

Комментариев нет.