KAVSAR SURASI Inn`a a’toyn`akal-kavsar.

Fa solli
lirobbika vanhar. Inna sh`ania’ka
huval abtar. Mazmuni: «(Ey Muhammad,)
darhaqiqat, Biz Sizga Kavsarni*
berdik. Bas, Rabbingiz uchun namoz
o‘qing va (tuya) so‘yib qurbonlik
qiling! Albatta, g‘animingizning o‘zi
(barcha yaxshiliklardan) mahrumdir».
(Kavsar — jannatdagi bir ajib daryo
yoki hovuzning nomi. Uning suvi
asaldan totli, qor va suvdan oq.
Undan ichgan kishi abadiy
chanqoqlik ko‘rmaydi.) IXLOS SURASI Qul huvall`ohu ahad. All`ohus-
somad. Lam yal`id. Va lam `yuvlad
va lam yakullah`u kufuvan ahad. Mazmuni: (Ey Muhammad,) ayting:
«U — Alloh yagonadir. Alloh
behojat, (lekin) hojatbarordir. U
tug‘magan va tug‘ilmagan ham.
Shuningdek, Unga teng biror zot
yo‘qdir». FALAQ SURASI Qul a’`uzu birobbil falaq. Min sharri
m`a xolaq. Va min sharri g‘`osiqin
iz`a vaqob. Va min sharrin-
naff`as`ati fil ‘uqod. Va min sharri
h`asidin iz`a hasad. Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting:
“Panoh tilab iltijo qilurman tong
Parvardigoriga yaratgan narsasi
yovuzligidan, tugunchaga dam
uruvchi ayollar yovuzligidan hamda
hasadchining hasadi yovuzligidan”». AN-NOS SURASI Qul a’`uzu birrobin-n`asi malikin-
n`asi il`ahin-n`asi min sharril
vasv`asil xonn`as. Allaz`iy
yuvasvisu f`iy sud`urin-n`asi minal
jinnati van-n`as. Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting:
“Panoh tilab iltijo qilurman odamlar
Parvardigoriga, odamlar
Podshohiga, odamlar Ilohiga
yashirin vasvasachi (shayton)
yovuzligidanki, ( u ) odamlarning dillariga vasvasa solur. (O‘zi) jinlar
va odamlardandir”».

Комментарии