10 авг 2013

Qo'ng'ir ayiq'

O'zbekistonning tog'li hududlarida uchraydi. O'rta Osiyo ayig'i o'zning shimoliy qarindoshlaridan o'zining nisbatan kamyob va yorqin tusdagi yungi va oq tirnoqlari bilan farq qiladi. O'zbekiston hududida Tyan-Shanning O'zbekistondagi qismida, Turkiston va Zarafshon tizmalari, Boysintog'larda uchraydi. Qo'ng'ir ayiq baland tog'larda yashaydi, ba'zan archa va bargli o'rmonlarga tushib turadi. Oktyabr oyi oxiri-noyabr oyi boshida qishgi uyquga ketadi. Ayiq o'z uyasini toshlar orasiga, kamdan-kam qo'yiq o'tlar orasiga, yiqilgan daraxtlar tagiga, g'orlarga quradi. Bu yirtqich butunlay uyquga ketmaydi. Kuzda ba'zan ertalablari tentrab yuradi. Odamlar yaqinlashishi bilan sergak tortadi, ba'zan uyasidan ham chiqadi. Erta bahorda qo'ng'ir ayiq o'simliklar ildizlari va piyozchalari bilan oziqlanadi. Kamdan-kam hollarda qo'ng'izlar va yumronqoziqlarni yeydi. Yoz oxirida maymunjonlar, olma, olcha, jiyda va yong'oq bilan oziqlanadi. Kam hollarda qo'ng'ir ayiqlar qo'ylarga va yovvoyi juft tuyoqlilarga hujum qiladi. Tyan — Shanda ayiqchalar (1-3 ta, juda kam hollarda 4-5 ta) yanvar oyi oxirida, ona ayiqlar hali uyalarida bo'lganida, paydo bo'ladi. Ular dearli yungsiz bo'lib, har biri 500g bo'ladi. 13-kunda ayiqchalar ko'radigan va eshitadigan bo'ladi. Butun yoz davomida onalari bilan birga yurishadi va uya yoki unga yaqin joyda o'xlashadi. Kuzga kelib ayiqchalar 25kgdan 40kggacha tana og'irligiga ega bo'ladilar. Ayiqchalar hayotlarini uchinchi, kamdan-kam hollarda to'rtinchi yili voyaga yetgan hisoblanishadi. Ayiqlar 30 yil yashaydilar. Ayiqlar hayvonot parklarida 34 yil umr ko'rganligi haqida ham ma'lumotlar mavjud.

Qo'ng'ir ayiq' - 533819331092

Комментарии