26 фев 2016

Uzataman, netay senga

yetmas qo`lim,
Gul uzmoqchi bo`lsam qo`lga ilar tikan.
Behudaga yuragingni ezma gulim,
Taqdirimiz qo`limizda emas ekan.
Aytgil erkam, qachon Haqdan siylanamiz,
Bir butoqda ikki gulga aylanamiz.
Uzoqlardan termulishib qiynalamiz,
Taqdirimiz qo`limizda emas ekan.
Intizormiz, sen menga zor, men senga zor,
Muhabbatdan topganimiz faqat ozor.
Sadag`angdan ketay qo`ygin yig`lama yor,
Taqdirimiz qo`limizda emas ekan.
Ne toparding, mendek g`arib devonadan,
Qismat degan tortiq ekan begonadan.
Ne bo`lsa gar ko`ramizda peshonadan,
Taqdirimiz qo`limizda emas ekan.
Bir kuning g`am, bir kun iqbol kularkanda,
Goh iztirob, alam bag`ring tilarkanda.
Xudoyim ne desa o`sha bo`larkanda,
Taqdirimiz qo`limizda emas ekan.
Bir gul eding, ikki kunda so`lib ketding,
Bir termulib yuragimni yulib ketding.
Suyukligim, kimga nasib bo`lib ketding,
Taqdirimiz qo`limizda emas ekan.

Комментарии

Комментариев нет.