19 июн 2017

Bu dunyo biri kam, kami bitmaydi,

Orzu poyoniga umr yetmaydi,
Bu Olamdan bearmon hech kim
o'tmaydi,
Hayotdan nimadir kutaveramiz-
Yillarga aldanib o'taveramiz!
Tunning quchog'ida yulduzlar sanab,
Oppoq tong poyida kunduzlar sanab,
Eng og'ir damda ham baxtimiz sinab,
Hayotdan nimadir kutaveramiz-
Yillarga aldanib o'taveramiz!
Omad kelganida ko'krakni kerib,
Quvonchlar taftidan azoblar erib,
Goh shirin tushdan ham umidlar qilib,
Hayotdan nimadir kutaveramiz-
Yillarga aldanib o'taveramiz.....

Комментарии

Комментариев нет.