O‘zbekiston delegatsiyasi Venadagi tadbirda ishtirok etdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Ekoharakat vakillaridan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Avstriya poytaxti Venada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT hududiy markazi (MOPDHM) tomonidan tashkillashtirilgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining yuqori mansabdor shaxslari uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar berdi.
Shuningdek, tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Xalqaro Orolni qutqarish fondi ijroiya qo‘mitasi, Butunjahon banki, BMT, BMTTD, MOPDHM Yevropa iqtisodiy komissiyasi vakillari hamda transchegara suvdan foydalanish sohasi mutaxassislari va maslahatchilari qatnashdi.
Tadbir davomida transchegara suv manbalarini boshqarish sohasida xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini izohlash va samarali qo‘llash masalalari ko‘rilib, Orol dengizi havzasi bo‘yicha kelgusi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ularni amalda tatbiq etish mexanizmlari muhokama qilindi.

Комментарии

Комментариев нет.