Вir kun kelib dunyodan otsam.

Orom olsa bu yurak bebosh.
Qabrim uzra boshingni egib.
Begim deya toksang tomchi yosh...
Keyin esa tiz chokib sekin.
Esla baxtli otgan kunlarni.
Va bagrimga qoygin ohista.
Qolingdagi qizil gullarni...
Bilsang edi qachondan beri.
Yollaringda sarson kozlarim.
Jaranglagan har bir sadodan.
Seni ovozingni izlardim...
Eh qanchalar baxtliman bugun.
Taskin topdi qalbdagi ozor.
Chunki hozir sen yonimdasan.
Qolgan barcha-barchasi bekor...
Iltimosim ketmagin bir zum.
Yana bir oz qolgin yonimda.
Uzatsamda yetmas qollarim.
Sevar edim seni jonimdan...
Men hozir ham derman bir seni.
Faqat tanam tuproqlarga yor.
Afsus jonim bila olmaysan.
Nigohingga bolganimni zor...
Taqdir bizni uchrashtirmadi.
Hijron esa azobga soldi.
Bir kormoqlik etmadi nasib.
Sen kelguncha jonimni oldi...
Boldi jonim boshingni kotar.
Sen gulimga yiglamoq nechun.
Sen baxtiyor yashashing kerak.
Men tinchgina uhlashim uchun...!!!

Комментарии