Sen bog'dagi yelday sho'x, Bir dam orom olsayding. Derlar orzuga ayb yo'q, Meni sevib qolsayding. Yoy nishonga yetmasdan, Fursat mag'lub etmasdan. Umrim o'tib ketmasdan, Meni sevib qolsayding. Dunyo sinovli, shartli, Xam quvonchli, xam dardli. Orzuyim bo'lmay gardli, Meni sevib qolsayding. Qadru-qimmatim bilib, Biroz nazarga ilib. Ko'nglimga shafqat qilib, Meni sevib qolsayding. Keldi mehring fursati, Bo'lay vasling ulfati. Botirligim xurmati, Meni sevib qolsayding. Botir Ergashev.
Ko'zni Yumgil, Ko'zga Aylansin Ko'ngil.
:Doniyor YUSUF (Shoir)
Meni sevib qolsayding.
Sen bog'dagi yelday sho'x,
Bir dam orom olsayding.
Derlar orzuga ayb yo'q,
Meni sevib qolsayding.
Yoy nishonga yetmasdan,
Fursat mag'lub etmasdan.
Umrim o'tib ketmasdan,
Meni sevib qolsayding.
Dunyo sinovli, shartli,
Xam quvonchli, xam dardli.
Orzuyim bo'lmay gardli,
Meni sevib qolsayding.
Qadru-qimmatim bilib,
Biroz nazarga ilib.
Ko'nglimga shafqat qilib,
Meni sevib qolsayding.
Keldi mehring fursati,
Bo'lay vasling ulfati.
Botirligim xurmati,
Meni sevib qolsayding.
Botir Ergashev.