Odamzod tarixida futbol haqida birinchi maʼlumot miloddan avvalgi 2-ming yillikka taaluqli. Unga koʻra, qadimgi Xitoy hududida Tsu Chyu, yaʼni “oyoq bilan toʻp oʻynash” degan oʻyin haqida soʻz yuritilgan. Ushbu oʻyin xitoy askarlariga jismoniy baquvvat boʻlishga yordam bergan. Boshqa bir maʼlumotga koʻra futbol qadimgi Angliyada 8 asrda paydo boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, saksoniyaliklarda shunday yovvoyi odat boʻlgan: jangdan soʻng ular jang maydonida magʻlub boʻlgan raqiblarning boshini tepib oʻynagan. Futbol darvozasidagi setka birinchi bir 1891 yilda Angliyaning shimoli va janubi terma komandalari oʻrtasida oʻtkazilgan oʻyinda ishlatilgan. Oʻzbekistonda ham futbol eng ommaviy oʻyinlardan biri. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1946 yila tashkil qilingan. Oʻzbekiston futbolida Oliy liga va Birinchi ligalar mavjud. Oʻzbekistonda futbol tugʻilgan yili deb 1912 yil tan olingan. Oʻshanda Fargʻona va Qoʻqonda birinchi futbol jamoalari tashkil qilingan. Keyinroq futbol jamoalari Toshkent va Andijonda ham paydo boʻlgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston jamoalari turli chempionatlarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Ular orasida Osiyo Chempionlar ligasi, Kubok sovrindorlari kubogi va Osiyo futbol kuboklari bor. Osiyo chempionatlarida eng katta yutuq Qarshining “Nasaf” jamoasiga tegishli. Jamoa 2011 yilda Osiyo Futbol kubogi sovrindori boʻldi. IBROXIMJON 1994
FIFA ( World Football News )
FUTBOLNING KELIB CHIQISHI
Odamzod tarixida futbol haqida birinchi maʼlumot miloddan avvalgi 2-ming yillikka taaluqli. Unga koʻra, qadimgi Xitoy hududida Tsu Chyu, yaʼni “oyoq bilan toʻp oʻynash” degan oʻyin haqida soʻz yuritilgan. Ushbu oʻyin xitoy askarlariga jismoniy baquvvat boʻlishga yordam bergan.
Boshqa bir maʼlumotga koʻra futbol qadimgi Angliyada 8 asrda paydo boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, saksoniyaliklarda shunday yovvoyi odat boʻlgan: jangdan soʻng ular jang maydonida magʻlub boʻlgan raqiblarning boshini tepib oʻynagan.
Futbol darvozasidagi setka birinchi bir 1891 yilda Angliyaning shimoli va janubi terma komandalari oʻrtasida oʻtkazilgan oʻyinda ishlatilgan.
Oʻzbekistonda ham futbol eng ommaviy oʻyinlardan biri. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1946 yila tashkil qilingan. Oʻzbekiston futbolida Oliy liga va Birinchi ligalar mavjud.
Oʻzbekistonda futbol tugʻilgan yili deb 1912 yil tan olingan. Oʻshanda Fargʻona va Qoʻqonda birinchi futbol jamoalari tashkil qilingan. Keyinroq futbol jamoalari Toshkent va Andijonda ham paydo boʻlgan.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston jamoalari turli chempionatlarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Ular orasida Osiyo Chempionlar ligasi, Kubok sovrindorlari kubogi va Osiyo futbol kuboklari bor.
Osiyo chempionatlarida eng katta yutuq Qarshining “Nasaf” jamoasiga tegishli. Jamoa 2011 yilda Osiyo Futbol kubogi sovrindori boʻldi.
IBROXIMJON 1994