Комментарии
- 6 апр 2016 15:481 2Bu yerda ikkita yolģonchi va bitta rostchi fikr bildirgan. Ikkinchi odam rost gapirgan 4 odam yashaydi. 3 ta yolģonchi bor
- 6 апр 2016 17:37Muminniyoz ShonazarovAqlizga balli, lek biroz xatolik bor yaxshilab fikrlangchi qani topasiz ! Uchinchini gapiga yaxshilab etibor bering !
- 7 апр 2016 05:471 2Unda uchinchi rostgöy böladi.
- 7 апр 2016 19:46Qodir Baxtiboyev1-si yolg'onchi, chunki u rostgo'y bo'lsa, 2- gapi yolg'on ( o'zi yashamaydigan) bo'lib qoladi. Bundan esa 1-gapi yolg'onligi ya'ni 3 tadan ko'p odam yashashi kelib chiqadi. Bu esa 3-si ham yolg'onchi ekanini ko'rsatadi. 2-si esa rost go'y bo'lmoqda. Chunki uning aytganlari 1- va 3-lar aytganiga to'g'ri kelmaydi. Bundan orolda 4 kishining yashashi 3 tasi esa yolg'onchiligi kelib chiqadi.
- 7 апр 2016 19:501 2 ответила Qodir BaxtiboyevBu mening birinchi javobim edi. Ln xato manimcha
- 7 апр 2016 20:00Qodir Baxtiboyev ответил 1 2Nega
- 7 апр 2016 20:011 2Savolni yozgan odam shunday dediku
- 7 апр 2016 20:031 23 inchini gapiyam yolģonmas manimcha
- 7 апр 2016 20:04Qodir BaxtiboyevMenimcha u sizning jig'ingizga tagish uchun shunday dedi.
- 7 апр 2016 20:05Qodir Baxtiboyev3-odam ham rostgo'y bo'lolmaydi. Cyunki,2-odam gapiga to'g'ri kelmaydi.
- 7 апр 2016 20:061 2 ответила Qodir BaxtiboyevNega unday deyapsiz
- 7 апр 2016 20:08Qodir BaxtiboyevMen ham odamman balkim, adashgandirman?
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
""" MATEMATIKA """ """ FAN QIROLLARI """
:Muminniyoz Shonazarov
[ Mantiqiy ]
Bir orolda faqat <<rostchi>>lar ( faqat rost gapiradiganlar) va << yolg'onchi>>lar ( faqat yolg'on gapiradiganlar) yashaydi.
Ulardan uchtasi ikkitadan fikr aytdi:
Birinchisi :
<< Orolda yashaydigan odamlar soni uchtadan oshmaydi >>,
<< Orolda faqat <<yolg'onchilar>>lar yashaydi >>;
Ikkinchisi :
<< Orolda yashaydiganlar soni to'rtadan oshmaydi >>,
<< Orol aholisining barchasi ham <<yolg'onchi>> emas >>;
Uchinchisi :
<< Orolda 5 kishi yashaydi>>,
<< Orolda <<yolg'onchi>>lar soni uchdan kam emas>>.
Orolda nechta kishi yashaydi va ular orasida nechta yolg'onchi bor?
Yechilishi : Birinchi kishi " yolg'onchi " ( agar u rostchi bo'lsa, u holda ikkinchi tasdig'i yolg'on bo'lar edi ). Demak, orolda kamida 4 kishi yashaydi. Ikkinchi kishi " rostchi " , chunki uning ikkinchi tasdig'i to'g'ri. Uning birinchi tasdig'idan orolda 4 kishi yashashini topamiz. U holda uchinchi kishi " yolg'onchi " bo'ladi va uning ikkinchi tasdig'idan yolg'onchilar soni uchtadan kam ekanligi kelib chiqadi. Shunday qilib orolda 4 kishi yashaydi va ularning ikkitasi yolg'onchi.