Ham aytasiz unga tashakkur: -Biz yo'q qildik bir-birimizni... Biz yo'q qildik... Xudoga shukur!... Siz yurakni qilmaysiz tejam, Olgin!-borni tortiq qilasiz. So'ngra xafa bo'lasiz mendan- "Qaytmayman", deb yig'lab ketasiz. Izlab yana kelasiz bir kech, Jilmayasiz:- Baxtlimanmi, boq!... Kulgingizga yarashmagay hech, Xitobingiz o'rtagan titroq. Hijrondan so'ng savollar teran, Hijrondan so'ng javob-daf'atan... Men hammadan pinhon saqlagan She'rlarimni sizga aytaman. Ayblamaymiz bir-birimizni, Dilda so'zlar tug'iladi-hur. ... Qarg'amaysiz taqdiringizni Va aytmaysiz unga tashakkur.
QIRQQIZIMNING yoshlari uchun
Siz qarg'aysiz taqdiringizni,
Ham aytasiz unga
tashakkur:
-Biz yo'q qildik bir-birimizni...
Biz yo'q qildik... Xudoga
shukur!...
Siz yurakni qilmaysiz tejam,
Olgin!-borni tortiq qilasiz.
So'ngra xafa bo'lasiz mendan-
"Qaytmayman", deb yig'lab
ketasiz.
Izlab yana kelasiz bir kech,
Jilmayasiz:- Baxtlimanmi, boq!...
Kulgingizga yarashmagay hech,
Xitobingiz o'rtagan titroq.
Hijrondan so'ng savollar teran,
Hijrondan so'ng javob-daf'atan...
Men hammadan pinhon
saqlagan
She'rlarimni sizga aytaman.
Ayblamaymiz bir-birimizni,
Dilda so'zlar tug'iladi-hur.
... Qarg'amaysiz taqdiringizni
Va aytmaysiz unga tashakkur.