Mendan xafa bo'lmang yo'q bo'lib qolsam.

Dardingiz gardiga yana dard solsam.Qaniydi o'lguncha mehringiz olsam.Ishqingiz ko'yida bo'lyapman ado.Sizni panoxida asrasin XUDO.Mendan ranjib yurmang so'rayman uzur.Sizdan faqat sizdan ko'rdim ko'p xuzur.Sizni yaratganga qilaman shukur.Majburman demoqqa JONIM ALVIDO.Sizni panoxida asrasin XUDO.Xoxlamay ketmoqqa qiynaldim rosa.Qaniydi hamma ham sizdayin bo'lsa.Sevmaslikga qurg'ur bu yurak ko'nsa.So'rang shu jonimni qilayin fido.Sizni panoxida asrasin XUDO.Men un extiyot qiling joningiz.Mendan ko'ra ko'pdir mehriboningiz.Havasim bor kimdir bo'lsa yoringiz.Rashk meni mehrdan qilmasin judo.Sizni panoxida asrasin XUDO.Izlamang iltimos tushmasin ko'zim.Topilmay qoladi hech aytar so'zim.Zo'rg'a kuch topoldim.Ketmoqqa o'zim.Dilim tub tubidan yangrar bir nido.Sizni panoxida asrasin XUDO.Sog'inchning ko'ksidan itardim tinmay.Menga mehringizdan berib erinmay.Hatto qo'yibsizku chin dildan kulmay.Deb yurmang ko'ngliga kirdim deb xato.Sizni panoxida asrasin XUDO.Qarang tashvishlarga qo'yibman sizni.Kechiring mendayin fikri ojizni.Taqdir tinmay qiynab sinaydi bizni.Uzur boshingizga bo'ldim bir balo.Sizni panoxida asrasin XUDO.

Комментарии

  • 9 ноя 2016 19:20
    Койил ажойиб хаммамизни оз панохида асрасин