Jannat bog'lariga kerak. Yil o'rtalariga kelib uni qaytishidan umid so'ndi. Sog'inch esa nafratga aylanib bo'ldi. Aslida er-hotin hali bir kun bo'lsin ayrilishmadi. Shunchaki ikkisi bir-biridan sovigan. Nimasi yangilik, har bir oilada kelishmovchiliklar bo'ladi-ku? Albatta qayni ona, qayni ota yoshlarning o'rtasini isloh qilishlari ko'p kuzatiladi. Juda gap ko'chaga chiqsa kelin taraf qizini qulog'idan tortib qo'yishadi. Lekin bu oilada emas. Dilfuzani qayni onasi qolib qayni otasi molparaslik qiladi. Biror gap chiqgudek bo'lsa, gapni mebeldan boshlaydi. Sarpa suruq haqida donalab gapiradi. Hullas Dilfuzani bu uyda Kichik Zafarbek ushlab turibti. Ammo azoblar jon-jonidan o'tib ketkanida "nega seni dunyoga keltirdim?" deb noliydi. Zafarbek 4 yoshga to'lgan kuni, uyda janjal bo'ldi. Dilfuzaga alam qildi. Ota bo'lib o'g'lini tug'ulgan kunini qilib berolmasa. Biror sovg'a bersin. Shirin so'z aytgisi kelmasa nima dey. Qayni otasi janjalga aralashdi. Qayni ona doimgidek yonini olib, "Bolezni aylantirib keling. O'ylamen, hafa bo'men bolam" deb pul berdi. Darvozadan chiqib ketar ekan Zafarbek uyga qaytmaslini aytdi. Yosh bolani tantiq gapini birov eshkani yo'q. Eshitilaru eshitmaganga oldilar. Oyisi qo'ldan sudrab "o'chir ovozingni, bitta san qoludin do'q qimagan!" deb beparvo bekat tomon yurdi. 4 baxorini ko'rgan Zafarbek ko'zidagi tomchi yoshini artmadiham. Jaji qalbi, hali aqli yetmas bu janjalardan og'rib qoldi. Bolalar tabiati qiziq. Qoni qaynab tursada, arazlab qolsa oyoq qo'li muzlaydi. Tanasi jimirlab, holsizlanib qoladi. Kuz fasli, shaharga hali yomg'ir yog'madi. Kun quruq isib turibti. Dilfuza bu havoda ko'chada yuramanmi deb, ota uyiga bordi. Keng holvi, chim ustida arg'imchoq bor. Zafarbek doim unda uchadi. Bazan tinch, osuda hovlida halovat tuyib uyquga ketadi. Bugun hovliga qarindoshlar kelishibti. Dilfuza uyidagi muamolarni unutib dam olib o'tirdi. Zafarbekni tug'ulgan kunini nishonlashdi. - Oyijon arg'imchoqga chiqsam maylimi? so'radi Zafarbek mayusroq bo'lib. Aftidan onasini haliyam jaxl otida deb o'yladi. - Yo'q. Dilfuza qattiy javob qaytardi. - Nega uchmasakan?! Uchaver buvisinikiga kelib arg'imchoq uchmaydimi? Zafarbek onasini gapini sira ikki qilmasdi. Turgan joyida qotib turaverdi. Ayollar gapga tushib ketishdi. Zafarbek hovliga termulgancha bog'chadagi do'stlarini esladi. Kuni bo'yi ular bilan o'ynab, tinmay sarguzashlar qiladilar. Zafarbek esa do'slarini faqat ota-onasi bilan kelib-ketishlarini eslab qoladi. Bolaning boshida savollar girdobi. Nima uchun u dambadam bog'cha opasi bilan uyga qaytishi kerak? Axir uni ham boshqa bolalar kabi otasi, onasi bor. Ular ham boy yashashadi. Uningcha faqat ularni oilasida janjal bor... - Zafarbek qani? Umida jiyanini eslab qoldi. - Arg'imchoq uchaman didiyu, shundo jonimga tegdi shu bolayam. - Ha yashshamagur bola hayf sanlaga. Toychog'imni asabiy kasal qildilarin. Birov tirnoqga zor, gapin qurimasin san qizni. Dilfuza onasidan eshitadiganini eshitib oldi. - Qarela baseynga tushib ketmasin. Tur qanaqa be g'am onasan Dilfuz?! Umida aslida ayb ammavachasida ekan degan hayolgaxam borib qoldi. O'rnidan shart turib hovliga chiqdi. Be extiyor baqirib yubordi. Zafar, Zafar! Hola, Zafarbek suvda yotibti! Dilpiz boleni suvga tushib ketibti! Hamma garang bo'lib qoldi. Ekspertiza uni qiriq bir daqiqa suvda qolib ketkani qayd etdi. Hovliga hamma yeg'ilgan. Oila kattalari har kuyga tushib o'tirishibti. Gapiray desa, birov ko'taradigan axvolda emas. Gapirmay desa farishtadek go'dak uvol ketdi. Janazada Zafarbekni otasi ko'rinmadi. Uni mozorda ko'rishgan. Lekin quda buva deganlari qorasini ko'rsatmadi. Bilganlar havarni yetkazishganda eshitib jim turib, ishi borligini, ulgursa borishini aytibti. O'zi kelmadiyu, yolg'izgina nevarasidan ajrab bag'ri kuyib ketkan kampirini ham "bormaysan" deb buyirdi. Lekin Dilfuzani qayni onasi eshitkan zaxoti yetib kelgandi. Sho'rlik ayol boshini ko'tarmay xo'ng-xo'ng yig'lab o'tirdi. Bu uyda o'tirganlar kabi o'zini Zafarbekni o'limida aybdor hisoblardi. Azaning 4-kuni Dilfuza ishga chiqdi. Shunday bo'lsa unga yaxshi bo'ladi deyishdi qarindoshlar. Dilfuzani qo'l telefoni jiringladi. -Alo?! Alo kim bu? -... - Kim? - Ha Naima kelnoyi sizmisiz? Assalomu Alaykum. - ... - Rahmat! Lekin bugun borolmiman. To'yga ketyabmiz. Erta-indin ishdan chiqsam borishim mumkin. Bu hikoya real voqiyaga asoslangan. Shu yilning kuzida bo'lib o'tgan.
V.i.P group archiv
:Fazliddin Zahiriddinovich
Senga kerak bo'lmasa unga kerak bo'lmasa.
Jannat bog'lariga kerak.
Yil o'rtalariga kelib uni qaytishidan umid so'ndi. Sog'inch esa nafratga aylanib bo'ldi.
Aslida er-hotin hali bir kun bo'lsin ayrilishmadi. Shunchaki ikkisi bir-biridan sovigan. Nimasi yangilik, har bir oilada kelishmovchiliklar bo'ladi-ku? Albatta qayni ona, qayni ota yoshlarning o'rtasini isloh qilishlari ko'p kuzatiladi. Juda gap ko'chaga chiqsa kelin taraf qizini qulog'idan tortib qo'yishadi. Lekin bu oilada emas. Dilfuzani qayni onasi qolib qayni otasi molparaslik qiladi. Biror gap chiqgudek bo'lsa, gapni mebeldan boshlaydi. Sarpa suruq haqida donalab gapiradi. Hullas Dilfuzani bu uyda Kichik Zafarbek ushlab turibti. Ammo azoblar jon-jonidan o'tib ketkanida "nega seni dunyoga keltirdim?" deb noliydi. Zafarbek 4 yoshga to'lgan kuni, uyda janjal bo'ldi. Dilfuzaga alam qildi. Ota bo'lib o'g'lini tug'ulgan kunini qilib berolmasa. Biror sovg'a bersin. Shirin so'z aytgisi kelmasa nima dey. Qayni otasi janjalga aralashdi. Qayni ona doimgidek yonini olib, "Bolezni aylantirib keling. O'ylamen, hafa bo'men bolam" deb pul berdi. Darvozadan chiqib ketar ekan Zafarbek uyga qaytmaslini aytdi. Yosh bolani tantiq gapini birov eshkani yo'q. Eshitilaru eshitmaganga oldilar. Oyisi qo'ldan sudrab "o'chir ovozingni, bitta san qoludin do'q qimagan!" deb beparvo bekat tomon yurdi.
4 baxorini ko'rgan Zafarbek ko'zidagi tomchi yoshini artmadiham. Jaji qalbi, hali aqli yetmas bu janjalardan og'rib qoldi. Bolalar tabiati qiziq. Qoni qaynab tursada, arazlab qolsa oyoq qo'li muzlaydi. Tanasi jimirlab, holsizlanib qoladi.
Kuz fasli, shaharga hali yomg'ir yog'madi. Kun quruq isib turibti. Dilfuza bu havoda ko'chada yuramanmi deb, ota uyiga bordi. Keng holvi, chim ustida arg'imchoq bor. Zafarbek doim unda uchadi. Bazan tinch, osuda hovlida halovat tuyib uyquga ketadi.
Bugun hovliga qarindoshlar kelishibti. Dilfuza uyidagi muamolarni unutib dam olib o'tirdi. Zafarbekni tug'ulgan kunini nishonlashdi.
- Oyijon arg'imchoqga chiqsam maylimi? so'radi Zafarbek mayusroq bo'lib. Aftidan onasini haliyam jaxl otida deb o'yladi.
- Yo'q. Dilfuza qattiy javob qaytardi.
- Nega uchmasakan?! Uchaver buvisinikiga kelib arg'imchoq uchmaydimi?
Zafarbek onasini gapini sira ikki qilmasdi. Turgan joyida qotib turaverdi. Ayollar gapga tushib ketishdi. Zafarbek hovliga termulgancha bog'chadagi do'stlarini esladi. Kuni bo'yi ular bilan o'ynab, tinmay sarguzashlar qiladilar. Zafarbek esa do'slarini faqat ota-onasi bilan kelib-ketishlarini eslab qoladi. Bolaning boshida savollar girdobi. Nima uchun u dambadam bog'cha opasi bilan uyga qaytishi kerak? Axir uni ham boshqa bolalar kabi otasi, onasi bor. Ular ham boy yashashadi. Uningcha faqat ularni oilasida janjal bor...
- Zafarbek qani? Umida jiyanini eslab qoldi.
- Arg'imchoq uchaman didiyu, shundo jonimga tegdi shu bolayam.
- Ha yashshamagur bola hayf sanlaga. Toychog'imni asabiy kasal qildilarin. Birov tirnoqga zor, gapin qurimasin san qizni. Dilfuza onasidan eshitadiganini eshitib oldi.
- Qarela baseynga tushib ketmasin. Tur qanaqa be g'am onasan Dilfuz?! Umida aslida ayb ammavachasida ekan degan hayolgaxam borib qoldi. O'rnidan shart turib hovliga chiqdi. Be extiyor baqirib yubordi. Zafar, Zafar! Hola, Zafarbek suvda yotibti! Dilpiz boleni suvga tushib ketibti!
Hamma garang bo'lib qoldi. Ekspertiza uni qiriq bir daqiqa suvda qolib ketkani qayd etdi. Hovliga hamma yeg'ilgan. Oila kattalari har kuyga tushib o'tirishibti. Gapiray desa, birov ko'taradigan axvolda emas. Gapirmay desa farishtadek go'dak uvol ketdi. Janazada Zafarbekni otasi ko'rinmadi. Uni mozorda ko'rishgan. Lekin quda buva deganlari qorasini ko'rsatmadi. Bilganlar havarni yetkazishganda eshitib jim turib, ishi borligini, ulgursa borishini aytibti. O'zi kelmadiyu, yolg'izgina nevarasidan ajrab bag'ri kuyib ketkan kampirini ham "bormaysan" deb buyirdi. Lekin Dilfuzani qayni onasi eshitkan zaxoti yetib kelgandi. Sho'rlik ayol boshini ko'tarmay xo'ng-xo'ng yig'lab o'tirdi. Bu uyda o'tirganlar kabi o'zini Zafarbekni o'limida aybdor hisoblardi.
Azaning 4-kuni Dilfuza ishga chiqdi. Shunday bo'lsa unga yaxshi bo'ladi deyishdi qarindoshlar. Dilfuzani qo'l telefoni jiringladi.
-Alo?! Alo kim bu?
-...
- Kim?
- Ha Naima kelnoyi sizmisiz? Assalomu Alaykum.
- ...
- Rahmat! Lekin bugun borolmiman. To'yga ketyabmiz. Erta-indin ishdan chiqsam borishim mumkin.
Bu hikoya real voqiyaga asoslangan. Shu yilning kuzida bo'lib o'tgan.