Sen bilan so'ngi bor ishxonada uchrashgandik. Senning xonangda. Mendan, bo'lajak turmush o'rtog'inga sms yozishda yordam so'raganding. Nima bo'ldiyu usha kuni tushlikga qadar ish bo'lmadi. SmS baxonasida senga bo'lgan tuyg'ularimni izxor qilib ichimni bo'shatib oldim. Sen esa uning xatlariga munosib javob yozganingdan baxtiyor kularding. Men seni dil izhorim bilan o'zimdan uzoqlashtirardim. Uni xatlarini qayta-qayta o'qib berarding. His-hayajonga to'yib gapirarding. Men ushanda seni baxtli qila oladigan insonni topkaninga ishongandim. Shu kuni odatiy hayrlashdik. Meni mexnat ta'tilim boshlandi. Qaytkanimda sen yo'q eding. Usha vaqtga kelib, men chungandim: meni tuyg'uyim huddi kuz shamolida to'kilib bahorda danakdan ildiz otay deb, zamin bag'rida qolib ketkan o'rikga o'xshaydi.
Seni ko'p ham o'ylamayman. Eslamasdim odatda. Kecha ko'rgach hotiralarim to'zon ko'tardi. Mashinalarda yonma-yon yo'ldan yurib borardik. Meni ko'rib tabassum qilding. Hammasini chundim. Senga yozilgan smslarni kuyov bolaga boshqa birov yozib bergan.