Gohida kelganda xiyonat zarbi,

Alamdan tilingni tishlab qolasan,
Paymol bo'lganida, sevgini qadri,
Undan orzularni qanday olasan,
Orzular qoladi yuragingda tosh,
Otilib chiqmaydi vulqon misoli,
Faqat azob berib, tark etmas seni,
Joningdan o'tadi ishqni ozori,
Paymol orzularni qaytarib
bo'lmas, G'ururing garovga
qo'yganingda ham, Barcha
azoblarga chidaysan ammo,
Sevganing o'zgani tanlagan alam!

Комментарии

Комментариев нет.