BIOSni tozalash.

(Clear Bios)

BIOSni tozalash. - 812283915793
Bu maqola BIOS haqida tushunchaga ega bo'lganlar uchun mo'ljallangan. Ko'p holatlarda kompyuterda mayda muammolar (BOOT menyu yo'qolib qolishi, O'z-o'zidan o'chib qolishi, Juda sekin ishlashi, Texnik ko'rsatkichlarni xato ko'rsatishi, BIOS menyu yopilib qolishi...) kabi muammolar aynan BIOS sozlanmalarini notog'ri sozlanishidan kelib chiqishi mumkin. Bunday holatlarda BIOSni odatiy sozlanmalarga qaytarish zarur. BIOSni qayta odatiy sozlash ancha bilim ta'lab qiladi. Shu sababli bugun BIOSni odatiy sozlanmalar standartiga qaytarish yo'llarini aytib o'taman.
1) Qaroqchi usul
Bu usul noqulayliklar kelib chiqaradi va ko'p hollarda ish bermaydi. Bilamizki BIOS sozlanmalarini o'zida saqlab turish uchun qo'shimcha batareyadan foydalaniladi. (Rasmda ko'rsatilgan)
BIOSni tozalash. - 812284066833
Yuqoridagi batareyani chiqarib olib, 5-10 daqiqadan so'ng qayta joylasak, BIOS sozlanmalari odatiy (Standart) holatga qaytishi mumkin. Lekin bir muncha noqulayliklar kelib chiqadi. (Soat va sana o'zgarishi...)
2) Djamper orqali
Bu usul juda samarali hisoblanadi. Uy kompyuteri misolida ko'rib chiqamiz.
BIOSni tozalash. - 812284120337
Ko'rib turgan rasmingizda djamper birinchi va ikkichi kontaktlarni qo'shib turibdi, Kompyuterni elektr tarmog'idan uzib, djamperni ikkinchi va uchunchi kontaktlarga qo'yamiz, birozdan so'ng djamperni odatiy holatga qaytaramiz. (Birinchi va ikkinchi kontaktlarni qo'shamiz)
Va kompyuterni yoqib BIOS sozlanmalarini tekshiramiz. Bu holatda sana va soat o'zgarmaydi.
3) Zamonaviy usul
BIOSni tozalash. - 812284205329
Xozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan ona platalarda BIOSni tozlash juda oson.
Rasmda ko'rib turgan uchta tugmadan "clr CMOS" tugmasini bosish kifoya.
BIOSni standart sozlanmalar holatiga qaytarishning ko'p usullari mavjud, ulardan uchta asosiysini ko'rib chiqdik.
Muallif: Nodir Nurullayevich

Комментарии

  • 15 фев 2018 01:58
    Salom. Bios parollanib qolsa4i?
  • 8 июл 2019 18:31
    Unda ham 1 usul qõllanadi.tangachani olib qoyib õchirib yoqish tugmasi 5 minutcha bosib bosib turiladi oxirgi razryadlar chiqib ketiwi un kn tangacha qoyiladi va yoqiladi biosga qõyilgan parol qarabszki yõqolgan buladi bu sinalgan usul 100% ish beradi