Pullar haqida qiziqarli faktlar

Dastlabki pullar Xitoyda paydo bo’lgan
Qog‘oz pullar bizning eramizdan avvalgi 812 yilda paydo bo‘lib — ular Xitoyda yaratilgan edi. O‘sha paytlardagi pullar asosan xar-xil rituallar vaqtida ishlatilgan xolos. Xozir esa ular umuman boshqa maqsadlarda qo‘llanilmoqda.
Umrbod qarzdorlar
Keltlar ( xind-evropoid qabilalari — eramizdan 1500-1000 yllarda g‘arbiy va markaziy yevropa xududida istiqomat qilishgan ) pullarga nisbatan g‘ayrioddiy munosabatda bo‘lishgan. Ular o‘z yaqinlaridan tez-tez qarzga pul so‘rashgan va olgan qarzlarini albatta narigi dunyoda qaytarib berishni va’da qilishgan.
Xamma banknotlar xam qog’ozdan tayyorlanmaydi
Malayziyada, Vetnamda va Avstraliyada qog‘oz pullar qog‘ozdan tayyorlanmaydi. Ularni tayyorlash uchun yupqa plastikadan foydalaniladi, chunki bunday xolatda pullar o‘zining mustaxkamligi va bakteriyalarni to‘plamasligi bilan ajralib turadi.
100 000 dollarlik banknot
Ushbu banknot qachonlardir Amerikada chiqarilgan. U oddiy odamlarga berilmagan, faqatgina moliya muassasalari o‘rtasidagi xisob-kitoblardagina foydalanilgan. Ma’lumot uchun, uni chiqarish 30 000 dollarga tushgan.
Pullarda reklama
2004 yilda Amerikada banknotlarga reklama joylashtirish xaqidagi qonun loyixasi taklif qilingan edi. Lekin bu taklif qo‘llab-quvvatlanmadi, lekin qachonlardir bu g‘oya amalga oshirilishi extimoldan xoli emas.
Tangalarda portretlarni zarb qilinishi
Qadim zamonlardan buyon xukmdorlarning portretini pullarga zarb qildirish odat tusiga kirgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, birinchilardan bo‘lib, bu fikr Aleksandr Makedonskiyning kallasiga kelgan. Tangalar yordamida u o‘z ismini abadiylashtirishga qaror qilgan.
Dunyodagi eng yirik banknot
Ko‘pchilik bugungi kunda yirik banknotlardan eng ommalashgani 100 dollar deb xisoblashadi. Lekin, aslida esa, talab 500 yevroli banknotga yo‘naltirilmoqda.
Pullarni og’irligi qancha
Qog‘oz banknotlar juda yengil bo‘lib tuyuladi, lekin ular oz bo‘lsa, albatta. 100 dollarlik banknotlardan iborat bo‘lgan 1 000 000 dollarlik qopdagi pul — 10 kg ga yaqin og‘irlikga ega bo‘ladi. Agar 1 tsentli tangalardan 1 000 000 dollar yig‘ilsa, unda uning og‘irligi 246 tonnani tashkil etadi.
Pullarning nostandart shakllari
Avvaliga pul o‘rnida taqinchoqlar, mo‘yna, metall quymalari kabi qimmatbaxo tovarlar ishlatilgan. Xozir ayrim davlatlar noodatiy shakldagi tangalarni ishlab chiqarmoqdalar. Masalan, Somali banki kub, piramida va shar shaklidagi pullarni yaratganlar.
Eng yirik tanga
Kanadada 100 kg og‘irlikdagi ulkan tilla tangani ishlab chiqarilgan. U «Zarang bargi» degan nomni olgan bo‘lib va uning 5 ta nusxasi mavjud. Avstriyada esa 31 kg vaznga ega bo‘lgan, «Big Fil» deb nomlangan 15 ta tanga ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan.
Numizmatikaning paydo bo’lishi
Mazkur turdagi kolleksionerlik faqatgina 19 asrdagina ommaviy tus oldi. Xozir ko‘pchilik odamlarga bu nafaqat xobbi, balkim foydali biznes xamdir. Noyob tangalar turli auksionlarda g‘oyatda qimmatbaxo narxlarda sotiladi.
Elektron pullarning tarixi
Naqdsiz pullar allaqachon banklar tomonidan ishlatib kelinmoqda, lekin insonlar ulardan o‘tgan asrning 90-yillaridagina foydalana boshlashdi. Avvaliga ko‘pchilik unga ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘lishdi. Endi esa xayotni so‘m plastik kartalarisiz, bankomatlarsiz va elektron pullarsiz tasavvur qilish amri maxol bo‘lib qoldi.
Spartada xisob-kitoblar uchun temir tayoqlardan foydalanilgan
Ular yirik va og‘ir ediki, bunga asosli sababi bor edi. Xukumat spartaliklarni shu tariqa boylikga xirs qo‘ymasliklari va «pul» o‘g‘irlamasliklari ta’minlanishiga ishonganlar. Xaqiqatan xam o‘sha vaqtda Qadimgi Spartada bu usul tartibni ushlash uchun yordam bergan.
Pullar tayyorlanadigan material
Ko‘plab mamlakatlarda qog‘oz banknotlar maxsus materialdan tayyorlanadi. Unda 75 % paxta tolasi va 25 % zig‘ir ishtirok etadi. Istisno tariqasida esa — aytaylik, Avstriyada pul banknotlari plastikadan tayyorlanadi.

Комментарии

Комментариев нет.