OSETIN XALQ MAQOLLARI (83)

- Tish og’rig’iga ayiq ham chidamaydi.
- Qishning tishi tosh kemiradi.
- Kasallik ham ikkinchi marta qaytmaydi.
- Yomonligim ham, yaxshiligim ham o’zimniki.
- Zulmat yorug’lik bilan tugaydi.
- Ho’kizning ham og’zi katta, lekin gapirolmaydi.
- Chirigan xodadan taxta ham chiqmaydi,o’tin ham.
- Qo’rqqanning ko’ziga sichqon ham tog’day ko’rinadi.
- Qo’rqqan ko’z yaqinlarini ham tanimaydi.
- Yolg’onga mingta yo’l, haqiqatga — bitta.
- Bo’riga o’xshab: goh juda ham to’q, goh haddan tashqari och.
- Tuhmatchini hamma yaxshi biladi, u esa "mening qandayligimni hech kim bilmaydi" deb o’ylaydi.
- Qulfga kalitni tanlaydilar, kalitga qulfni emas.
- Qasamxo’r qasamga ishonmaydi.
- Ahmoqlarni yo’q qilishga kirishilganda ahmoq ham qo’liga pichoq olgan ekan.
- Sen aql to’plashga chiqqaningda men ortga qaytaverdim.
- Kimni sevsang — u qarindosh.
- Odamlar kimni sevsalar, uni Xudo yorlaqaydi.
- Echikini faqatgina oqligi uchun sotib olmaydilar.
- Sen kimga "Xayrli kun" desang, u senga "Xayrli kech" deyishni unutadi.
- Qiyshiq tayoq uzoqqa uchmaydi.
- Kim bor-yo’g’idan ayrilgan bo’lsa, unga yashin qo’rqinchli emas.
- Kim suvda yashasa unga toshqin yangilik emas.
- Kamchiliksiz er qidirgan ersiz qoladi.
- O’z yurtida yashamagan hayot lazzatini bilmaydi.
- Bolalarni sevmagan boshqa hech kimni sevmaydi.
- O’z xalqini sevmagan boshqa xalqni ham sevolmaydi.
- O’z xatosini anglamagan boshqa xatoni ham qiladi.
- Qulf yasagan kalitini ham yasaydi.
- Sho’rvadan kuygan suvni ham puflab ichadi.
- Xo’rozning qichqirig’i — tulkiga bayram.
- Yengil tosh yengil ko’tariladi.
- Dangasa ishni kechqurun boshlaydi.
- Yolg’onchi dengiz qa’riga ham yashirinolmaydi.
- Yolg’onchini ko’r ham ko’radi.
- Tulkiga uning dumi guvoh.
- Ko’p yashagandan ko’p ko’rgan afzal.
- Insonning la’nati Tangrining la’natidan yomon.
- Qurbaqaga itbalig’i — Quyoshning nuridek.
- Kichkina bolta katta daraxtni qulatadi.
- O’likni guvohlikka chaqirmaydilar.
- Ko’rning orzusi — ko’rish.
- Qop xaltaga juft emas.
- Ko’p ishlagan ko’p yashaydi.
- Dononing so’zi mustahkam oyoqda yuradi.
- Donolik donolikni qidiradi.
- Donolik — baxtga payvand.
- Erkak o’z uyida mehmon.
- Sichqon o’ziga o’zi mushuk qidiradi.
- Asalga pashshalar Bag’doddan ham uchib keladi.
- Dengizda iz qolmaydi.
- Tikanakdan nok o’smaydi.
- Birovning qanotida ucholmaysan.
- Umid — qo’rg’on.
- Odamlar orasida shunday joyni egallaki, hech kim senga kelib "biroz suriling" demasin.
- "Qo’rqma" — kambag’alning qo’rg’oni.
- Bo’rilar bo’lmaganida cho’ponlar ham bo’lmasdi.
- "Ko’rmadim" — bitta so’z, "ko’rdim" — katta suhbat.
- Ikkala qirg’oqni ham o’zimniki demaguningcha, bittasi ham seniki bo’lmaydi.
- Suvga tushmasdan suzishni o’rganolmaysan.
- Birovning qo’li bilan tikan yulma.
- Yo’ldan adashish ayb emas, yo’lda qolib ketish ayb.
- Otishni bilmagan otgan tosh o’z boshiga tushadi.
- Hosilni omborga olib bormaguncha u bilan maqtanma.
- Buqa yo’qligida buzoqcha ham sakraydi.
- Moylanmagan arava g’ichirlaydi.
- "Yo’q" — toshdan qattiq.
- Sen birovni eslamasang seni ham hech kim eslamaydi.
- U dunyoga kech qolishdan hech kim qo’rqmaydi.
- Hech kim bir sakrash bilan narvonning uchiga yetgan emas.
- Hech narsani ko’rmagan hech narsani bilmaydi.
- Qalpoqni hamma kiyganiday kiy.
- Olov o’chadi, so’z o’chmaydi.
- Ahillik bilan qoyani yiqitsa bo’ladi.
- Bir kishi o’z ustidan kuladi, ikkitasi — bir-biridan, uchtasi — boshqa birovdan.
- Yolg’iz odam to’yda ham baxtsiz.
- Bitta asalari uyani to’ldira olmaydi.
- Bitta qichqiriq bilan podani qaytara olmaysan.
- Yomon tog’dan yomon toshlar qoladi.
- Ovchi o’zi bo’lmagan darani o’ljaga boy deb hisoblaydi.
- Qo’shiq yaxshi ijro etilganda go’zal.
- Orzu qilish oson, amalga oshirish qiyin.
MANBA: ZIYOUZ.COM kanalimizga obuna bulish uchun pastga bosin
👇👇👇
➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰
Ⓜ️anzil: @Zakovat_intellekt

Комментарии

Комментариев нет.