Amir Temur haqidagi 9 ta qiziqarli ma’lumot!

1. Amir Temur “Tarjimai hol”ida
aytishicha, hayoti mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qilib, ularga doimo amal qilgan: Olloh, tafakkur, qilich, imon va kitob (bitik)dir.
Shuningdek, u davlat boshqaruvida “Kuch – adolatdadir” degan shiorga amalga qilgan.
2. Amir Temur Xitoyga yurish qilishga tayyorgarlikni 1398 yildayoq boshlagan. Turk sultoni Boyazid Yildirim bilan bo‘lgan urush Xitoy yurishini orqaga surgan
edi.
3. 1941 yilda 20 iyunda Amir Temur qabri ochiladi va ikki kun o‘tgach Germaniya SSSRga hujum qiladi. Shundan so‘ng odamlar orasida Temur qabrining ochilishi tufayli
urush boshlandi degan gap so‘zlar tarqaladi. Lekin, fashistlar Sovet Ittifoqiga hujum qilish rejasini ancha oldin tuzib qo‘ygan edilar.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishini Amir Temur qabrining ochilishi bilan bog‘laydiganlar juda ko‘p. Bu haqda katta ilmiy maqolalar, hujjatli filmlar,
ko‘rsatuvlar ham tayyorlangan edi. Temur qabridan olingan bosh suyak parchalari o‘z joyiga qaytarilgach, urush barham topgan degan taxminlar ham yo‘q emas.
4. O‘zbekistonda Amir Temurning uchta haykali mavjud. Toshkentdagi sohibqiron haykali 1994 yil 31 avgust, mustaqillik kuni arafasida o‘rnatilgan bo‘lib, u taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov
tomonidan yasalgan.
Temur haykalidan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda 1996 yil,
Amir Temur tavalludining 660 yilligi
munosabati bilan Temuriylar tarixi
davlat muzeyi qad rostladi. Bugungi kunga kelib ushbu muzeyda Temuriylar tarixiga oid 3,5 mingdan ziyod eksponatlar saqlanadi.
Samarqandagi Amir Temur haykali 1996 yilda o‘rnatilgan. Shahrisabzdagi Amir
temur haykali shu yilda qadr rostlagan.
Haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol
Jabborovlar.
5. Amir Temur qo‘shinlarining soni 200 minggacha yetgan. Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanlarga bo‘lingan.
6. Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi: birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish bo‘lsa, ikkinchi davri (1386-1405) ikki yillik, uch yillik,
besh yillik, deb ataluvchi boshqa
mamlakatlarga yurishlari bilan
xarakterlanadi.
7. Turg‘un Fayziyevning “Temuriy
malikalar” asarida yozilishicha, Amir Temur suyukli rafiqasi Saroy Mulk
xonimdan farzand ko‘rmagan. Ammo sohibqiron o‘z o‘g‘li Shohruh Mirzoni, suyukli nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo
va boshqa mirzolarni bevosita zukko Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan edi.
8. 1405 yil 8 fevralda sohibqiron Amir Temur O‘trorda vafot qilgach, Samarqand taxtiga uning nabirasi Xalil Sulton Mirzo (1384-1411) o‘tirdi. Ibn Arabshohning
bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xalil Sulton Mirzoning xotini Shod Mulk begim 1408 yilda Saroy Mulk xonimni zaharlab o‘ldirgan.
9. Amir Temurning 1395 yilda
To‘xtamishxon ustidan qozongan g‘alabasi ruslarning mug‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini 200 yilga tezlashtirgan.
➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰
Ⓜ️anzil: @Zakovat_intellekt

Комментарии

Комментариев нет.