🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂

JAHOLAT TO’G’RISIDA RIVOYAT
Alqissakim,Juda qadim
Jaholatlik zamonda
Bir donishmand ulug’ hakim
O’tgan ekan jahonda.
U kun bo’yi Giyoh terib
Kezib tog’u biyobon,
Odamlarga shifo berib
Yashar ekan Shodumon.
Unga ming bir mushkul dardning
Ayon bo’lib davosi,
Bora-bora Odamlarning
Ortaverdi ixlosi.
Tabobatga Qalban, ruhan
Fido qilib o’zini,
Hatto bir kun Nashtar bilan
Ochmish ko’rning ko’zini.
Rivoj topmish Sohib hikmat,
Donish,Mehnat madadkor.
Ammo Qayda bo’lsa shuhrat,
Yonboshida Hasad bor.
Duoxonlar, parixonlar,
O’quvchilar chilyosin…Xullas,Yurtda bor nodonlar
Boshladilar ig’vosin.
Tinmay Kecha- kunduzi
Topib kitob so’zidan,
Dedilar:«Dard bergan —O’zi!
Davosi ham O’zidan!
Bandasiga bermak doru
Yaratganga isyondir.
Demak,Hakim ishi makru
Uning o’ziShaytondir».
Bu so’zlarni chin, deb bildi
Nodon, johil olomon.
Donishmandni sazo qildi,
Kaltakladi Beomon.
Cho’r temirda Ko’ksin dog’lab,
Dorga osmoq bo’ldilar.
So’ng bo’yniga xarsang bog’lab
Suvga bosmoq bo’ldilar.
Keyin Suvni, arqonni ham
Hayf bildilar«shayton»ga,
Yoqing, — dedi Eng bosh hakam,
—Olib chiqib maydonga!»
Keng maydonga Ko’mib ustun,
Bog’ladilar hakimni.
So’ng temirni o’tga qo’yib,
Dog’ladilar hakimni.
Buyurdilar:«Yoqing shitob,
Azozilning oshnasin.
Kerak bo’lsa Kimga savob,
Cho’p keltirib tashlasin».
Savob uchun Birov o’tin,
Birov tashlar dona xas.
Hakim boshin baland tutib
Johil elga qaramas.
Bir payt Gulxan sari bir chol
Asta kela boshladi.
Quchog’ida Bir bog’ poxol,
G’aram uzra tashladi.
Dedi:«Asli tug’ilgandan
Basir edim men o’zim.
Sen joduning tig’i bilan
Ochib qo’yding ko’r ko’zim.
Tangri bilib Yaratgan ko’r,
Davo qilding ne uchun?Oxirat men — manglayi sho’r
—Nima deyman So’roq kun?
Haq yo’lidan ozgan odam,
Ko’zim ochib, ne berding?Meni bir yo’l U dunyo ham —Bu dunyodan ayirding.
Ko’rligimda Bu olamni
Tasavvurda ko’rardim.
Dunyodagi bor odamni
Mushfik bilib yurardim.
Shafqat ila Kim nonu kim Chaqa tashlab ketardi.
Men ham shunga ko’ngan edim,
Menga shu ham yetardi.
Qornim to’ysa —Saodatim,
Yo’q tuman xil tilaklar.
Hamsuhbatim,Ham ulfatim
Jajji shirin go’daklar…
O’ylar edim dunyoda bor
Musaffolik,Soddalik.
Ko’zim ochib Ko’rdim ilk bor
Berahmlik,Soxtalik.
O’g’riligu fahshni ko’rib
Jim yurarkan odamlar.
O’z do’stiga Kulib turib,
Tig’ urarkan odamlar.
Bir yonda aysh Ko’kka chirmash.
Bir yonda, boq, ohu voh…Bukun mening ko’nglimda g’ash,
Imonimda — ishtiboh.
Derdim:Yurtni bir bor ko’rsam.
Ko’rdim.Orzum to’q endi.
Yo’lda yotgan xaschalik ham
E’tiborim yo’q endi.
Bu dunyodan to’ydim oxir,
Ado bo’lsam mayliga.
YO qaytadan,O’sha basir,
Gado bo’lsam mayliga!»
Bu so’zlarni Eshitdi-yu
Faryod qildi donishmand.
«Yoqing, — deya so’radi u, —Olov bo’lsin sarbaland.
Tezroq ketay Bu dunyodan,
Hech toqatim qolmadi.
Mendan shifo oldi odam,
Olam — shifo olmadi.
Xurofotning zahri tekkan
Nodon, johil, gumrohlar —Davosiga ojiz ekan
Men kashf etgan giyohlar.
Ko’r ko’zlarga Mehrgiyodek
Nur baxsh etdi nashtarim.
Qalblar ko’zin ochmoqqa lek
Kamlik qildi Hunarim.
Odamlarga men yaxshilik —Qilmoq bo’ldim,Netayin,
Manglayda shu ekan bitik,
Yoqing,Kuyib ketayin!»
O’t qo’ydilar.Yondi gulxan.
Qaro bo’ldi samovot.
Jaholatning hukmi bilan
Qurbon bo’ldi Buyuk zot.
Gulxan yondi Ko’kka o’rlab.
Cho’g’i har yon sochildi.
Shu olovdan Elning, ajab, Aql ko’zi ochildi.
O’kindilar,Aza tutib Yig’ladilar, kuydilar.
Donishmandga Yillar o’tib
Oltin haykal qo’ydilar.
E, voh,Olim ko’zi bilan Ko’rsaydi bu hurmatni…Ammo Hakim o’zi bilan
Olib ketdi hikmatni.
Qo’y, ey ko’nglim,Sen ul zamon
Dahshatin kam o’ylagin.
Senga nasib bo’lgan davron
Sozin olib Kuylagin.
Shukronalik mayin ichib
Yayrab qolgin bir nafas.
Bu olamdan Bir kun kechib
Ketuvchi bir biz emas.
Kel, ey ko’nglim,Kel, muhabbat,
She’r zavqiga qonaylik.
O’tda yonish bo’lsa, faqat —Ishq o’tida yonaylik.
Faqat Bizga g’amu kadar,
Qayg’u-hasrat yot bo’lsin.
To biz uchun jon berganlar —Ruhi mangu shod bo’lsin.
Erkin Vohidov "Ruhlar isyoni"
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰
Ⓜ️anzil: @SAKKIZINCHI_MOJIZA

Комментарии

Комментариев нет.