OLMA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

1. Olmani po'sti bilan yegan ma'qul. Chunki, barcha foydali moddalar po'stlog'ida bo'ladi. Olma po'stlog'ining o'zi oshqozondagi ovqat hazm bo'lish jarayonini me'yorlashtirib turadi.
2. Eng uzoq umr ko'rgan olma daraxti Amerikaning Manxetten shtatida qad rostlagan. Uni 1647 yili Petr Styuvesant o'z bog'iga o'tqazgan. Shundan beri har yili bexato meva beradi.
3. Olma urug'ini yeyish mumkin emas. Uning tarkibida organizm uchun o'ta xavfli glikozid amigdalin moddasi bor. Shu modda oshqozonga kelib tushgach, o'zidan juda kuchli zahar hisoblanmish sinil kislotasini ishlab chiqara boshlaydi.
4. Dunyo bo'yicha olmaning 7500 xil navi yetishtiriladi.
5. Olma eksporti bo'yicha dunyoda Xitoy va Amerika yetakchi o'rinlarni egallaydi.
6. Olma suvda cho'kmaydi. Sababi olma vaznining 20-25 foizi havodan iborat.
7. Har bir olmada o'rtacha 70-100 tagacha kaloriya mavjud. Shuning evaziga olmani parhez mahsulotlar qatoriga qo'shishgan.
8. Eng uzun olma po'stlog'i Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. 1976 yil 16 oktyabr kuni Nyu-Yorkda Kati Valfer ismli ayol olmani 11 soat 30 daqiqa davomida archigan. Po'stloq uzunligi 52 metr 51 santimetrga teng bo'lgan.
9. Yashil rangli olma suyaklar va tishlar mustahkamligini ta'minlaydi, odamning ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi, shamollashga qarshi faol kurashadi. Yashil olmada qizil olmaga nisbatan «S» vitamini ko'proq bo'ladi.
10. 2005 yili Yaponiyada Chisato Ivasaki ismli fermer eng katta va og'ir olma turini yetishtirishga muyassar bo'ldi. U yetishtirgan bir dona olmaning vazni 1 kilo 849 grammga teng bo'lgan.
Bizning manzil: 🎓
➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰
Ⓜ️anzil: @Zakovat_intellekt

Комментарии

Комментариев нет.