XIII asrda turk qabilalari mo‘g‘ullar zulmidan qutilish uchun G‘arbga qochishadi. Anatoliya yassi tog‘liklarining tub aholisi ularni siqib chiqaradi, ular Ko‘nyadagi saljuqiylar sultonligi g‘arbiy chegarasida to‘planishadi. Yangi yaylovlarni qidirib turk qabilalari chegara hududlarida o‘rnashib olishadi. Yaqinda joylashagan Vizantiya markazlari ularga mahsulotlarini sotish va zahiralarini to‘ldirishga yordam beradi. Sangarios (hozirgi Sakarya) daryosi qal’alar bilan mustahkamlangan hudud bo‘lib Vizantiya va turk bekligi o‘rtasidagi chegara hisoblanardi.Boshlanishida turklar va Vizantiyaliklar jiddiy to‘qnashuvlarsiz yashaganlar. Chegaralar o‘tib bo‘larli, musulmonlar va xristianlar bozorlarda bir-birlari bilan aloqalarni mustaxkamlab yashar edilar. Aloqalarning rivojlanishiga Vizantiyada yashovchi xristianlikni qabul qilagan turklar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Lekin o‘zaro ishonch rishtalari va tinch hayot bir kun nihoyasiga yetishi kerak edi. To‘qnashuvlardan to‘qnashuvlarga turklarning o‘z kuchiga ishonchi ortib bordi. Usmon boylik orttirishga o‘ch bo‘lgan, sarguzasht izlovchi va urushlarga tayyor bo‘lgan jangchilarni yig‘di. Qonunshunoslar va “ziyolilar” Anatoliyani tashlab unga yangi davlat qo‘rishda yordam berish uchun kelishardi. Usmon bu insonlar jamoasini kerakli oqim bo‘yicha harakatlantira oladi va ularni o‘z bayrog‘i ostida birlashtiradi. 1302 yil 27 iyulda Usmon Nikomediyada (Izmit) vizantiyaliklar bilan bo‘lgan jangda g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng Usmon Anatoliyaning shimoliy-g‘arbida beklikning boshiga keldi. U vizantiyaliklarga qarshi tura oldi va kuchli bo‘lgan Germiyon, Karaman, Jondor, Saruxan, Teke va Mentesha kabi qo‘shni turkman bekliklari bilan kurash olib bordi. XIII asr oxirigacha Usmon Vizantiyaning Vifiniya viloyatining sharqiy qismida nazorat o‘rnatdi. 1317 yil Usmon (1326 yil vafot etgan) qo‘shin boshqaruvni o‘z o‘g‘li O‘rxonga qoldiradi va Sakarya daryosi vodiysini kechib o‘tib Brusa (Bursa) ostonalarini himoya qiladigan mudofaa inshoatlarini egallaydi. Oqibatda 1326 yilda Bursa shahri taslim bo‘ladi va shu paytda sharqdagi Bolu shahri ham taslim bo‘ladi. 1326 yildan 1365 yilgacha Brusa (Bursa) Usmoniylar davlatining poytaxti bo‘ladi. O‘rxonning xizmatlari shundan iboratki u haqiqatdan Usmoniylar davlatiga asos soldi. U ichki boshqaruv o‘rnatdi: 1327 yildan Usmoniylar tangasi bosila boshlandi, tanganing bosilishi mustaqillikni anglatar edi, haqiqiy armiyaga asos solinishi va uning asosiy qismini yanicharlar-professional askarlardan tashkil topgan sara qism tashkil qilar edi, undan tashqari kavaleriya qayta tashkil etildi. Bunday Usmon armiyasida “kofirlar dunyosini” egallash kabi diniy mafkuraviy g‘oyalarni ko‘rmaslik mumkin emas edi. Bursadagi Shahodat masjididagi yozuvga asosan O‘rxon “Sulton-g‘olib, iymon uchun kurashchi” unvonini olgan. Lekin u ortodoksal islomni emas balki ko‘plab turkiy qabilaviy urf-odatlarni o‘zida ifoda etuvchi Alaviylik va o‘n ikki imomni e’zozlovchi oqimga xayrihoh edi. O‘rxon va uning valiaxdi Murod I (1362-1389) Vizantiyaga qarshi doimiy va yengilmas urushlar olib bordi: Bursadan so‘ng ular Nikeyani/Iznik (1331) va Nikomediyani/Izmit (1337) egallab olishdi.1354 yil Usmoniylar Dardanelni kechib o‘tib, bir necha yil dovomida Gallipolini (1354), Adrianopol/Edernani (1362-1371) egallashdi va bu yerlar asrlar davomida ularning Yevropadagi tayanchi bo‘ldi. Serblar va bolgarlar ustidan qozonilgan ko‘plab g‘alabalar, jumladan, Marisa (1371) yaqinidagi va Kosovo maydonidagi (1389) g‘alabalar natijasida Bolqonning katta qismini egallashdi. Keyingi muvafaqqiyatli yurishlardan so‘ng Makedoniya, Bolgariya va Serbiya ham qo‘lga kiritildi. Yevropadagi har bir urushda bosqinchilik birinchi o‘rinda turar edi. Ko‘p xolatlarda bu tinchlik bilan amalga oshirilar va Sizlar uchun maxsus ularning davlati asosini mustahkamlar edi. 1389 yil to‘rtinchi usmoniy hukmdor, Yildirim (“Yashin”, “Chaqmoq”) nomini olgan Bayazid I Yevropa va Osiyodagi juda katta hududni meros qilib oldi. Juda katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan sulton o‘z davlati hududlarini kengaytirishni xohlar edi. Boshlanishiga u o‘z e’tiborini sharqqa qaratdi va birin ketin barcha turk yerlarini (Saruxan, Oydin, Menteshe, Hamid, Karaman, Germiyon va Sivas) egallab, butun Anatoliyani o‘ziga bo‘ysundirdi. Nikopolisda (1369 yil 25 sentabrda)gi Balqonni ozod qilishga kelgan salbchilar ustidan qozonilgan g‘alaba uning o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirdi. Lekin u Temur bilan bo‘lgan Anqara jangida (1402 yil 20 iyul) yengiladi va asrga tushadi. Hududlari bo‘linib ketgan Usmoniylar davlati Bayazidning to‘rt o‘g‘li o‘rtasida taxt uchun kurash maydoniga aylanadi. Faqatgina 1413 yil Mexmed I o‘z aka-ukalari ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgach, u va uning avlodlari ko‘plab qo‘zg‘alon va isyonlarni bostirishiga to‘g‘ri keladi. Mexmed I ning yeng muhim maqsadi davlatni tiklash va birlashtirish edi. Uning o‘g‘li Murod II hududiy bosqinchilik yo‘lidan borib Venesiya, Vengriya kabi Bolqondagi Usmoniylarning dushmanlari ustidan muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Yevropada Usmoniylar Frakiya, Makedoniya, Fessaliya, Dobruja, Bolgariya va Serbiyaning bir qismini nazorat qilar edi. Vizantiya Konstantinopolning chegaralari va uning atrofigacha, shuningdek Moriyagacha qisib qo‘yilgan edi. Anatoliyada Smirna (Izmir), Sinop va Trapezundgina (Trabzon) Usmoniylarga bo‘ysunmas edi. 1451 yil Mexmed II o‘z otasi Murod II dan taxtni qabul qilib olganda imperiya oldingiday ikkiga bo‘lingan edi. Qadimiy musulmonlar yerlari – Anatoliya Yaqin Sharq Islom sivilizatsiyasining bir qismiga aylangan edi. Yaqindagina qo‘lga kiritilgan Rumeliya avvalgi taassurotlari va chegara hududi aholisi urf-odatlari, shuningdek eklektik din va qalandarlik afsonalari bilan yashar edi. Ularning orasida Bursadagi eski poytaxt va Edernadagi yangi poytaxt ko‘prik vazifasini o‘tashi kerak edi. 1453 yil 29 mayda sultonning taxtga kelishidan ikki yil o‘tib, qamalning boshlanganiga 7 xafta bo‘lganida, yanicharlar Konstantinopolning qal’a devorlarini shturm qilishga kirishdi. Ko‘plab shaharliklar jang maydonida xalok bo‘lishdi. Muqaddas Sofiya ibodatxonasi gumbaziga Usmoniylar bayrog‘i o‘rnatildi. Xristian Yevropasida bu voqea katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Usmoniylar imperiyasining gullab-yashnashi Mexmed II ning hukmronligidan (1451) Sulaymon Qonuniy (1566) hukmronligining oxirgi yillariga to‘g‘ri keladi. 100 yil davomida Usmoniylar imperiyasi butun Bolqon Yevropasi, Markaziy Yevropaning bir qismi, Arab Yaqin Sharqi va Shimoliy Afrika (Marokashdan tashqari) hududlariga tarqaldi. Bu davr intellektual fikrlarning o‘sishi, san’at va badiiy ijodning rivojlanishi, shuningdek ko‘plab sulton masjidlarining barpo etilishi bilan ajralib turadi. Asosiysi shundaki, Sulton barcha savdo yo‘llarini nazorat qilar edi: Hind dengizidan Kaspiy dengizi yoki Fors ko‘rfazi orqali o‘tib, savdo yo‘llari Arab dunyosidan O‘rta Yer dengiziga chiqar edi. Keyin Davlat poytaxti va G‘arbiy Yevropaga yo‘l olar edi. Yevropa shu davrga kelib Keyptaun orqali raqobatchi bo‘lgan savdo yo‘lini ochishga ulgurmagan edi. Savdo imperiyani juda katta resurlar bilan ta’minlar va bu daromad hududiy bosqinchiliklardan keladigan boyliklarga qo‘shilar edi. Bu davrning buyuk muvafaqqiyati 1453 yil 29 mayda Mexmed II (Fotix) tomonidan Konstantinopolni olinishidir. Bu shaharga egalik qilish sultonga Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi yetishib bo‘lmas bog‘ichni va Vizantiya imperiyasining vorisi maqomini berdi. Shuningdek, diniy jihatdan islomning xristianlar ustidan g‘alabasini anglatar edi. Sizlar uchun maxsus Sulton musulmon dunyosida katta mavqega ega bo‘ldi. XVI asr boshlarida Usmoniylar imperiyasi hududlari uch yo‘nalish bo‘yicha kengayib bordi: - sharqda, Usmoniylar armiyasi Salim I Yovuz (1512-1520) fors Safaviylarini Chaldiron kengliklarida (1514 yil 23 avgustda) yengadi: sharqiy Anatoliya va Ozarbayjon Usmoniylar hukmronligi ostiga o‘tadi. - janubda, Usmoniylar imperiyasining shiddatli janglari oqibatida Misr, Suriya va Arabiston g‘arbida ikki asr hukmronlik qilgan Mamluklar saltanati egallanadi. Keyin o‘zining yangi yerlaridan foydalanib o‘z hukmronligini yoki turli yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratini kengaytiradi: g‘arbda Shimoliy Afrikada Morokash chegaralarigacha, janubda Arabiston va Afrikadagi Qizil dengizning ikki qirg‘og‘i bo‘ylab, sharqda Hind dengizi, keyinroq Iroqda va u Fors ko‘rfazida platsdarm vazifasini o‘taydi. Bundan keyin Usmoniylar imperiyasi islomning ikki muqaddas shahri Makka va Madina, islomning yuragi hisoblangan arab davlatlari ustidan ham hukmronlik o‘rnatadi. Bu ularning mavqeini ko‘tarish bilan birga ularga mas’uliyat ham yuklaydi. - g‘arbda, Sulaymon I Yevropada yangi urush boshlaydi. Uning armiyasi Belgradni (1521 y), Rodosni (1522) keyin Vengriyaning Budosini (1526) yegallaydi, lekin Venada (1529 yil sentabr-oktabr) mag‘lubiyatga uchraydi. Sulaymon I Qonuniy davrida 1520 yildan 1566 yilgacha Usmoniylar imperiyasi o‘z kuch-qudratining yuqori cho‘qqisiga erishadi. Bir vaqtda san’at, fan va adabiyotning rivojlanishi bo‘yicha Usmoniylar sivilizatsiyasining ham gullagan davri edi. Bu madaniyatda eng oliy darajada hukmdorni ilm-fan homiysi, himoyachisi va ilhomlantiruvchisi sifatida ko‘rish mumkin. Manba : "Turkiya tarixi" kitobi 👉 https://t.me/Zakovat_INtellekt Sizlar uchun maxsus
MUXTOR MIRZAQULOV OFFICIAL
:Muxtar Mirzaqulov
Usmoniylar imperiyasi 🇹🇷 tashkil topishi
XIII asrda turk qabilalari mo‘g‘ullar zulmidan qutilish uchun G‘arbga qochishadi. Anatoliya yassi tog‘liklarining tub aholisi ularni
siqib chiqaradi, ular Ko‘nyadagi saljuqiylar sultonligi g‘arbiy chegarasida to‘planishadi.
Yangi yaylovlarni qidirib turk qabilalari chegara hududlarida o‘rnashib olishadi. Yaqinda joylashagan Vizantiya markazlari ularga mahsulotlarini sotish va zahiralarini to‘ldirishga yordam beradi.
Sangarios (hozirgi Sakarya) daryosi qal’alar bilan mustahkamlangan hudud bo‘lib Vizantiya va turk bekligi o‘rtasidagi chegara
hisoblanardi.Boshlanishida turklar va Vizantiyaliklar jiddiy to‘qnashuvlarsiz
yashaganlar. Chegaralar o‘tib bo‘larli, musulmonlar va xristianlar
bozorlarda bir-birlari bilan aloqalarni mustaxkamlab yashar edilar.
Aloqalarning rivojlanishiga Vizantiyada yashovchi xristianlikni qabul
qilagan turklar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Lekin o‘zaro ishonch rishtalari va tinch hayot bir kun nihoyasiga yetishi kerak edi. To‘qnashuvlardan to‘qnashuvlarga turklarning o‘z kuchiga ishonchi ortib bordi. Usmon boylik orttirishga o‘ch bo‘lgan, sarguzasht izlovchi va urushlarga tayyor bo‘lgan jangchilarni yig‘di.
Qonunshunoslar va “ziyolilar” Anatoliyani tashlab unga yangi davlat
qo‘rishda yordam berish uchun kelishardi. Usmon bu insonlar
jamoasini kerakli oqim bo‘yicha harakatlantira oladi va ularni o‘z bayrog‘i ostida birlashtiradi. 1302 yil 27 iyulda Usmon Nikomediyada
(Izmit) vizantiyaliklar bilan bo‘lgan jangda g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng Usmon Anatoliyaning shimoliy-g‘arbida beklikning boshiga
keldi. U vizantiyaliklarga qarshi tura oldi va kuchli bo‘lgan Germiyon,
Karaman, Jondor, Saruxan, Teke va Mentesha kabi qo‘shni turkman
bekliklari bilan kurash olib bordi.
XIII asr oxirigacha Usmon Vizantiyaning Vifiniya viloyatining
sharqiy qismida nazorat o‘rnatdi. 1317 yil Usmon (1326 yil vafot etgan)
qo‘shin boshqaruvni o‘z o‘g‘li O‘rxonga qoldiradi va Sakarya daryosi
vodiysini kechib o‘tib Brusa (Bursa) ostonalarini himoya qiladigan
mudofaa inshoatlarini egallaydi. Oqibatda 1326 yilda Bursa shahri
taslim bo‘ladi va shu paytda sharqdagi Bolu shahri ham taslim bo‘ladi.
1326 yildan 1365 yilgacha Brusa (Bursa) Usmoniylar davlatining
poytaxti bo‘ladi.
O‘rxonning xizmatlari shundan iboratki u haqiqatdan Usmoniylar
davlatiga asos soldi. U ichki boshqaruv o‘rnatdi: 1327 yildan Usmoniylar tangasi bosila boshlandi, tanganing bosilishi mustaqillikni anglatar edi, haqiqiy armiyaga asos solinishi va uning asosiy qismini yanicharlar-professional askarlardan tashkil topgan sara qism tashkil
qilar edi, undan tashqari kavaleriya qayta tashkil etildi. Bunday
Usmon armiyasida “kofirlar dunyosini” egallash kabi diniy mafkuraviy g‘oyalarni ko‘rmaslik mumkin emas edi. Bursadagi Shahodat
masjididagi yozuvga asosan O‘rxon “Sulton-g‘olib, iymon uchun
kurashchi” unvonini olgan. Lekin u ortodoksal islomni emas balki
ko‘plab turkiy qabilaviy urf-odatlarni o‘zida ifoda etuvchi Alaviylik
va o‘n ikki imomni e’zozlovchi oqimga xayrihoh edi.
O‘rxon va uning valiaxdi Murod I (1362-1389) Vizantiyaga qarshi doimiy va yengilmas urushlar olib bordi: Bursadan so‘ng ular
Nikeyani/Iznik (1331) va Nikomediyani/Izmit (1337) egallab olishdi.1354 yil Usmoniylar Dardanelni kechib o‘tib, bir necha yil dovomida
Gallipolini (1354), Adrianopol/Edernani (1362-1371) egallashdi va bu
yerlar asrlar davomida ularning Yevropadagi tayanchi bo‘ldi. Serblar
va bolgarlar ustidan qozonilgan ko‘plab g‘alabalar, jumladan, Marisa
(1371) yaqinidagi va Kosovo maydonidagi (1389) g‘alabalar natijasida Bolqonning katta qismini egallashdi. Keyingi muvafaqqiyatli
yurishlardan so‘ng Makedoniya, Bolgariya va Serbiya ham qo‘lga
kiritildi. Yevropadagi har bir urushda bosqinchilik birinchi o‘rinda turar edi. Ko‘p xolatlarda bu tinchlik bilan amalga oshirilar va
Sizlar uchun maxsus
ularning davlati asosini mustahkamlar edi. 1389 yil to‘rtinchi usmoniy hukmdor, Yildirim (“Yashin”, “Chaqmoq”) nomini olgan Bayazid I Yevropa va Osiyodagi juda katta
hududni meros qilib oldi. Juda katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan
sulton o‘z davlati hududlarini kengaytirishni xohlar edi.
Boshlanishiga u o‘z e’tiborini sharqqa qaratdi va birin ketin barcha turk yerlarini (Saruxan, Oydin, Menteshe, Hamid, Karaman, Germiyon va Sivas)
egallab, butun Anatoliyani o‘ziga bo‘ysundirdi. Nikopolisda (1369 yil
25 sentabrda)gi Balqonni ozod qilishga kelgan salbchilar ustidan
qozonilgan g‘alaba uning o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirdi. Lekin u
Temur bilan bo‘lgan Anqara jangida (1402 yil 20 iyul) yengiladi va
asrga tushadi. Hududlari bo‘linib ketgan Usmoniylar davlati Bayazidning to‘rt o‘g‘li o‘rtasida taxt uchun kurash maydoniga aylanadi.
Faqatgina 1413 yil Mexmed I o‘z aka-ukalari ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgach, u va uning avlodlari ko‘plab qo‘zg‘alon va
isyonlarni bostirishiga to‘g‘ri keladi.
Mexmed I ning yeng muhim maqsadi davlatni tiklash va birlashtirish edi. Uning o‘g‘li Murod II hududiy bosqinchilik yo‘lidan borib
Venesiya, Vengriya kabi Bolqondagi Usmoniylarning dushmanlari
ustidan muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Yevropada Usmoniylar Frakiya, Makedoniya, Fessaliya, Dobruja, Bolgariya va Serbiyaning bir
qismini nazorat qilar edi. Vizantiya Konstantinopolning chegaralari va
uning atrofigacha, shuningdek Moriyagacha qisib qo‘yilgan edi. Anatoliyada Smirna (Izmir), Sinop va Trapezundgina (Trabzon) Usmoniylarga bo‘ysunmas edi.
1451 yil Mexmed II o‘z otasi Murod II dan taxtni qabul qilib
olganda imperiya oldingiday ikkiga bo‘lingan edi. Qadimiy musulmonlar yerlari – Anatoliya Yaqin Sharq Islom sivilizatsiyasining bir
qismiga aylangan edi. Yaqindagina qo‘lga kiritilgan Rumeliya avvalgi
taassurotlari va chegara hududi aholisi urf-odatlari, shuningdek eklektik din va qalandarlik afsonalari bilan yashar edi. Ularning orasida
Bursadagi eski poytaxt va Edernadagi yangi poytaxt ko‘prik vazifasini
o‘tashi kerak edi. 1453 yil 29 mayda sultonning taxtga kelishidan ikki
yil o‘tib, qamalning boshlanganiga 7 xafta bo‘lganida, yanicharlar
Konstantinopolning qal’a devorlarini shturm qilishga kirishdi. Ko‘plab shaharliklar jang maydonida xalok bo‘lishdi. Muqaddas Sofiya ibodatxonasi gumbaziga Usmoniylar bayrog‘i o‘rnatildi. Xristian
Yevropasida bu voqea katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Usmoniylar imperiyasining gullab-yashnashi Mexmed II ning
hukmronligidan (1451) Sulaymon Qonuniy (1566) hukmronligining
oxirgi yillariga to‘g‘ri keladi. 100 yil davomida Usmoniylar imperiyasi butun Bolqon Yevropasi, Markaziy Yevropaning bir qismi,
Arab Yaqin Sharqi va Shimoliy Afrika (Marokashdan tashqari)
hududlariga tarqaldi. Bu davr intellektual fikrlarning o‘sishi, san’at va badiiy ijodning rivojlanishi, shuningdek ko‘plab sulton masjidlarining
barpo etilishi bilan ajralib turadi. Asosiysi shundaki, Sulton barcha
savdo yo‘llarini nazorat qilar edi: Hind dengizidan Kaspiy dengizi
yoki Fors ko‘rfazi orqali o‘tib, savdo yo‘llari Arab dunyosidan O‘rta
Yer dengiziga chiqar edi. Keyin Davlat poytaxti va G‘arbiy Yevropaga yo‘l olar edi. Yevropa shu davrga kelib Keyptaun orqali raqobatchi bo‘lgan savdo yo‘lini ochishga ulgurmagan edi. Savdo imperiyani juda katta resurlar bilan ta’minlar va bu daromad hududiy bosqinchiliklardan keladigan boyliklarga qo‘shilar edi.
Bu davrning buyuk muvafaqqiyati 1453 yil 29 mayda Mexmed II
(Fotix) tomonidan Konstantinopolni olinishidir. Bu shaharga egalik
qilish sultonga Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi yetishib bo‘lmas bog‘ichni va Vizantiya imperiyasining vorisi maqomini berdi. Shuningdek,
diniy jihatdan islomning xristianlar ustidan g‘alabasini anglatar edi.
Sizlar uchun maxsus
Sulton musulmon dunyosida katta mavqega ega bo‘ldi.
XVI asr boshlarida Usmoniylar imperiyasi hududlari uch yo‘nalish bo‘yicha kengayib bordi:
- sharqda, Usmoniylar armiyasi Salim I Yovuz (1512-1520) fors
Safaviylarini Chaldiron kengliklarida (1514 yil 23 avgustda) yengadi:
sharqiy Anatoliya va Ozarbayjon Usmoniylar hukmronligi ostiga o‘tadi.
- janubda, Usmoniylar imperiyasining shiddatli janglari oqibatida
Misr, Suriya va Arabiston g‘arbida ikki asr hukmronlik qilgan Mamluklar saltanati egallanadi. Keyin o‘zining yangi yerlaridan foydalanib
o‘z hukmronligini yoki turli yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratini kengaytiradi: g‘arbda Shimoliy Afrikada Morokash chegaralarigacha, janubda Arabiston va Afrikadagi Qizil dengizning ikki qirg‘og‘i bo‘ylab,
sharqda Hind dengizi, keyinroq Iroqda va u Fors ko‘rfazida platsdarm
vazifasini o‘taydi. Bundan keyin Usmoniylar imperiyasi islomning
ikki muqaddas shahri Makka va Madina, islomning yuragi hisoblangan arab davlatlari ustidan ham hukmronlik o‘rnatadi. Bu ularning
mavqeini ko‘tarish bilan birga ularga mas’uliyat ham yuklaydi.
- g‘arbda, Sulaymon I Yevropada yangi urush boshlaydi. Uning
armiyasi Belgradni (1521 y), Rodosni (1522) keyin Vengriyaning
Budosini (1526) yegallaydi, lekin Venada (1529 yil sentabr-oktabr)
mag‘lubiyatga uchraydi.
Sulaymon I Qonuniy davrida 1520 yildan 1566 yilgacha Usmoniylar imperiyasi o‘z kuch-qudratining yuqori cho‘qqisiga erishadi.
Bir vaqtda san’at, fan va adabiyotning rivojlanishi bo‘yicha Usmoniylar sivilizatsiyasining ham gullagan davri edi. Bu madaniyatda eng
oliy darajada hukmdorni ilm-fan homiysi, himoyachisi va ilhomlantiruvchisi sifatida ko‘rish mumkin.
Manba : "Turkiya tarixi" kitobi
👉 https://t.me/Zakovat_INtellekt Sizlar uchun maxsus