👖 JINSI SHIMLAR HAQIDA

* Jinsi shim matosi birinchi marta 1500-yilda Genuyada paydo bo'lgan, deb hisoblanadi. U italiyalik dengizchilar uchun mo'ljallab tikilgan.
* "Jinsi" so'zi "Genes" degan so'zdan kelib chiqqan. Fransuzlar Genuyani shunday nom bilan atashgan.
* Jinsi matosini 1870-yillarda Livay Strauss ommalashtirgan. U konchilar va ishchilar sinfining boshqa vakillari uchun kiyim-kechak tayyorlagan. Ushbu material o'sha vaqtlarda unchalik ham qimmat turmasdi.
* O'rtacha hisobda har bir amerikalikda 7 juft jinsi shim bor.
* Levi's brendining mashhur asoschisi Livay Strauss hech qachon o'zining jinsi shimini kiymagan. U badavlat biznesmen edi, jinsilar esa kambag'al kishilar uchun ishlab chiqarilgan.
* 20-may ko'k rangli jinsi shimlarning "tug'ilgan kuni" hisoblanadi, aynan shu kuni Livay Strauss o'z g'oyasini patentlagandi.
* Yirtiq jinsi shimlar - XXI asr boshlarida eng urfga kirgan trendlardan biridir. Hatto, YouTubeda uy sharoitida jinsilarni qanday to'g'ri yirtish haqida ko'rsatma keltirilgan.
* Jinsi shimlarning katta kissalariga tikilgan kichik kissalar aslida, cho'ntak soatlari uchun mo'ljallangan bo'ladi.
* 2001-yilda Jorj Bush Oval kabinet xizmatchilarining jinsi shim kiyishlarini ta'qiqlagandi.
* II jahon urushi davrida askarlarga jinsi shim kiyishga ruxsat berilgan, ular kiyishga qulay hamda kirligi ham bilinmagan.
* Har yili Amerikada 450 mln juft jisi shim ishlab chiqariladi.
Sizlar uchun maxsus

Комментарии

Комментариев нет.