LO‘LILAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR 1. Lo‘li degan millat dunyoda yo‘q. Lo‘lilarning barchasi Hindistondan duch kelgan tarafga hayot izlab borganlar hisoblanadi. Ammo ularning hech biri garchi bu tilni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa-da, hind tilida gapirmaydi. Hindistondan ajralib chiqib keyinchalik o‘ziga «lo‘li» degan millatni o‘ylab topganlarning aksariyati Misr va Eron tomonlardan panoh topgan. 2. Lo‘lilar hozirgi kunda Amerika, Braziliya, Ispaniya, Bolgariya va Argentinada ko‘pchilikni tashkil etadi. Rossiyada jami 220 ming lo‘li yashaydi. Kanada, Serbiya, Slovakiya, Bosniya hamda Gersegovinada ham lo‘lilar kam emas. 3. Aytishlaricha, Eronga ko‘chib o‘tgan lo‘lilarning yarmisi qaytadan Hindistonga — o‘z vataniga kelib joylashgan. Hozirda ular Hindistondagi eng hurmatli fuqarolar sanaladi. Sababi shuki, ular garchi o‘sha yerda ham tilanchilik bilan shug‘ullansa-da, eng badavlat odamlar hisoblanadi. 4. Yevropadagi lo‘lilar asosan ko‘chalarda qo‘shiq kuylab, raqs tushib tirikchilik qiladi. 5. Yevropa taraflarda yashovchi lo‘lilarning ajdodlari ilgari fol ochish, jodu, tabobat bilan jiddiy shug‘ullangan. Ayniqsa, tabobat masalasida ularga yetadigan mutaxassis bo‘lmagan. Lo‘li tabiblar hech bir millat vakili bo‘lmish tabib aqli bovar qilmas o‘simliklarni topib, ularning davolash xususiyatlarini ustalik bilan aniqlay olgan. 6. Lo‘li uchun eng dahshatli jazo uni tabordan haydab solishdir. Bunday jazoga o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan lo‘lilar mahkum etiladi. 7. Lo‘lining sochi kalta qilib kesilgan bo‘lsa, u sharafsiz hisoblanadi. Lo‘lilar tabordan haydalgan a’zoning sochini kalta qilib qirqib qo‘yishadi. 8. Lo‘li yigit bir qulog‘iga zirak taqqan bo‘lsa, bu oilada yagona o‘g‘il ekanidan darak beradi. 9. Lo‘lilar to‘y yoki boshqa bir tantana uyushtirsa, mezbonlarga spirtli ichimlik ichish taqiqlanadi. 10. Har yili 8 aprelda xalqaro lo‘lilar kuni bayram qilinadi. 11. Olamdan o‘tganning oxirgi paytlarda kiygan kiyimlari, qo‘li tekkan buyumlar harom hisoblanadi. Shuning uchun ularni ham marhum yoki marhuma bilan birga qabrga ko‘mishadi. 12. Lo‘lilarning aksar qismi gipnozni juda yaxshi o‘zlashtirgan. Bu narsadan ular o‘z manfaati yo‘lida unumli foydalanadi. Shu sababli ular bilan yuzma-yuz kelganda, ko‘ziga uzoq vaqt qaramaslik tavsiya etiladi. 13. Ko‘pchilik mutaxassislar musulmon davlatlarda mashhur qorin raqsini aynan lo‘lilar o‘ylab topgan deyishadi. Ammo bunga aniq dalil yo‘q. 14. O‘rta asrlarda lo‘lilarni ham yevreylar bilan bir qatorda odamxo‘rlikda ayblashgan va shafqatsizlarcha qatl etishgan. 15. Lo‘lilar orasida ham professional olimlar, xonandalar, yozuvchilar, raqqos va raqqosalar, rejissyor, bokschilar yo‘q emas. Masalan, Marishka Veresh, Ion Voyku, Yanosh Bixari, Jem Meys, Mateo Maksimov, Yul Brinner va hokazolar shular jumlasidandir. 16. Stalin davrida Rossiyadagi ko‘plab lo‘lilar repressiyaga uchragan. 17. Hindistondan ajralib chiqqani uchunmi, lo‘lilar hind tilini yaxshi biladi. Shu sababli hindcha filmlarni tarjimasiz tomosha qiladi. 18. Lo‘lilarning milliy taomi qovurilgan yoki qaynatilgan tipratikon hisoblanadi. Bugun - 14-may 2021-yil, juma. 🎊BAYRAMLAR🎊 🇬🇪 Gruziya — Tamboro (Malika Tamarani xotirlash kuni). 🇮🇱 Isroil — Mustaqillik kuni. 🇮🇷 Eron — Tamakiga qarshi fatvo kuni 🇱🇷 Liberiya — Integratsiya kuni. 🇲🇼 Malavi — Kamuzu kuni. 🇵🇭 Filippin — Konstitutsiya kuni. 💠VOQEALAR💠 🔰1796 — Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi vaksinani qoʻlladi. 🔰1835 - Pushkin qalamiga mansub “Baliqchi va baliq haqidagi‘ertak” dunyo yuzini ko‘rdi. 🔰1862 - Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi. 🔰1853 - AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi. 🔰1869 - Oqto‘ba shahriga asos solindi. 🔰1878 - “Vazelin” nomi savdo markasi sifatida patentlandi. 🔰1900 - Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi. 🔰1904 - AQShning Sent-Luis shahrida III yozgi Olimpiada o‘yinlariga start berildi. 🔰1927 - Meksika futbol federatsiyasi tuzildi. 🔰1948 — David Ben Gurion Isroil mustaqillik deklaratsiyasini eʼlon qildi. 🔰1955 — Varshava shartnomasi tashkiloti tuzildi. 🔰1962 — Afinada Ispaniya qiroli Xuan Karlos va Gretsiya qirolichasi Sofiyaning nikohlanishi. 🔰1963 - Quvayt BMT ga a’zo bo‘ldi. 🔰1993 - Litva, Sloveniya va Estoniya davlatlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi. 🔰1993 - MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi. 🔰2007 - “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi. 🔰2008 - “Zenit” futbol klubi UYeFA kubogini qo‘liga kiritdi. 🔰2009 - Britaniyalik astronom Uilyam Gershel sharafiga nomlangan “Gershel" teleskopi orbitaga chiqarildi. ☘ TAVALLUDLAR☘ 🌹1265 — Dante Aligeri (Dante Alighieri) - italiyan adabiyotining yirik vakili, shoir. 🌹1316 - Karl IV - german qiroli, Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1347-1378). 🌹1553 - Margarita de Valua - fransuz malikasi, Qirolicha Margo nomi bilan mashhur. 🌹1771 - Robert Ouen - ingliz sotsialist utopisti. 🌹1838 - Vilgelm Steynis - nemis shaxmatchisi, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni. 🌹1905 — Uyg‘un - O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg. 🌹1922 — Frano Tudjman - Xorvatiyaning 1990—1999 yillardagi prezidenti. 🌹1952 — Robert Zemekis (Robert Zemeckis) - “Kelajakka qaytib”, “Forest Gamp” va boshqa ko‘plab filmlar rejissyori. 🌹1984 yil — Mark Sukerberg - Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Bosh direktori.
MUXTOR MIRZAQULOV OFFICIAL
:Muxtar Mirzaqulov
.
LO‘LILAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Lo‘li degan millat dunyoda yo‘q. Lo‘lilarning barchasi Hindistondan duch kelgan tarafga hayot izlab borganlar hisoblanadi. Ammo ularning hech biri garchi bu tilni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa-da, hind tilida gapirmaydi. Hindistondan ajralib chiqib keyinchalik o‘ziga «lo‘li» degan millatni o‘ylab topganlarning aksariyati Misr va Eron tomonlardan panoh topgan.
2. Lo‘lilar hozirgi kunda Amerika, Braziliya, Ispaniya, Bolgariya va Argentinada ko‘pchilikni tashkil etadi. Rossiyada jami 220 ming lo‘li yashaydi. Kanada, Serbiya, Slovakiya, Bosniya hamda Gersegovinada ham lo‘lilar kam emas.
3. Aytishlaricha, Eronga ko‘chib o‘tgan lo‘lilarning yarmisi qaytadan Hindistonga — o‘z vataniga kelib joylashgan. Hozirda ular Hindistondagi eng hurmatli fuqarolar sanaladi. Sababi shuki, ular garchi o‘sha yerda ham tilanchilik bilan shug‘ullansa-da, eng badavlat odamlar hisoblanadi.
4. Yevropadagi lo‘lilar asosan ko‘chalarda qo‘shiq kuylab, raqs tushib tirikchilik qiladi.
5. Yevropa taraflarda yashovchi lo‘lilarning ajdodlari ilgari fol ochish, jodu, tabobat bilan jiddiy shug‘ullangan. Ayniqsa, tabobat masalasida ularga yetadigan mutaxassis bo‘lmagan. Lo‘li tabiblar hech bir millat vakili bo‘lmish tabib aqli bovar qilmas o‘simliklarni topib, ularning davolash xususiyatlarini ustalik bilan aniqlay olgan.
6. Lo‘li uchun eng dahshatli jazo uni tabordan haydab solishdir. Bunday jazoga o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan lo‘lilar mahkum etiladi.
7. Lo‘lining sochi kalta qilib kesilgan bo‘lsa, u sharafsiz hisoblanadi. Lo‘lilar tabordan haydalgan a’zoning sochini kalta qilib qirqib qo‘yishadi.
8. Lo‘li yigit bir qulog‘iga zirak taqqan bo‘lsa, bu oilada yagona o‘g‘il ekanidan darak beradi.
9. Lo‘lilar to‘y yoki boshqa bir tantana uyushtirsa, mezbonlarga spirtli ichimlik ichish taqiqlanadi.
10. Har yili 8 aprelda xalqaro lo‘lilar kuni bayram qilinadi.
11. Olamdan o‘tganning oxirgi paytlarda kiygan kiyimlari, qo‘li tekkan buyumlar harom hisoblanadi. Shuning uchun ularni ham marhum yoki marhuma bilan birga qabrga ko‘mishadi.
12. Lo‘lilarning aksar qismi gipnozni juda yaxshi o‘zlashtirgan. Bu narsadan ular o‘z manfaati yo‘lida unumli foydalanadi. Shu sababli ular bilan yuzma-yuz kelganda, ko‘ziga uzoq vaqt qaramaslik tavsiya etiladi.
13. Ko‘pchilik mutaxassislar musulmon davlatlarda mashhur qorin raqsini aynan lo‘lilar o‘ylab topgan deyishadi. Ammo bunga aniq dalil yo‘q.
14. O‘rta asrlarda lo‘lilarni ham yevreylar bilan bir qatorda odamxo‘rlikda ayblashgan va shafqatsizlarcha qatl etishgan.
15. Lo‘lilar orasida ham professional olimlar, xonandalar, yozuvchilar, raqqos va raqqosalar, rejissyor, bokschilar yo‘q emas. Masalan, Marishka Veresh, Ion Voyku, Yanosh Bixari, Jem Meys, Mateo Maksimov, Yul Brinner va hokazolar shular jumlasidandir.
16. Stalin davrida Rossiyadagi ko‘plab lo‘lilar repressiyaga uchragan.
17. Hindistondan ajralib chiqqani uchunmi, lo‘lilar hind tilini yaxshi biladi. Shu sababli hindcha filmlarni tarjimasiz tomosha qiladi.
18. Lo‘lilarning milliy taomi qovurilgan yoki qaynatilgan tipratikon hisoblanadi.
Bugun - 14-may 2021-yil, juma.
🎊BAYRAMLAR🎊
🇬🇪 Gruziya — Tamboro (Malika Tamarani xotirlash kuni).
🇮🇱 Isroil — Mustaqillik kuni.
🇮🇷 Eron — Tamakiga qarshi fatvo kuni
🇱🇷 Liberiya — Integratsiya kuni.
🇲🇼 Malavi — Kamuzu kuni.
🇵🇭 Filippin — Konstitutsiya kuni.
💠VOQEALAR💠
🔰1796 — Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi vaksinani qoʻlladi.
🔰1835 - Pushkin qalamiga mansub “Baliqchi va baliq haqidagi‘ertak” dunyo yuzini ko‘rdi.
🔰1862 - Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi.
🔰1853 - AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi.
🔰1869 - Oqto‘ba shahriga asos solindi.
🔰1878 - “Vazelin” nomi savdo markasi sifatida patentlandi.
🔰1900 - Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
🔰1904 - AQShning Sent-Luis shahrida III yozgi Olimpiada o‘yinlariga start berildi.
🔰1927 - Meksika futbol federatsiyasi tuzildi.
🔰1948 — David Ben Gurion Isroil mustaqillik deklaratsiyasini eʼlon qildi.
🔰1955 — Varshava shartnomasi tashkiloti tuzildi.
🔰1962 — Afinada Ispaniya qiroli Xuan Karlos va Gretsiya qirolichasi Sofiyaning nikohlanishi.
🔰1963 - Quvayt BMT ga a’zo bo‘ldi.
🔰1993 - Litva, Sloveniya va Estoniya davlatlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi.
🔰1993 - MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi.
🔰2007 - “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi.
🔰2008 - “Zenit” futbol klubi UYeFA kubogini qo‘liga kiritdi.
🔰2009 - Britaniyalik astronom Uilyam Gershel sharafiga nomlangan “Gershel" teleskopi orbitaga chiqarildi.
☘ TAVALLUDLAR☘
🌹1265 — Dante Aligeri (Dante Alighieri) - italiyan adabiyotining yirik vakili, shoir.
🌹1316 - Karl IV - german qiroli, Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1347-1378).
🌹1553 - Margarita de Valua - fransuz malikasi, Qirolicha Margo nomi bilan mashhur.
🌹1771 - Robert Ouen - ingliz sotsialist utopisti.
🌹1838 - Vilgelm Steynis - nemis shaxmatchisi, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni.
🌹1905 — Uyg‘un - O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg.
🌹1922 — Frano Tudjman - Xorvatiyaning 1990—1999 yillardagi prezidenti.
🌹1952 — Robert Zemekis (Robert Zemeckis) - “Kelajakka qaytib”, “Forest Gamp” va boshqa ko‘plab filmlar rejissyori.
🌹1984 yil — Mark Sukerberg - Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Bosh direktori.