Cho’l deganda biz issiq oftobli, qumga to’la yerlarni tasavvur qilamiz. Ammo cho’l bu juda ham quruq yerlar degani. Shuning uchun dunyodagi eng katta cho’l qaysi?, deb savol berishsa, “Arktika cho’li” deb javob bering. Ko’pchilik eng katta cho’lni Sahara deb oy’laydilar, ammo eng katta cho’l Arktikada joylashgan, kattaligi – 13,8 million kv. km. Fazanlar oroli Bu orol Bidasoa dayrosida joylashgan. Orolda hech kim yashamaydi va u yerga kirish ta’qiqlangan. Ammo bu orolning bir jihati bor. Har 6 oyda orolni egalari almashadi – Ispaniya va Frantsiya. Bu odat 300 yildan beri saqlanib kelinmoqda. O’lik dengiz Bu dunyodagi eng sho’r dengiz hisoblanadi. Dengizni suvlari har yili 1 metrga pastlashyapti. Hozirgi kunga kelib u dengiz sathidan 430 metr pastda. Orolda ko’l, ko’lda orol Kanadaga tegishli Viktoriya orolida bir ko’l bor, ko’lda esa orol. Bu orolni ham ko’li bor, ko’lda esa orol. Kimdir buni hail, deb aytishi mumkin. Kanadani aholisining aytishicha, bu yerlarni odam oyog’i bosmagan. Ervandun va Shondong g’orlari Ervandun g’ori Xitoyda joylashgan. Chuqurligi 441 metr. G’orning kattaligidan hatto o’zining mikroiqlimi mavjud. Mahalliy aholi g’ordagi o’zgarishlarni kuzatgan holda ob-havoni oldindan qanday bo’lishini biladilar. Masalan, agar g’ordan tuman chiqsa, tez orada yomg’ir yog’adi, degani. Shondong g’ori Vyetnamda joylashgan. Chuqurligi 200 metr. G’orda yer osti daryosi bor. Yog’ingarchilik bo’lganda g’orni qanchadir qismi suv ostida qolib ketadi. Shunga qaramay g’orda o’tlar va daraxtlar o’sadi. Tog’lar o’sadi Appalachi – Shimoliy Amerikaning sharqida joylashgan tog’lar. Ularning balandligi 2 037 metrni tashkil etadi. Gimalay tog’lari bilan solishtirsangiz bu juda ham kam (Himolay – 8848 metr). Ammo o’tmishda Appalachi juda ham baland edi, hatto Gimalaydan ham balandroq. Gap shundaki, yer osti plitalari bir birini itarib keladilar va shuning ta’sirida Gimalay tog’lari balanroqga ko’tariladilar, Appalachi tog’lari esa aksincha – cho’kadilar. Yetti xil rangli qum Mavrikiy orolining Shamarel qishlog’ida 7 xil rangdagi qumlarni ko’rish mumkin: och qizil, to’q qizil, sariq, jigarrang, ko’k, siyohrang va yashil. Bu yerga ortiqcha ta’rif kerak emas, chunki chiroyi hayratga soladi. Mamlakatdan ham katta ferma “Anna Krik” o’tlog’i – dunyodagi eng katta ferma. Uning yerlari 23 677 kv. kilometrni tashkil etadi. Hattoki Isroil mamlakati bu fermadan kichiqroq – 20 770 - 22 072 kv. km. Juda ham ajoyib chegara Bering bo’g’ozining markazida joylashgan bu 2 ta orolning orasidagi masofa 4 km. G’arbiy – Ratmanov oroli – Rossiyaga tegishli, sharqiy – Kruzenshtern oroli – AQSHga tegishli. Ularning o’rtasidan Rossiya va AQSH chegarasi va kun almashinuv chizig’i o’tgan. Masalan, AQSH orolida 6:00 shanba, rossiyaning orolida esa 9:00 yakshanba. Tinch okeani haqida Menimcha bu firk har birimizni hayolimizdan o’tgan – “agar pastga qarab qazib ketaversam, qaysi yerdan tashqariga chiqaman?”. Ammo Tinch okeani shunchalik kattaligidan, bir nuqtasidan turib shu ishni bajarsangiz, ehtimol, yerning ikkinchi yarimida ham Tinch okeanining boshqa nuqtasida bo’lasiz. Samsung tarixi haqida qisqacha ma'lumot “Samsung Group” 1938-yilda tashkil etilgan Janubiy Koreyaning eng yirik Chebol (Janubiy Koreya moliyaviy va sanoat guruhlari shakli) kompaniyalari guruhidir. Jahon bozorida yuqori texnologiyali komponentlar, jumladan, to'liq tarkibli integral mikrosxemalar, telekommunikatsiya uskunalari, maishiy texnika, audio va video qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida tanilgan. Kompaniyaning bosh qarorgohi Suvon shahrida joylashgan. Koreys tilida «Samsung» so'zi «Uchta yulduz» ma'nosini anglatadi. Bu nomni Samsung asoschisi Li Byon Chxolning uch o'g'li bilan bog'lash mumkin. 1930-yillari koreyalik ishbilarmon Li Byon Chxol guruch uni ishlab chiqarishga kirishadi. Tegu shahrida uncha katta bo‘lmagan ombor quradi. Ana shu ombor “Samsung” kompaniyasiga tamal tosh bo‘ladi. Kompaniya 1938-yilda “Samsung Trading Company” savdo belgisi bilan ro‘yhatdan o‘tadi. Kompaniya rahbari Li Byon Chxol vafotidan ikki hafta o’tib, 1987-yil 1-dekabrda kompaniya boshqaruvini uning kenja o‘g‘li Li Gon Xi qo‘lga oldi va keng miqyosda islohotlar o‘tkazdi. Kompaniya marketingi butunlay qayta tashkil etildi va tamg’asi yangilandi. Samsung 1983-yildan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqara boshladi. 1991 – 1992-yillarda shaxsiy mobil qurilma va telefonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1999-yili kompaniya elektron maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha «Forbes Global» jurnali mukofotiga sazovor bo‘ldi. 2008-yilning uchinchi choragida Samsung o'zining asosiy raqobatchisi Motorolani (Strategy Analytics) ortda qoldirib, AQSh bozorida uyali telefonlar savdosi bo’yicha birinchi o'rinni egalladi. Korporatsiya, shuningdek, Yevropa bozorida ham muvaffaqiyat qozonib, undan Nokiani chiqarib yubordi. [Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Issiq suv sovuq suvga nisbatan og‘irroq] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [100 yoshli toshbaqa.] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Gitarani ichki ko'rinishi] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [“Real”ning tirik afsonasi Raul Yevropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Begemotlar fillardan keyingi o‘rinda turadigan eng katta sut emizuvchilardir. Ularning og‘irligi 4 tonnagacha yetadi.] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Vashingtonda qurilayotgan binolar Jorj Vashington haykalidan baland bo‘lib ketmasligi kerak.] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Antarktida materigi. Bu yerdan xohlagan tomonga yursangiz ham faqat shimolga qarab yurasiz] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Niagara sharsharasidan bahramand oling.] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Odam ko'zi haroratni sezmaydi] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Sariq tarvuz Ispaniya, Tailand, va Astraxaniyada yetishtiriladi] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Meduza Turritopsis nutricula — yer yuzidegi yagona o'lmaydigan hayvon] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Yaponiya taxminan 3900 oroldan tashkil topgan.] 📢Kanal [@zakovat_intellekt] [Ayol kishining soch diametri erkak kishinikiga nisbatan 2 marta kichikroq.] 📢Kanal [@zakovat_intellekt]
MUXTOR MIRZAQULOV OFFICIAL
:Muxtar Mirzaqulov
Dunyodagi eng katta cho’l
Cho’l deganda biz issiq oftobli, qumga to’la yerlarni tasavvur qilamiz. Ammo cho’l bu juda ham quruq yerlar degani. Shuning uchun dunyodagi eng katta cho’l qaysi?, deb savol berishsa, “Arktika cho’li” deb javob bering. Ko’pchilik eng katta cho’lni Sahara deb oy’laydilar, ammo eng katta cho’l Arktikada joylashgan, kattaligi – 13,8 million kv. km.
Fazanlar oroli
Bu orol Bidasoa dayrosida joylashgan. Orolda hech kim yashamaydi va u yerga kirish ta’qiqlangan. Ammo bu orolning bir jihati bor. Har 6 oyda orolni egalari almashadi – Ispaniya va Frantsiya. Bu odat 300 yildan beri saqlanib kelinmoqda.
O’lik dengiz
Bu dunyodagi eng sho’r dengiz hisoblanadi. Dengizni suvlari har yili 1 metrga pastlashyapti. Hozirgi kunga kelib u dengiz sathidan 430 metr pastda.
Orolda ko’l, ko’lda orol
Kanadaga tegishli Viktoriya orolida bir ko’l bor, ko’lda esa orol. Bu orolni ham ko’li bor, ko’lda esa orol. Kimdir buni hail, deb aytishi mumkin. Kanadani aholisining aytishicha, bu yerlarni odam oyog’i bosmagan.
Ervandun va Shondong g’orlari
Ervandun g’ori Xitoyda joylashgan. Chuqurligi 441 metr. G’orning kattaligidan hatto o’zining mikroiqlimi mavjud. Mahalliy aholi g’ordagi o’zgarishlarni kuzatgan holda ob-havoni oldindan qanday bo’lishini biladilar. Masalan, agar g’ordan tuman chiqsa, tez orada yomg’ir yog’adi, degani.
Shondong g’ori Vyetnamda joylashgan. Chuqurligi 200 metr. G’orda yer osti daryosi bor. Yog’ingarchilik bo’lganda g’orni qanchadir qismi suv ostida qolib ketadi. Shunga qaramay g’orda o’tlar va daraxtlar o’sadi.
Tog’lar o’sadi
Appalachi – Shimoliy Amerikaning sharqida joylashgan tog’lar. Ularning balandligi 2 037 metrni tashkil etadi. Gimalay tog’lari bilan solishtirsangiz bu juda ham kam (Himolay – 8848 metr). Ammo o’tmishda Appalachi juda ham baland edi, hatto Gimalaydan ham balandroq. Gap shundaki, yer osti plitalari bir birini itarib keladilar va shuning ta’sirida Gimalay tog’lari balanroqga ko’tariladilar, Appalachi tog’lari esa aksincha – cho’kadilar.
Yetti xil rangli qum
Mavrikiy orolining Shamarel qishlog’ida 7 xil rangdagi qumlarni ko’rish mumkin: och qizil, to’q qizil, sariq, jigarrang, ko’k, siyohrang va yashil. Bu yerga ortiqcha ta’rif kerak emas, chunki chiroyi hayratga soladi.
Mamlakatdan ham katta ferma
“Anna Krik” o’tlog’i – dunyodagi eng katta ferma. Uning yerlari 23 677 kv. kilometrni tashkil etadi. Hattoki Isroil mamlakati bu fermadan kichiqroq – 20 770 - 22 072 kv. km.
Juda ham ajoyib chegara
Bering bo’g’ozining markazida joylashgan bu 2 ta orolning orasidagi masofa 4 km. G’arbiy – Ratmanov oroli – Rossiyaga tegishli, sharqiy – Kruzenshtern oroli – AQSHga tegishli. Ularning o’rtasidan Rossiya va AQSH chegarasi va kun almashinuv chizig’i o’tgan. Masalan, AQSH orolida 6:00 shanba, rossiyaning orolida esa 9:00 yakshanba.
Tinch okeani haqida
Menimcha bu firk har birimizni hayolimizdan o’tgan – “agar pastga qarab qazib ketaversam, qaysi yerdan tashqariga chiqaman?”. Ammo Tinch okeani shunchalik kattaligidan, bir nuqtasidan turib shu ishni bajarsangiz, ehtimol, yerning ikkinchi yarimida ham Tinch okeanining boshqa nuqtasida bo’lasiz.
Samsung tarixi haqida qisqacha ma'lumot
“Samsung Group” 1938-yilda tashkil etilgan Janubiy Koreyaning eng yirik Chebol (Janubiy Koreya moliyaviy va sanoat guruhlari shakli) kompaniyalari guruhidir. Jahon bozorida yuqori texnologiyali komponentlar, jumladan, to'liq tarkibli integral mikrosxemalar, telekommunikatsiya uskunalari, maishiy texnika, audio va video qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida tanilgan. Kompaniyaning bosh qarorgohi Suvon shahrida joylashgan. Koreys tilida «Samsung» so'zi «Uchta yulduz» ma'nosini anglatadi. Bu nomni Samsung asoschisi Li Byon Chxolning uch o'g'li bilan bog'lash mumkin.
1930-yillari koreyalik ishbilarmon Li Byon Chxol guruch uni ishlab chiqarishga kirishadi. Tegu shahrida uncha katta bo‘lmagan ombor quradi. Ana shu ombor “Samsung” kompaniyasiga tamal tosh bo‘ladi. Kompaniya 1938-yilda “Samsung Trading Company” savdo belgisi bilan ro‘yhatdan o‘tadi. Kompaniya rahbari Li Byon Chxol vafotidan ikki hafta o’tib, 1987-yil 1-dekabrda kompaniya boshqaruvini uning kenja o‘g‘li Li Gon Xi qo‘lga oldi va keng miqyosda islohotlar o‘tkazdi. Kompaniya marketingi butunlay qayta tashkil etildi va tamg’asi yangilandi.
Samsung 1983-yildan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqara boshladi. 1991 – 1992-yillarda shaxsiy mobil qurilma va telefonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1999-yili kompaniya elektron maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha «Forbes Global» jurnali mukofotiga sazovor bo‘ldi.
2008-yilning uchinchi choragida Samsung o'zining asosiy raqobatchisi Motorolani (Strategy Analytics) ortda qoldirib, AQSh bozorida uyali telefonlar savdosi bo’yicha birinchi o'rinni egalladi. Korporatsiya, shuningdek, Yevropa bozorida ham muvaffaqiyat qozonib, undan Nokiani chiqarib yubordi.
[Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Issiq suv sovuq suvga nisbatan og‘irroq]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[100 yoshli toshbaqa.]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Gitarani ichki ko'rinishi]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[“Real”ning tirik afsonasi Raul Yevropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Begemotlar fillardan keyingi o‘rinda turadigan eng katta sut emizuvchilardir. Ularning og‘irligi 4 tonnagacha yetadi.]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Vashingtonda qurilayotgan binolar Jorj Vashington haykalidan baland bo‘lib ketmasligi kerak.]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Antarktida materigi. Bu yerdan xohlagan tomonga yursangiz ham faqat shimolga qarab yurasiz]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Niagara sharsharasidan bahramand oling.]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Odam ko'zi haroratni sezmaydi]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Sariq tarvuz Ispaniya, Tailand, va Astraxaniyada yetishtiriladi]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Meduza Turritopsis nutricula — yer yuzidegi yagona o'lmaydigan hayvon]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Yaponiya taxminan 3900 oroldan tashkil topgan.]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]
[Ayol kishining soch diametri erkak kishinikiga nisbatan 2 marta kichikroq.]
📢Kanal [@zakovat_intellekt]