Ilon haqida faktlar

1. Ilon zahri turli tarkibga ega. Biri asab, boshqasi yurak, yana boshqasi organizmdagi alohida a'zolarni ishdan chiqarish xususiyatiga ega.
2. Ilonning jag'i tepasida ikki juft, pastkisida bir juft tishi bo'ladi va ular hayoti davomida o'sishdan to'xtamaydi.
3. Ko'pchilik ilonlarning ko'rish qobiliyati juda past. Ammo sezgi, his qilish imkoniyatlari cheksiz.
4. Ilonlarning eng yirigi «to'rilon» hisoblanadi. Ularning vazni 100 kilo, uzunligi 10 metrgacha yetadi.
5. Ilonlar 500 taga yaqin qovurg'aga ega.
6. Ilonning ichki a'zolari xuddi odamlarniki kabi yonma-yon joylashgan.
7. Olimlarning aniqlashicha, ilonlarning deyarli barcha turlari kar bo'larkan.
8. Ko'pchilik ilon tilini chiqarganda zahar sochadi deb qo'rqadi. Aslida esa aksar ilonlar tilini chiqarganda, zahar sochmaydi. Tishlagan payt zahrini jarohat orasida qoldiradi. Odamni ko'riboq tilini chiqarganda esa, atrofni go'yoki hidlab, o'zi uchun muhim axborot to'playdi.
9. «Qora mamba» iloni asosan Afrikada yashaydi. U dunyodagi eng tezkor va agressiv ilon hisoblanadi. «Yugurgan»da, tezligi soatiga 20 km ni tashkil etadi. Odamga bir tashlanishda ikki-uch joyini baravar tishlashga ulguradi. Afrikaliklarning aytishicha, «qora mamba» eshitish qobiliyatiga ega ekan.
10. «Tupuruvchan ilon» o'ljasini tishlashdan tashqari, zahar tuflash orqali ham o'ldira oladi. Tupurgan zahri uch metr masofagacha yetadi.
11. «Qirollik kobrasi»ning bir tomchi zahri 20 kishini o'ldirish quvvatiga ega. U ilonlar dunyosida o'z bolalarini yeb tirikchilik qiladigan yagona mahluq hisoblanadi.
12. Ilonlarning chap o'pkasi o'ngiga nisbatan ancha katta. Ayrim ilonlarda esa o'ng o'pka umuman bo'lmaydi.
13. Ayrim ilon turlari ovqatga to'yganini bilmaydi. Shuning uchun ular aksar hollarda ovqatga bo'kib o'ladi.
14. Tabiat qo'ynida o'zini o'zi yeydigan ilon turi ham bor. Ular dumiga dushman tegib ketsa bas, dumini yeyishni boshlaydi. Ko'ribsizki, tez fursatda tanasining boshqa qismlarini yeb o'lim topadi.
15. Osiyoda uchar ilonlar bor. Ular qovurg'alari ko'magida bir daraxt shoxidan boshqa daraxt shoxiga uchib bora olishadi. Uchar ilonning parvozi yuz metrgacha yetadi.
Kanallarimizga obuna bo‘ling:
https://t.me/bilishdan_baxtiyormiz https://t.me/zakovat_intellekt https://t.me/SAKKIZINCHI_MOJIZA https://www.youtube.com/channel/UCqHFnDB8VwToFvZZxrY-V6Q/videos ,

Комментарии

Комментариев нет.