• Qalamlar dumaloq, uchqirrali, oltiqirrali va oval shaklda bo‘ladi. Shuningdek, oval shakldagi qalamlarni “duradgorlik qalami” ham deyishadi. U turgan joyidan hech qachon siljib, dumalab ketmaydi, shuningdek, quloqqa qistirib olishga ham juda qulay. • Qo‘ylar, mana kimlar grafit (qalamning chizadigan qora joyi)ni kashf qilishgan. Britan cho‘ponlari qo‘ylarning oq juni qora toshga ishqalanishganda qora bo‘lib qolishini tushunib yetishgan va bu toshni qo‘ylarga belgi berishda ishlatishgan. Bu tosh – tabiiy grafit edi. • Hozirgi kunda Kambriya (Buyuk Britaniya)da qalamlar muzeyi bor. U yerdagi eksponatlardan biri uzunligi 7,91 metr, og‘irligi 446 kg. bo‘lgan ulkan qalamdir. • Ruslarda qalam “карандаш” deyiladi. Ushbu so‘z esa aslida turkiychadan kelib chiqqan bo‘lib, “кара” qora, “таш” tosh, ya’ni “qoratosh”, degan ma’noni bildiradi. • 17,5 santimetrli oddiy qalam bilan 56 kilometrlik chiziq chizish, 45 000 so‘z yozish va 17 marta o‘tkirlash mumkin. • Fransuz matematigi Bernard Lassimon qalam uchini ochgichga 1828-yilda birinchi bo‘lib patent olgan. •NASA kosmosda ham yoza oladigan ruchka ishlab chiqarish uchun bir necha million dollar sarflagan, rus fazogirlari esa fazoda shunchaki qalamda yozishgan. • Bitta daraxtdan 300 000 ta qalam ishlab chiqarish mumkin. • O‘chirg‘ichlar paydo bo‘lguniga qadar yozuvchi va rassomlar xatolarini o‘chirish uchun non bo‘laklaridan foydalanishgan. • Butun dunyo bo‘yicha ishlab chiqariladigan qalamlarning yarmidan ko‘pini Xitoy ishlab chiqaradi. 2004-yilda Xitoy fabrikalari 10 milliarddan ortiq qalam ishlab chiqarishgan. • Heminguey faqat daraxtdan tayyorlangan qalamda yozgan. • Qalamni o‘chirg‘ich bilan birlashtirgan inson Filadelfiyalik Haymen Lipman hisoblanadi. U 1858-yil 30-martda ushbu ixtirosi uchun patent oladi. • Uning ixtirosi hozirgi oxirida kichkinagina o‘chirg‘ichi bor qalamlardan butkul farq qilar edi. Qalam faqat to‘rtdan uch qismini egallagan bo‘lsa, qolgan bir qismini ichiga o‘chirg‘ich joylashtirilgan. O‘chirg‘ich tugab borgan sari, xuddi qalamni o‘tkirlab ochganday, o‘chirg‘ichni ham “ochish”ga to‘g‘ri kelgan. Patentga berilgan arizada Lipman bu ixtirosi o‘chirg‘ichni yo‘qotib qo‘yishga yo‘l bermasligiga urg‘u bergan. • Keyinchalik patent berish idorasida “bu hech qanday ixtiro emas, aksincha allaqachon ixtiro qilib bo‘lingan, qarama-qarshi vazifaga ega ikkita qurilmani birlashtirish”, deb e’lon qilingan. Patent bekor qilingan. Ammo bu davrgacha Lipman 100 ming AQSh dollari miqdorida pul ishlab bo‘lgan edi. https://t.me/zakovat_intellekt
MUXTOR MIRZAQULOV OFFICIAL
:Muxtar Mirzaqulov
Qalam haqida qiziqarli ma’lumotlar
• Qalamlar dumaloq, uchqirrali, oltiqirrali va oval shaklda bo‘ladi. Shuningdek, oval shakldagi qalamlarni “duradgorlik qalami” ham deyishadi. U turgan joyidan hech qachon siljib, dumalab ketmaydi, shuningdek, quloqqa qistirib olishga ham juda qulay.
• Qo‘ylar, mana kimlar grafit (qalamning chizadigan qora joyi)ni kashf qilishgan. Britan cho‘ponlari qo‘ylarning oq juni qora toshga ishqalanishganda qora bo‘lib qolishini tushunib yetishgan va bu toshni qo‘ylarga belgi berishda ishlatishgan. Bu tosh – tabiiy grafit edi.
• Hozirgi kunda Kambriya (Buyuk Britaniya)da qalamlar muzeyi bor. U yerdagi eksponatlardan biri uzunligi 7,91 metr, og‘irligi 446 kg. bo‘lgan ulkan qalamdir.
• Ruslarda qalam “карандаш” deyiladi. Ushbu so‘z esa aslida turkiychadan kelib chiqqan bo‘lib, “кара” qora, “таш” tosh, ya’ni “qoratosh”, degan ma’noni bildiradi.
• 17,5 santimetrli oddiy qalam bilan 56 kilometrlik chiziq chizish, 45 000 so‘z yozish va 17 marta o‘tkirlash mumkin.
• Fransuz matematigi Bernard Lassimon qalam uchini ochgichga 1828-yilda birinchi bo‘lib patent olgan.
•NASA kosmosda ham yoza oladigan ruchka ishlab chiqarish uchun bir necha million dollar sarflagan, rus fazogirlari esa fazoda shunchaki qalamda yozishgan.
• Bitta daraxtdan 300 000 ta qalam ishlab chiqarish mumkin.
• O‘chirg‘ichlar paydo bo‘lguniga qadar yozuvchi va rassomlar xatolarini o‘chirish uchun non bo‘laklaridan foydalanishgan.
• Butun dunyo bo‘yicha ishlab chiqariladigan qalamlarning yarmidan ko‘pini Xitoy ishlab chiqaradi. 2004-yilda Xitoy fabrikalari 10 milliarddan ortiq qalam ishlab chiqarishgan.
• Heminguey faqat daraxtdan tayyorlangan qalamda yozgan.
• Qalamni o‘chirg‘ich bilan birlashtirgan inson Filadelfiyalik Haymen Lipman hisoblanadi. U 1858-yil 30-martda ushbu ixtirosi uchun patent oladi.
• Uning ixtirosi hozirgi oxirida kichkinagina o‘chirg‘ichi bor qalamlardan butkul farq qilar edi. Qalam faqat to‘rtdan uch qismini egallagan bo‘lsa, qolgan bir qismini ichiga o‘chirg‘ich joylashtirilgan. O‘chirg‘ich tugab borgan sari, xuddi qalamni o‘tkirlab ochganday, o‘chirg‘ichni ham “ochish”ga to‘g‘ri kelgan. Patentga berilgan arizada Lipman bu ixtirosi o‘chirg‘ichni yo‘qotib qo‘yishga yo‘l bermasligiga urg‘u bergan.
• Keyinchalik patent berish idorasida “bu hech qanday ixtiro emas, aksincha allaqachon ixtiro qilib bo‘lingan, qarama-qarshi vazifaga ega ikkita qurilmani birlashtirish”, deb e’lon qilingan. Patent bekor qilingan. Ammo bu davrgacha Lipman 100 ming AQSh dollari miqdorida pul ishlab bo‘lgan edi. https://t.me/zakovat_intellekt