: Bilmaslikning foydasi Bir ishbilarmon Janubiy Amerikada tuxum sarig‘icha keladigan olmos sotib oldi. Biroq olmosning o‘rtasida teshik bor edi. Balki birorta jo‘yaliroq maslahat berar degan umidda tadbirkor bir yaxshi zargarning oldiga bordi. Zargar olmosni ko‘rib, zavq bilan bosh silkitdi: – Bu toshni ikkiga bo‘lish mumkin. Undan ikkita brilliant chiqadi va har biri olmosning o‘zidan ko‘ra qimmatroqqa baholanadi. Biroq bitta muammo bor: agar zarb to‘g‘ri berilmasa, bu mo‘jaz mo‘jiza parcha-parcha bo‘lib ketadi. Bu parchalardan yasalgan brilliantlar juda arzon ketadi, to‘g‘risini aytganda, sariq chaqaga qimmat bo‘lib qoladi. Men bunaqa tahlikali ishni bo‘ynimga ololmayman, uzr. Ishbilarmon bu masalada o‘zi safar qilgan juda ko‘p mamlakatlardagi zargarlarga murojaat qildi. Ammo ular ham xuddi shu gapni deyarli takrorladi. Oxiri unga Amsterdamdagi keksa va mohir zargarga uchrashni tavsiya etishdi. Ishbilarmon ta’rifi ketgan zargarning huzuriga yo‘l oldi. Usta durbin-monokli bilan olmosga yaxshilab tikilgach, boshqalar singari bu ishning tahlikali jihatlari haqida so‘zlay ketdi. Ishbilarmon zargarning so‘zini kesib, bu gaplarni ko‘p va xo‘b eshitgani, deyarli yod bilishini aytdi. Zargar ishni olishga ko‘ndi, narxini ham belgiladi. Tosh egasi narx-navoga rozi bo‘lgach, usta uzoqroqda o‘zlariga orqa qilib ishlab o‘tirgan shogirdini chaqirdi. Ustozidan kerakli topshiriqni olgan shogird toshni kaftiga qo‘yib, bolg‘acha bilan urdi. Ikkiga bo‘lingan toshga e’tibor ham bermay ustoziga qaytarib berdi. Ishbilarmon hayratini yashirolmadi: – Zo‘r-ku, bu yigit sizda qachondan beri ishlaydi? – Endi uchinchi kun. U bu toshning haqiqiy bahosini bilmaydi. Shu sababli qo‘rqmay, qo‘llari qaltiramay ishga kirishdi, – deb javob berdi nuroniy zargar. Bizning manzil: 🎓 @zakovat_intellekt Apple kompaniyasi ish jarayoni haqida qiziqarli faktlar  Apple kompaniyasida qonuniy ishlaydigan, har xil soha vakillari mavjud: sport fotograflari, xujjatli kino rejissyorlari, muzikant, medsesstra, ssenariy mualliflari, fizik-teorik va boshqalar; Apple ishchilari uchun yagona bepul yegulik olma hisoblanadi. Apple kompaniyasida ish jarayoni qat'iy belgilanmagan va rasmiy ko'rinishga ega emas, bu degani har xil rasmiy majlislar kamdan kam o'tkaziladi deganidir; Kompaniya ishchilari uchun statistika katta ahamiyatga ega, u yerda katta oq doska mavjud bo'lib, statistik ma'lumotlar doimiy ravishda o'zgarib turadi. Apple kompaniyasida birinchi ish kunini boshlagan ishchilar, kompaniya tomonidan berilgan Apple logotipiga ega futbolka kiyib yurishlari shart. Bu albatta barchadan ajralib turish uchun. Ko'p yangi ishchilar asosan o'ylab topilgan, kerak bo'lmagan loyihalar ustida ishlashadi. Bu haqida ular vazifani topshirish davomida bilib qolishadi. Bu orqali ish beruvchi, yangi ishchilarni dunyoqarashi, fikrlashi va albatta sabrini sinab olishar ekan. Apple'ga ishga kirish suhbati unchalik murakkab emas. Apple'ning sobiq ishchisi Apple, Yahoo, Akamai, Amazon kompaniyalariga ishga kirishdagi suhbatni solishtirib, aytishicha, oxirgi uchun kompaniyaga ishga kirish birmuncha qiyin ekan. Apple'ga kirish emas, ishlash qiyin ekan. U yerda grafik vaqt yo'q, tushlik paytida ham, dam olish vaqtlarida ham, hattoki tunda ham ishlashga to'g'ri kelib qolar ekan. Tushlik uchun kompaniya pizza, gamburger hattoki pivo ham olib berar ekan, bu degani kechasi bilan ish bor deganidir ). Bizning manzil: 🎓 @zakovat_intellekt KARAM HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR… 1. Karam sharbatidan kosmetologiyada keng foydalanishadi. Aytishlaricha, u inson terisini yoshartirishda muhim ahamiyat kasb etarkan. 2. Dunyoda karamning 100 dan ortiq turi mavjud. Pekin, brokkoli, rangli, savoy, bryussel va kolrabi karamlari ayniqsa, aholi tarafidan sevib istemol qilinadi. 3. Karam tarkibidagi U vitamini saraton, oshqozon-ichak xastaliklarini davolashda kuchli ta'sirga ega. 4. Qadimiy yunonlar karamni ichkilikdan keyingi holatni me'yorga keltirishda tengsiz, ya'ni, hushyorlik, sergaklik belgisi sifatida yuqori baholashgan. 5. Yaponiyada karam nafaqat oziq-ovqat sifatida ekiladi, balki go'zallik ramzi sifatida ham qadrlanadi. 6. Karam ortiqcha vazndan xalos bo'lishda muhim rol o'ynaydi. Karam sharbatidan tibbiyotda shamollashga va mikroblarga qarshi vosita sifatida keng foydalanishadi. U oshqozon yarasi hamda gastritni davolashda ham tengsizdir. 7. Karam tarkibida tarvuzga nisbatan ko'proq nitratlar mavjud. 8. Qadimiy rimliklar karamdan faqat katta bayramlardagina taomlar pishirishgan. 9. Xitoyliklar dunyoda birinchi bo'lib nordon karam turini o'ylab topishgan. Uni sharobga to'yintirgach, Buyuk Xitoy devorini qurgan qullarga berishgan. 10. Karam organizmdagi ortiqcha tuzlarni yo'q qilish xususiyatiga ega. Bizning manzil: 🎓 @zakovat_intellekt PSIXOLOGIK FAKTLAR 1. Yangi qalam yoki ruchka bilan yozishni taklif qilishganda, 97% odamlar o‘z ismlarini yozadilar. 2. Agar biror kishi bo‘lar-bo‘lmasga kulaversa, u ich-ichidan yolg‘iz insondir. 3. Bosh barmog‘ingizni barcha barmoqlaringiz orqasida yashirish - bu asabiylikning alomatidir, bu odam guruhda e’tibor berilmaslikni xohlayotganligini ko‘rsatadi. 4. Psixologiyada aytilishicha, birinchi taassurot har doim birinchi 7 soniyada bo‘ladi. 5. Bizning vaziyatga bo‘lgan munosabatimiz tom ma’noda vaziyatni o‘zgartirishga qodir ekanligi isbotlangan. 6. O‘zini g‘amxo‘r qilib ko‘rsatmaslik, eng ko‘p g‘amxo‘rlik qiladigan kishining odatidir. 7. Salbiy fikrlaringizni qog‘ozga yozib, ularni axlatga tashlash sizning kayfiyatingizni yaxshilaydi. 8. 90% tartibsiz yozadigan insonlar hayotda juda kreativdirlar. 9. Apelsinni iste’mol qilish stressni kamaytirishi isbotlangan. Shuning uchun shifokorlar ishga ketishdan oldin apelsin yeyishni tavsiya qiladi. 10. Hech qachon o‘z maqsadlaringizni hech kimga aytmang. Chunki maqsadingizni aytganingizda miyangiz uni qulog‘ingiz orqali eshitadi va o‘sha maqsadni allaqachon bajarilgandek hisoblaydi, natijada sizda o‘sha maqsadni amalga oshirishga bo‘lgan ishtiyoq kamayadi. Bizning manzil: 🎓 @zakovat_intellekt Biologik Rekordlar -Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon kok kitdir. Uning ogirligi 150 tonna, uzunligi 30 m. Bir kecha kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Eng qizigi kok kitning tishlari bolmaydi, u faqat planktonlar bilan oziqlanadi. -Dunyodagi eng katta gul Raffleziya Arnoldi bolib, u gulni Sumatra orolida Raffleziya va Arnoldi birinchi bolib ucharatgan va ozlarining nomini bergan. Gulning diametri – 1 m. -Dunyodagi eng katta quruqlikdagi hayvon fildir. Xartumlilar turkumiga kiruvchi bu hayvon 4-5 tonna yuk bosadi. -Dunyodagi eng katta yongoq hosil qiluvchi daraxt Seyshel orolida osuvchi seyshel palmasi bolib, 13-25 kg tosh bosadigan yongoqlarni hosil qiladi. -Dunyodagi eng kichkina gul volffiya bolib, gulining diametri 1 mm, ya’ni taxminan tognogichning uchiday keladi. -Dunyodagi eng katta qush Afrika tuyaqushi bolib, boyi 3 m, ogirligi 100 kg ni, tuxumi esa 1409 gr ni tashkil qildi. Tuyaqush uzun va baquvvat oyoqlari yordamida soatiga 60-70 km tezlik bilan yugura oladi. -Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqasi bolib, uning ogirligi 300 kgni tashkil qiladi. -Dunyodagi eng katta ikki pallali molluska dengizlarda yashaydigan tridakna deb nomlangan molluska bolib, vazni 250 kg ga yetishi aniqlangan. -Dunyodagi eng katta akula kitsimon akula bolib, uzunligi 12-20 metrni, ogirligi 15-20 tonnani tashkil qiladi. -Dunyodagi eng kichik akula tikanli akula bolib, uzunligi 40-45 smni tashkil qiladi. -Dunyodagi eng kop elektr tokini ishlab chiqaradigan hayvonlar tropik dengizlarda uchraydigan kichikroq skatlar bolib, 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan azosi bor. -Dunyodagi eng katta kurakoyoqli – morj bolib, tanasining uzunligi 4 m ga, vazni esa 2000 kg ga yetadi. Uning yuqori jagida pastga qarab osgan 40-70 sm li tishi bor. -Dunyodagi eng katta daraxtlar Avstraliya evkolipti bilan sekvoyadendron daraxtlaridir. Eng baland evkaliptning balandligi 155 m, sekvoyadendronniki esa 142 m ni tashkil qiladi. Shunday yirik daraxt mittigina urugdan unib chiqadi. Uning bitta qubbasida 200 tacha urug boladi, 196 ming urug esa 1 kg ni tashkil qiladi. -Dunyodagi eng kichik qush nektarxor (kolibri) bolib, bu qush faqat gul nektari bilan oziqlanadi. Ogirligi bor yogi 1,5 gr. -Dunyodagi eng katta qirqquloq (paporotnik) daraxtsimon bolib, Yangi Zelandiyada osadi, bu osimlik spatiya turkumiga mansub, balandligi 24 metrga yetadi. -Dunyodagi eng katta xanjarsimon mevali osimlik Malayziyada osadigan oroksalondir. Uning balandligi 18 metr. Mevasining uzunligi 60-120 sm eni 8 sm keladi. -Dunyodagi eng katta ilon anakonda bolib, uzunligi 11.4 metr keladi. Eng qizigi bu ilon 100 taga yaqin tirik tuxum tugadi. -Dunyodagi eng zaxarli ilon yolbars ilon bolib, Tasmaniyada yashaydigan ushbu bitta ilonning zaxari 400 kishini oldirar ekan. -Dunyodagi eng katta kaltakesak Komod va Flores(Indaneziya) orollarida yashaydigan komod echkiemari bolib, uzunligi 3,66 m, ogirligi esa 160 kg keladi. Eng qizigi uning odamlarga ham xujum qilishidir. -Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqalaridan bolgan terili toshbaqadir(Dermocheys coriacea). Bu jonivorning ogirligi 600 kgdir. -Dunyodagi eng katta baqa Garbiy Amerikada, Kamerun va Angolada yashovchi goliaf baqa(Rana goliath)si bolib, uzunligi 76 sm, boshi 33 sm, oyoqlarining uzunligi 44,5 sm, ogirligi 5 kg dir. -Dunyodagi eng uzoq umr koruvchi jonzod bakteriyalar bolsa kerak. Ular noqulay sharoitda spora hosil qiladi. Bu sporalar quruq joyda ming yillab hayotiychanlik hususiyatini yoqotmaydi. -Dunyodagi eng tez suzuvchi qush pingvindir. Bu ajoyib qush soatiga 36 km tezlik bilan suzadi. -Dunyodagi eng katta maymun gorilla bolib, boyi 2m. Ogirligi 260 kg yetadi. -Dunyodagi eng yirik tungi kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm ga yetishi bois ko’pincha ko’rganlar uni qush deb o’ylashadi. Bizning manzil: 🎓 @zakovat_intellekt -Dunyodagi eng tez uchuvchi hasharot ninachi hisoblanadi. Uning harakatining tezligi 57 km/soatga yetadi. -Dunyodagi eng katta ari yapon qovoqarisidir, uzunligi 7 sm. Ozidan ikki barobar katta hashorot tanasini ham daxshatli jaglari yordamida kesib tashlaydi. Har yili Yaponiyada 40 kishi bu arilarning hujumidan vafot etadi. Qorin qismidan otilib chiqadigan zahar insonni oldiradigan darajada kuchlidir. -Dunyodagi eng katta kemiruvchi hayvon Janubiy Amerikada yashovchi qunduzsimon kapibaradir. Bu jonivorning ogirligi 60 kilogrammga yetadi. -Dunyodagi eng katta molekula ham organik olamga tegishli bolib, bu DNK va RNKdir. -Dunyodagi eng katta tirnoqlar ayiqsimonlarga tegishlidir. -Dunyodagi eng jasur hayvon deb Ginnesning rekordlar kitobiga mitti asalxor kiritilgan. Bu hayvon yolida uchragan barcha hayvonlarni ilonlarni, kemiruvchilarni va hakozolar bilan oziqlanib ketaveradi. Bu hayvon asalxor emas, balki asalari lichinkasi bilan oziqlanadi. Ilon zahri tasir ham qilmaydi. -Dunyodagi eng katta hujayra tuyaqush tuxumi bolib, ogirligi 1409-1500 gr gacha chiqadi. -Dunyodagi eng katta barg rafiya palmasiga tegishli bolib, chodirdek keladigan bitta bargining uzunligi 22 m, eni 12 m, bargining bandi esa 5 m ga yetadi. -Dunyodagi eng katta ignabarg Himolay toglarida osadigan pinus logifoliya nomli qaragay barglaridir. Bir dona ignabargining uzunligi 30 sm ga yetadi. -Dunyodagi eng kop barglari yashaydigan osimlik Afrikada osadigan velvichiyadir. Uning 2-3 ta tasmasimon barglari, 100 yilgacha osib turadi. -Dunyodagi eng katta topgul Hindistonda osadigan tallipot palmasi bolib, topgulining uzunligi 14 m, aylanasi esa 12 m ga yetadi. -Dunyodagi eng boyi uzun suv oti Tinch okeanida osadigan makrotsistis bolib, uzunligi 60 m, bu osimlik sutkasiga 45 sm tezlik bilan osadi. -Dunyodagi eng sekin osadigan osimlik qutb lishaynigidir. Bu osimlik yuz yilda 2,5 sm osadi. Ozi esa 4500 yil umr koradi. -Dunyodagi eng tez osadigan osimlik bambuk bolib, bir kecha kunduzda 90 sm ga osadi. Eng qizigi bambuk daraxt emas balki ot osimlikdir. Balandligi 18 metrga yetadi. -Dunyodagi eng havfli mollyuska Hind okeanida yashaydi, bu molluskalar zaharli haltachasi bo`lib, juda ham kuchli zahar ajratadi. Shuning uchun bularni jahanam vampirlari deb atashadi. -Dunyodagi eng tili uzun hayvon jirafadir. Uning tili uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat – ko’pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko’p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar jirafaning tuyaga nisbatan ko’proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi. Bizning manzil: 🎓 @zakovat_intellekt QADIMIY MISR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR 1. Qadimiy misrliklar piramidalar bunyod etgan mahal yer yuzida mamontlar bor edi. Ular 4 ming yillar burun qirilib ketgan. Qadimiy Misr podsholigi esa bundan 6 ming yil oldin tashkil etilgan. 2. Qadimiy Misrda bolalar to o'smir yoshiga yetguncha qip-yalang'och yurgan. Bit tushmasligi uchun sochlarini ham qirib tashlashgan. Nomigagina bitta kokil qoldirishgan xolos. 3. Qadimiy Misrda ayollar erkaklar bilan baravar huquqqa ega bo'lgan. 4. Nikoh shartnomasi aynan Qadimiy Misrda o'ylab topilgan. Shunga ko'ra ajrashayotgan er-xotin mol-mulkni bo'lishib olgan. 5. Qadimiy Misrda yostiq ichini qush pati emas, mayda toshlar bilan to'ldirishgan. 6. Qadimiy Misrning mashhur kishilari o'zgalardan sochlarini berkitib yurgan. Bu o'sha davrda boylar, mashhurlar uchun urf hisoblangan. 7. Qadimiy Misr hukmdorlari asosan o'z aka va singillari bilan nikohdan o'tgan. Shu yo'l bilan taxtga da'vogarlar kamayishini ta'minlashgan. 8. Qadimiy Misr erkaklari yozda albatta yubkada yurgan. 9. Dunyodagi ilk politsiyachilar xuddi shu Qadimiy Misrda paydo bo'lgan. 10. Velosipedning spitsali g'ildiraklarini ham Qadimiy Misrliklar yaratgan. 11. Nikoh uzugini nomsiz barmoqqa taqish odati dunyoda birinchilardan bo'lib Qadimiy Misrda o'ylab topilgan. 12. Qadimiy Misrliklar aloqachi sifatida kabutarlardan unumli foydalanishgan. 13. Qadimiy Misrliklar hech qachon tug'ilgan kunini bayram qilmagan. 14. Qadimiy Misrda tibbiyot, ayniqsa, jarrohlik juda taraqqiy etgan. 15. Aytishlaricha, pivoni ham aslida qadimiy misrliklar o'ylab topgan ekan. 16. Qadimiy Misrliklar dunyoda birinchilardan bo'lib beton, poshnali tufli, taroq, sovun va tish tozalash kukuni yaratishgan. 17. Qadimiy Misr firavnlaridan biri Ramzes II 90 yil umr ko'rgan. 70 yil davlatni boshqargan va hayoti davomida yuzdan ortiq farzand ko'rgan. 18. Qadimiy Misrni eng uzoq vaqt boshqargan firavn Pepi II hisoblanadi. U 88 yil taxtda o'tirgan. Bizning manzil: 🎓 @zakovat_intellekt
MUXTOR MIRZAQULOV OFFICIAL
:Muxtar Mirzaqulov
TAFAKKURDAN TOMGAN TOMCHILAR!!!
:
Bilmaslikning foydasi
Bir ishbilarmon Janubiy Amerikada tuxum sarig‘icha keladigan olmos sotib oldi. Biroq olmosning o‘rtasida teshik bor edi. Balki birorta jo‘yaliroq maslahat berar degan umidda tadbirkor bir yaxshi zargarning oldiga bordi. Zargar olmosni ko‘rib, zavq bilan bosh silkitdi:
– Bu toshni ikkiga bo‘lish mumkin. Undan ikkita brilliant chiqadi va har biri olmosning o‘zidan ko‘ra qimmatroqqa baholanadi. Biroq bitta muammo bor: agar zarb to‘g‘ri berilmasa, bu mo‘jaz mo‘jiza parcha-parcha bo‘lib ketadi. Bu parchalardan yasalgan brilliantlar juda arzon ketadi, to‘g‘risini aytganda, sariq chaqaga qimmat bo‘lib qoladi. Men bunaqa tahlikali ishni bo‘ynimga ololmayman, uzr.
Ishbilarmon bu masalada o‘zi safar qilgan juda ko‘p mamlakatlardagi zargarlarga murojaat qildi. Ammo ular ham xuddi shu gapni deyarli takrorladi. Oxiri unga Amsterdamdagi keksa va mohir zargarga uchrashni tavsiya etishdi. Ishbilarmon ta’rifi ketgan zargarning huzuriga yo‘l oldi. Usta durbin-monokli bilan olmosga yaxshilab tikilgach, boshqalar singari bu ishning tahlikali jihatlari haqida so‘zlay ketdi. Ishbilarmon zargarning so‘zini kesib, bu gaplarni ko‘p va xo‘b eshitgani, deyarli yod bilishini aytdi. Zargar ishni olishga ko‘ndi, narxini ham belgiladi.
Tosh egasi narx-navoga rozi bo‘lgach, usta uzoqroqda o‘zlariga orqa qilib ishlab o‘tirgan shogirdini chaqirdi. Ustozidan kerakli topshiriqni olgan shogird toshni kaftiga qo‘yib, bolg‘acha bilan urdi. Ikkiga bo‘lingan toshga e’tibor ham bermay ustoziga qaytarib berdi. Ishbilarmon hayratini yashirolmadi:
– Zo‘r-ku, bu yigit sizda qachondan beri ishlaydi?
– Endi uchinchi kun. U bu toshning haqiqiy bahosini bilmaydi. Shu sababli qo‘rqmay, qo‘llari qaltiramay ishga kirishdi, – deb javob berdi nuroniy zargar.
Bizning manzil: 🎓
@zakovat_intellekt
Apple kompaniyasi ish jarayoni haqida qiziqarli faktlar

Apple kompaniyasida qonuniy ishlaydigan, har xil soha vakillari mavjud: sport fotograflari, xujjatli kino rejissyorlari, muzikant, medsesstra, ssenariy mualliflari, fizik-teorik va boshqalar;
Apple ishchilari uchun yagona bepul yegulik olma hisoblanadi.
Apple kompaniyasida ish jarayoni qat'iy belgilanmagan va rasmiy ko'rinishga ega emas, bu degani har xil rasmiy majlislar kamdan kam o'tkaziladi deganidir;
Kompaniya ishchilari uchun statistika katta ahamiyatga ega, u yerda katta oq doska mavjud bo'lib, statistik ma'lumotlar doimiy ravishda o'zgarib turadi.
Apple kompaniyasida birinchi ish kunini boshlagan ishchilar, kompaniya tomonidan berilgan Apple logotipiga ega futbolka kiyib yurishlari shart. Bu albatta barchadan ajralib turish uchun.
Ko'p yangi ishchilar asosan o'ylab topilgan, kerak bo'lmagan loyihalar ustida ishlashadi. Bu haqida ular vazifani topshirish davomida bilib qolishadi. Bu orqali ish beruvchi, yangi ishchilarni dunyoqarashi, fikrlashi va albatta sabrini sinab olishar ekan.
Apple'ga ishga kirish suhbati unchalik murakkab emas. Apple'ning sobiq ishchisi Apple, Yahoo, Akamai, Amazon kompaniyalariga ishga kirishdagi suhbatni solishtirib, aytishicha, oxirgi uchun kompaniyaga ishga kirish birmuncha qiyin ekan.
Apple'ga kirish emas, ishlash qiyin ekan. U yerda grafik vaqt yo'q, tushlik paytida ham, dam olish vaqtlarida ham, hattoki tunda ham ishlashga to'g'ri kelib qolar ekan.
Tushlik uchun kompaniya pizza, gamburger hattoki pivo ham olib berar ekan, bu degani kechasi bilan ish bor deganidir ).
Bizning manzil: 🎓
@zakovat_intellekt
KARAM HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…
1. Karam sharbatidan kosmetologiyada keng foydalanishadi. Aytishlaricha, u inson terisini yoshartirishda muhim ahamiyat kasb etarkan.
2. Dunyoda karamning 100 dan ortiq turi mavjud. Pekin, brokkoli, rangli, savoy, bryussel va kolrabi karamlari ayniqsa, aholi tarafidan sevib istemol qilinadi.
3. Karam tarkibidagi U vitamini saraton, oshqozon-ichak xastaliklarini davolashda kuchli ta'sirga ega.
4. Qadimiy yunonlar karamni ichkilikdan keyingi holatni me'yorga keltirishda tengsiz, ya'ni, hushyorlik, sergaklik belgisi sifatida yuqori baholashgan.
5. Yaponiyada karam nafaqat oziq-ovqat sifatida ekiladi, balki go'zallik ramzi sifatida ham qadrlanadi.
6. Karam ortiqcha vazndan xalos bo'lishda muhim rol o'ynaydi. Karam sharbatidan tibbiyotda shamollashga va mikroblarga qarshi vosita sifatida keng foydalanishadi. U oshqozon yarasi hamda gastritni davolashda ham tengsizdir.
7. Karam tarkibida tarvuzga nisbatan ko'proq nitratlar mavjud.
8. Qadimiy rimliklar karamdan faqat katta bayramlardagina taomlar pishirishgan.
9. Xitoyliklar dunyoda birinchi bo'lib nordon karam turini o'ylab topishgan. Uni sharobga to'yintirgach, Buyuk Xitoy devorini qurgan qullarga berishgan.
10. Karam organizmdagi ortiqcha tuzlarni yo'q qilish xususiyatiga ega.
Bizning manzil: 🎓
@zakovat_intellekt
PSIXOLOGIK FAKTLAR
1. Yangi qalam yoki ruchka bilan yozishni taklif qilishganda, 97% odamlar o‘z ismlarini yozadilar.
2. Agar biror kishi bo‘lar-bo‘lmasga kulaversa, u ich-ichidan yolg‘iz insondir.
3. Bosh barmog‘ingizni barcha barmoqlaringiz orqasida yashirish - bu asabiylikning alomatidir, bu odam guruhda e’tibor berilmaslikni xohlayotganligini ko‘rsatadi.
4. Psixologiyada aytilishicha, birinchi taassurot har doim birinchi 7 soniyada bo‘ladi.
5. Bizning vaziyatga bo‘lgan munosabatimiz tom ma’noda vaziyatni o‘zgartirishga qodir ekanligi isbotlangan.
6. O‘zini g‘amxo‘r qilib ko‘rsatmaslik, eng ko‘p g‘amxo‘rlik qiladigan kishining odatidir.
7. Salbiy fikrlaringizni qog‘ozga yozib, ularni axlatga tashlash sizning kayfiyatingizni yaxshilaydi.
8. 90% tartibsiz yozadigan insonlar hayotda juda kreativdirlar.
9. Apelsinni iste’mol qilish stressni kamaytirishi isbotlangan. Shuning uchun shifokorlar ishga ketishdan oldin apelsin yeyishni tavsiya qiladi.
10. Hech qachon o‘z maqsadlaringizni hech kimga aytmang. Chunki maqsadingizni aytganingizda miyangiz uni qulog‘ingiz orqali eshitadi va o‘sha maqsadni allaqachon bajarilgandek hisoblaydi, natijada sizda o‘sha maqsadni amalga oshirishga bo‘lgan ishtiyoq kamayadi.
Bizning manzil: 🎓
@zakovat_intellekt
Biologik Rekordlar
-Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon kok kitdir. Uning ogirligi 150 tonna, uzunligi 30 m. Bir kecha kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Eng qizigi kok kitning tishlari bolmaydi, u faqat planktonlar bilan oziqlanadi. -Dunyodagi eng katta gul Raffleziya Arnoldi bolib, u gulni Sumatra orolida Raffleziya va Arnoldi birinchi bolib ucharatgan va ozlarining nomini bergan. Gulning diametri – 1 m. -Dunyodagi eng katta quruqlikdagi hayvon fildir. Xartumlilar turkumiga kiruvchi bu hayvon 4-5 tonna yuk bosadi. -Dunyodagi eng katta yongoq hosil qiluvchi daraxt Seyshel orolida osuvchi seyshel palmasi bolib, 13-25 kg tosh bosadigan yongoqlarni hosil qiladi. -Dunyodagi eng kichkina gul volffiya bolib, gulining diametri 1 mm, ya’ni taxminan tognogichning uchiday keladi. -Dunyodagi eng katta qush Afrika tuyaqushi bolib, boyi 3 m, ogirligi 100 kg ni, tuxumi esa 1409 gr ni tashkil qildi. Tuyaqush uzun va baquvvat oyoqlari yordamida soatiga 60-70 km tezlik bilan yugura oladi. -Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqasi bolib, uning ogirligi 300 kgni tashkil qiladi. -Dunyodagi eng katta ikki pallali molluska dengizlarda yashaydigan tridakna deb nomlangan molluska bolib, vazni 250 kg ga yetishi aniqlangan. -Dunyodagi eng katta akula kitsimon akula bolib, uzunligi 12-20 metrni, ogirligi 15-20 tonnani tashkil qiladi. -Dunyodagi eng kichik akula tikanli akula bolib, uzunligi 40-45 smni tashkil qiladi. -Dunyodagi eng kop elektr tokini ishlab chiqaradigan hayvonlar tropik dengizlarda uchraydigan kichikroq skatlar bolib, 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan azosi bor. -Dunyodagi eng katta kurakoyoqli – morj bolib, tanasining uzunligi 4 m ga, vazni esa 2000 kg ga yetadi. Uning yuqori jagida pastga qarab osgan 40-70 sm li tishi bor. -Dunyodagi eng katta daraxtlar Avstraliya evkolipti bilan sekvoyadendron daraxtlaridir. Eng baland evkaliptning balandligi 155 m, sekvoyadendronniki esa 142 m ni tashkil qiladi. Shunday yirik daraxt mittigina urugdan unib chiqadi. Uning bitta qubbasida 200 tacha urug boladi, 196 ming urug esa 1 kg ni tashkil qiladi. -Dunyodagi eng kichik qush nektarxor (kolibri) bolib, bu qush faqat gul nektari bilan oziqlanadi. Ogirligi bor yogi 1,5 gr. -Dunyodagi eng katta qirqquloq (paporotnik) daraxtsimon bolib, Yangi Zelandiyada osadi, bu osimlik spatiya turkumiga mansub, balandligi 24 metrga yetadi. -Dunyodagi eng katta xanjarsimon mevali osimlik Malayziyada osadigan oroksalondir. Uning balandligi 18 metr. Mevasining uzunligi 60-120 sm eni 8 sm keladi. -Dunyodagi eng katta ilon anakonda bolib, uzunligi 11.4 metr keladi. Eng qizigi bu ilon 100 taga yaqin tirik tuxum tugadi. -Dunyodagi eng zaxarli ilon yolbars ilon bolib, Tasmaniyada yashaydigan ushbu bitta ilonning zaxari 400 kishini oldirar ekan. -Dunyodagi eng katta kaltakesak Komod va Flores(Indaneziya) orollarida yashaydigan komod echkiemari bolib, uzunligi 3,66 m, ogirligi esa 160 kg keladi. Eng qizigi uning odamlarga ham xujum qilishidir. -Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqalaridan bolgan terili toshbaqadir(Dermocheys coriacea). Bu jonivorning ogirligi 600 kgdir. -Dunyodagi eng katta baqa Garbiy Amerikada, Kamerun va Angolada yashovchi goliaf baqa(Rana goliath)si bolib, uzunligi 76 sm, boshi 33 sm, oyoqlarining uzunligi 44,5 sm, ogirligi 5 kg dir. -Dunyodagi eng uzoq umr koruvchi jonzod bakteriyalar bolsa kerak. Ular noqulay sharoitda spora hosil qiladi. Bu sporalar quruq joyda ming yillab hayotiychanlik hususiyatini yoqotmaydi. -Dunyodagi eng tez suzuvchi qush pingvindir. Bu ajoyib qush soatiga 36 km tezlik bilan suzadi. -Dunyodagi eng katta maymun gorilla bolib, boyi 2m. Ogirligi 260 kg yetadi. -Dunyodagi eng yirik tungi kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm ga yetishi bois ko’pincha ko’rganlar uni qush deb o’ylashadi.
Bizning manzil: 🎓
@zakovat_intellekt
-Dunyodagi eng tez uchuvchi hasharot ninachi hisoblanadi. Uning harakatining tezligi 57 km/soatga yetadi. -Dunyodagi eng katta ari yapon qovoqarisidir, uzunligi 7 sm. Ozidan ikki barobar katta hashorot tanasini ham daxshatli jaglari yordamida kesib tashlaydi. Har yili Yaponiyada 40 kishi bu arilarning hujumidan vafot etadi. Qorin qismidan otilib chiqadigan zahar insonni oldiradigan darajada kuchlidir. -Dunyodagi eng katta kemiruvchi hayvon Janubiy Amerikada yashovchi qunduzsimon kapibaradir. Bu jonivorning ogirligi 60 kilogrammga yetadi. -Dunyodagi eng katta molekula ham organik olamga tegishli bolib, bu DNK va RNKdir. -Dunyodagi eng katta tirnoqlar ayiqsimonlarga tegishlidir. -Dunyodagi eng jasur hayvon deb Ginnesning rekordlar kitobiga mitti asalxor kiritilgan. Bu hayvon yolida uchragan barcha hayvonlarni ilonlarni, kemiruvchilarni va hakozolar bilan oziqlanib ketaveradi. Bu hayvon asalxor emas, balki asalari lichinkasi bilan oziqlanadi. Ilon zahri tasir ham qilmaydi. -Dunyodagi eng katta hujayra tuyaqush tuxumi bolib, ogirligi 1409-1500 gr gacha chiqadi. -Dunyodagi eng katta barg rafiya palmasiga tegishli bolib, chodirdek keladigan bitta bargining uzunligi 22 m, eni 12 m, bargining bandi esa 5 m ga yetadi. -Dunyodagi eng katta ignabarg Himolay toglarida osadigan pinus logifoliya nomli qaragay barglaridir. Bir dona ignabargining uzunligi 30 sm ga yetadi. -Dunyodagi eng kop barglari yashaydigan osimlik Afrikada osadigan velvichiyadir. Uning 2-3 ta tasmasimon barglari, 100 yilgacha osib turadi. -Dunyodagi eng katta topgul Hindistonda osadigan tallipot palmasi bolib, topgulining uzunligi 14 m, aylanasi esa 12 m ga yetadi. -Dunyodagi eng boyi uzun suv oti Tinch okeanida osadigan makrotsistis bolib, uzunligi 60 m, bu osimlik sutkasiga 45 sm tezlik bilan osadi. -Dunyodagi eng sekin osadigan osimlik qutb lishaynigidir. Bu osimlik yuz yilda 2,5 sm osadi. Ozi esa 4500 yil umr koradi. -Dunyodagi eng tez osadigan osimlik bambuk bolib, bir kecha kunduzda 90 sm ga osadi. Eng qizigi bambuk daraxt emas balki ot osimlikdir. Balandligi 18 metrga yetadi. -Dunyodagi eng havfli mollyuska Hind okeanida yashaydi, bu molluskalar zaharli haltachasi bo`lib, juda ham kuchli zahar ajratadi. Shuning uchun bularni jahanam vampirlari deb atashadi. -Dunyodagi eng tili uzun hayvon jirafadir. Uning tili uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat – ko’pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko’p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar jirafaning tuyaga nisbatan ko’proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi.
Bizning manzil: 🎓
@zakovat_intellekt
QADIMIY MISR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Qadimiy misrliklar piramidalar bunyod etgan mahal yer yuzida mamontlar bor edi. Ular 4 ming yillar burun qirilib ketgan. Qadimiy Misr podsholigi esa bundan 6 ming yil oldin tashkil etilgan.
2. Qadimiy Misrda bolalar to o'smir yoshiga yetguncha qip-yalang'och yurgan. Bit tushmasligi uchun sochlarini ham qirib tashlashgan. Nomigagina bitta kokil qoldirishgan xolos.
3. Qadimiy Misrda ayollar erkaklar bilan baravar huquqqa ega bo'lgan.
4. Nikoh shartnomasi aynan Qadimiy Misrda o'ylab topilgan. Shunga ko'ra ajrashayotgan er-xotin mol-mulkni bo'lishib olgan.
5. Qadimiy Misrda yostiq ichini qush pati emas, mayda toshlar bilan to'ldirishgan.
6. Qadimiy Misrning mashhur kishilari o'zgalardan sochlarini berkitib yurgan. Bu o'sha davrda boylar, mashhurlar uchun urf hisoblangan.
7. Qadimiy Misr hukmdorlari asosan o'z aka va singillari bilan nikohdan o'tgan. Shu yo'l bilan taxtga da'vogarlar kamayishini ta'minlashgan.
8. Qadimiy Misr erkaklari yozda albatta yubkada yurgan.
9. Dunyodagi ilk politsiyachilar xuddi shu Qadimiy Misrda paydo bo'lgan.
10. Velosipedning spitsali g'ildiraklarini ham Qadimiy Misrliklar yaratgan.
11. Nikoh uzugini nomsiz barmoqqa taqish odati dunyoda birinchilardan bo'lib Qadimiy Misrda o'ylab topilgan.
12. Qadimiy Misrliklar aloqachi sifatida kabutarlardan unumli foydalanishgan.
13. Qadimiy Misrliklar hech qachon tug'ilgan kunini bayram qilmagan.
14. Qadimiy Misrda tibbiyot, ayniqsa, jarrohlik juda taraqqiy etgan.
15. Aytishlaricha, pivoni ham aslida qadimiy misrliklar o'ylab topgan ekan.
16. Qadimiy Misrliklar dunyoda birinchilardan bo'lib beton, poshnali tufli, taroq, sovun va tish tozalash kukuni yaratishgan.
17. Qadimiy Misr firavnlaridan biri Ramzes II 90 yil umr ko'rgan. 70 yil davlatni boshqargan va hayoti davomida yuzdan ortiq farzand ko'rgan.
18. Qadimiy Misrni eng uzoq vaqt boshqargan firavn Pepi II hisoblanadi. U 88 yil taxtda o'tirgan.
Bizning manzil: 🎓
@zakovat_intellekt