Muxtor Mirzaqulov sizlar uchun bir-biridan qiziqarli hikoyalarni taqdim etishni davom etadi
Qadimda Kavkaz taraflarda uzoq yillar birga yashashgan bo‘lsalar-da, biron bir janjal nimaligini bilmaydigan chol-kampir o‘tgan edilar. Juda axil bo‘lgan bu oilaga odamlar xavas bilan qarashar edi. Bir kuni shuncha yil xech bir nizo janjalsiz kechirilgan turmushning sirini so‘rashdi. Momo xikoya qiladilar: - Qizligimda meni so‘rab qo‘shni qishloqdan sovchilar kelishdi. Ota-onam rozi bo‘lishdi. To‘y bo‘ldi. Kuyov meni ot-aravada o‘z qishlog‘iga olib ketdi. Yo‘lda ketar ekanmiz, ot bir marta tepindi. Erim: - “Bir”, dedi. Yana bir oz yo‘l yurganimizdan so‘ng ot yana tepindi. Erim g‘azablanib: - “Ikki”, dedi. Yo‘lda davom etdik. Manzilga yetay degan edik. Ot uchinchi marta tepindi. Erim: - “Uch” deb, darxol aravani to‘xtatdi. Jaxl bilan miltig‘ini olib otni otib tashladi. Men erimning bu joxilligidan xayratda qoldim. Unga baqirdim: - Sen qanday shafqatsiz insonsan? Shu ish uchun jonivorni o‘ldirish shartmidi? Erim menga qarab: - “BIR”, dedi. - ... Bu so‘z menga bir umrga yetarli bo‘ldi. Shundan so‘ng oramizda xech nizo chiqmadi. https://t.me/muxtar_trend Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/xazinalar_oroli
MUXTOR MIRZAQULOV OFFICIAL
:Muxtar Mirzaqulov
Muxtor Mirzaqulov sizlar uchun bir-biridan qiziqarli hikoyalarni taqdim etishni davom etadi
Qadimda Kavkaz taraflarda uzoq yillar birga yashashgan bo‘lsalar-da, biron bir janjal nimaligini bilmaydigan chol-kampir o‘tgan edilar.
Juda axil bo‘lgan bu oilaga odamlar xavas bilan qarashar edi.
Bir kuni shuncha yil xech bir nizo janjalsiz kechirilgan turmushning sirini so‘rashdi.
Momo xikoya qiladilar:
- Qizligimda meni so‘rab qo‘shni qishloqdan sovchilar kelishdi. Ota-onam rozi bo‘lishdi. To‘y bo‘ldi. Kuyov meni ot-aravada o‘z qishlog‘iga olib ketdi.
Yo‘lda ketar ekanmiz, ot bir marta tepindi. Erim:
- “Bir”, dedi.
Yana bir oz yo‘l yurganimizdan so‘ng ot yana tepindi. Erim g‘azablanib:
- “Ikki”, dedi.
Yo‘lda davom etdik.
Manzilga yetay degan edik. Ot uchinchi marta tepindi.
Erim:
- “Uch” deb, darxol aravani to‘xtatdi. Jaxl bilan miltig‘ini olib otni otib tashladi.
Men erimning bu joxilligidan xayratda qoldim. Unga baqirdim:
- Sen qanday shafqatsiz insonsan? Shu ish uchun jonivorni o‘ldirish shartmidi?
Erim menga qarab:
- “BIR”, dedi.
- ...
Bu so‘z menga bir umrga yetarli bo‘ldi.
Shundan so‘ng oramizda xech nizo chiqmadi. https://t.me/muxtar_trend Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/xazinalar_oroli