Jobir Ahmedovning turli yillardagi savollari.

2002 yil.
1-savol: Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima?
Javob: Til.
2-savol: Siverra narretis non opustis testibus. Qadimgi lotin aforizmiga ko‘ra, agar siz haqiqatni gapirsangiz, uning hojati yo‘q. Ularni kimni nazarda tutishgan?
Javob: Guvoh.
3-savol: Bodrirallar aytgan: «U turmani mahbuslar bilan to‘ldirib turuvchi xizmatkordir». U nima?
Javob: Ichkilik.
4-savol: Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?
Javob: Reklama.
5-savol: U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday daraxt?
Javob: Tut daraxti.
6-savol: O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» ida shunday yozilgan: «Ikkita eng holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?
Javob: Vaqt.
7-savol: Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak». Nimani?
Javob: Tokqaychi.
8-savol: Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Islom.
9-savol: Eramizdan avvalgi V asrda yashagan yunon olimi Gerodot: «U Nilning sovg‘asidir» degan. U nimani nazarda tutgan?
Javob: Misr.
10-savol: U 1855 yili sayyoh Livingston tomonidan kashf etilgan. Uning yonida bu sayyohning haykali o‘rnatilgan. Uning yaqinida «katta daraxt» o‘sib turibdi. U nimani kashf qilgan?
Javob: Viktoriya sharsharasi.
11-savol: Ular Zanjibarda uyning kishi diqqatini jalb etadigan asosiy va go‘zal qismidir. Ular boshqa san’at turlari kabi Zanjibar xalqining shon-shavkati hisoblanganidan uni oroldan tashqariga chiqarishmaydi. U nima?
Javob: Eshik.
12-savol: Ular bamisoli «tirik konservalar». Ularni kemalarga to‘ldirib olib ketilaverganligining boisi ham shundadir. U nima?
Javob: Bahaybat toshbaqalar.
13-savol: Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.
14-savol: Tabiblar uni qanday ichish kerakligini yozishgan: «Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich, shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik his etasan». Bu qaysi ichimlik?
Javob: Choy.
15-savol: Rossiyaga u dastlab Mongoliyadan 1638 yilda dori sifatida yuborilgan; Rossiyada uni iste’mol qilish XVIII asr o‘rtalaridan boshlab odat tusiga kirgan. U nima?
Javob: Choy.
16-savol: Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
Javob: Xurmo.
17-savol: Uning vatani Bengaliya hisoblanadi. E.av . 327 yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistonga yurish qilgan paytlarida uni «arisiz asal» deb atagan. U nima?
Javob: Shakarqamish.
18-savol: «Fil sichqondan qo‘rqadi, chunki sichqon filning hartumiga kirib ketarmish» deyishadi. Bu noto‘g‘ri. Fil hartumiga sichqon kirishidan qo‘rqmaydi. Mabodo sichqon filning hartumiga kirgudek bo‘lsa, uni chirpirak qilib puflab yuboradi. Lekin «fil sichqondan qo‘rqadi» degan iboraning zamirida haqiqat bor. Bu haqiqat nimadan iborat?
Javob: Sichqon va kalamushlarning narsalarni qitirlatib kemirishi filni asbiylashtirib yuboradi, jazavasini qo‘zg‘otadi va shuning uchun fil o‘sha yerdan qochishga harakat qiladi.
19-savol: Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
Javob: Sher na’rasi.
20-savol: Polineziya orollarida ularga cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunets balig‘i, tovuq kabi lazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlarga nisbatan bunday ta’qiq qo‘llaniladi?
Javob: Ayollarga.
21-savol: Bu diyorda yetim qolgan cho‘chqa bolasini emizayotgan ayolni, eng yaqin kishisi vafot etganida ta’ziya bildirish sifatida bir barmog‘ini kesib tashlaydigan odamlarni hozir ham uchratish mumkin. Bu diyorning nomi nima?
Javob: Papua-yangi Gvineya.
22-savol: Kamerun mamlakatining Mamfe viloyatida xalqlar bir tabiat hodisasini istab xudoga yolvorganlarida tunda «mavu» degan raqsni ijro etadilar. Afrikani ko‘z oldingizga keltiringda, ular raqsga tushgan holda xudodan nimani so‘rashlarini ayting.
Javob: Yomg‘irni
23-savol: Afrikadagi Sahroi Kabirda yashovchi Tubu qabilasida qiziq bir maqol bor: «Tubuga har kuni uning bittasi kifoya. Ertalab uning po‘chog‘ini,
kunduzi etini, kechqurun esa danagini yeydi» deyishadi. Bu maqol nima haqida?
Javob: Xurmo mevasi haqida.
25-savol: Birmaning tog‘li rayonlaridan birida yashovchi paduanglar qabilasida ayol kishining go‘zalligi uning bo‘ynining uzunligiga qarab belgilanadi va ayollar bo‘yinlarini uzaytirish maqsadida mahsus xalqalar kiyib yurishadi. Paduanglarda og‘ir gunoh qilgan ayollarga beriladigan eng qattiq jazo bor. Eriga xiyonat qilgan ayolga bunday jazo qo‘llaniladi. Bu qanday jazo bo‘lishi mumkin?
Javob: Bo‘ynidagi xalqalarni olib tashlashdan iborat.
26-savol: Bepoyon jazirama cho‘ldagi yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxt va go‘zallik rangi, jannat rangidir. Bu qaysi rang?
Javob: Yashil rang.
27-savol: Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchi marta-nikoh to‘yida. Uchinchi marta qachon?
Javob: Birinchi o‘g‘il ko‘rganda.
28-savol: Janubiy Afrikada yashovchi gerero degan qabilada «Ularga qo‘shni bo‘lishdan og‘irroq musibat yo‘q» degan maqol bor. Ho‘sh bu maqol nima yoki kim haqida?
Javob: Egizaklar haqida.
Izoh: Gerero qabilasida egizaklar muqaddas sanaladi va ular o‘z uyidan tashqari qo‘shnisining uyiga ham bemalol kirib, hohlagan ishlarini qilishlari mumkin, tabiiyki, bu qo‘shnilar uchun bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
29-savol: Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha keltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar?
Javob: Parranda go‘shti.
Izoh: Chunki ularning tushunchalari bo‘yicha, parranda uchadi va uning go‘shti bayram dasturxoniga qo‘yilsa, yil davomidagi baraka va baxt uchib ketadi deb hisoblashadi.
30-savol: Shotlandiyada yangi yil kechasi ular xonadoniga men yoki G’anisher Rahmatullaev, Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, boringki Obid Asomov birinchi bo‘lib qadam qo‘ysa, bu oila yil bo‘yi baxt-saodatli bo‘larmish. Nega shunday bo‘lishi mumkin?
Javob: Chunki bizlarning barchamizning sochlarimiz qora rangda.
31-savol: O’tmishda Seyshel orolida bu meva «baxt ramzi» hisoblangan. Baxt va daromadni qo‘lga kiritish maqsadida bu mevaning bir donasini qimmatbaho buyumlarga, hatto bir kema molga almashib olgan kishilar ham bo‘lgan. Bu qanday meva?
Javob: Seyshel yong‘og‘i.
32-savol: Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan» deyiladi. Bu nima?
Javob: Baobab daraxti.
33-savol: Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida «ichmaydi» degan ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon?
Javob: Koala.
34-savol: Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini ochdilar. Nimaning?
Javob: Benzin.
35-savol: 1895 yili amerikalik ixtirochi metalli almashtiruvchi ustarani xavfsiz soqol olish moslamasi bilan almashtirdi. U olimning ismi-sharifi kim?
Javob: K.Jilleti.
36-savol: U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yilda ma’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. U nima?
Javob: Ko‘zgu.
37-savol: Bu moslamani ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosida qurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasini qo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima?
Javob: Lift.
38-savol: U haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunon shifokori Klavdiy Galenning yozma manbalarida uchraydi. Ilgari undan foydalanish uchun uni surtishgan. Faqtgina Jyulen Lui Joffruning ihtirosidan keyingina u qattiq holda ishlatila boshlangan. U nima?
Javob: Sovun.
39-savol: 1945 yilda AQSh da uning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishi boshlangan. U ilk bor angliyalik mikrobiolog Aleksandr Fleming tomonidan 1920 yildayoq ajratib olingan edi. Bu kashfiyot uzoq vaqt amalga kiritilgani yo‘q. Ikkinchi Jahon urushi vaqtida angliyalik bioximik Ernst Boris Cheyn va vrach Xouard Uolter Flori uni keng ishlab chiqarishga joriy etdi. U nima?
Javob: Penitsillin.
40-savol: U narsa bizning yanada ko‘rkamroq ko‘rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470 yilda paydo bo‘lgan. Faqtgina 1890-1894 yillardan boshlab aynan hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kirgan. Bu nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Dazmol.
41-savol: Bu davlatning nomi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib «suv o‘rtasidagi quruqlik,orol» degan ma’nolarni bildiradi. Bu davlatning nomi nima?
Javob: Jazoir.
42-savol: Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan olingan bo‘lib, nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z?
Javob: Zakovat.
43-savol: Zardob, zardolu degan so‘zlarni barchamiz eshitganmiz. Zardob va zardoluni ko‘z oldingizgi keltiringda, shu so‘zlarning o‘zagi bo‘lgan «zard» so‘zi qanday ma’noni bildirishi mumkinligini ayting.
Javob: Fors tilida «sariq» degan ma’noni bildiradi.
44-savol: Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib «tirikchilik, umr kechirish, yashash» degan ma’nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik ham yetmasligi mumkinligini ko‘rish mumkin. Bu qanday so‘z?
Javob: Maosh.
45-savol: 1763 yilda shotland monaxi tomonidan yaratilgan elektr asbobi dunyodagi ilk elektr asbobi hisoblanadi. Undan cherkov qo‘ng‘irog‘i sifatida foydalanilgan. U nima?
Javob: Zvonok (eshik qo‘ng‘irog‘i).
46-savol: Alisher Navoiyning «Hayrat-ul abror» dostonida «U shoxona to‘shagini muallaq havoda soldirar, safarda unga yellar hamrohlik qilar, sehrli uzugi tufayli devu parilar odamlar qatorida amru farmoniga itoatda edi» deb yozilgan. U qaysi payg‘ambar haqida shunday yozgan?
Javob: Sulaymon.
47-savol: Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovg‘a shunday atalgan. U qizni tarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh to‘yi oldidan kuyov tomonidan berilgan. Uni ona o‘z ixtiyori bilan sarf etishga haqli bo‘lgan. U qanday nomlangan?
Javob: Sut haqi.
49-savol: Bu taom nomi turkchada «tovada pishiriladigan ovqat» degan ma’noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste’mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi?
Javob: Tabaka.
50-savol: U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq yoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temir plastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima?
Javob: Taqa.
51-savol: Bu butun jahonni o‘z qobiliyati va iste’dodi bilan zabt eta olgan buyuk ijodkor roppa rosa 56 yoshida, ya’ni o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etgan. U kim?
Javob: Vilyam Shekspir.
52-savol: O’tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabar shunday atalgan, hozirgi kunda esa bu so‘z bilan bir sport musobaqasi ataladi. Bu qaysi so‘z?
Javob: Estafeta.
53-savol: Bu so‘z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi. Shahardan tashqarida qurilgan villa,atroflari bog‘li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so‘z bilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog‘liq bir joy ataladi. Bu qanday nom?
Javob: Ermitaj.
54-savol:Bu so‘zning ma’nosi «yo‘q joy, hayoliy joy», boshqa taxminlarga ko‘ra «farovon joy» degan ma’nolarni bildiradi. Bu ilmiy asoslab berilmagan, ideal ijtimoiy tuzum tasviridir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Utopiya.
55-savol: G’arbiy Yevropada o‘rta asrlarda ritsarlarning xarbiy musobaqasi bo‘lib o‘tgan. Uning maqsadi – ritsarlarning jangovarlik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iborat bo‘lgan. 16-asrga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda barham topib ketgan. Ushbu musobaqa qanday nomlangan?
Javob: Turnir.
56-savol: 1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta yelkanli kema yo‘lga chiqdi. Bular: «Santa Mariya», «Ninya» va «Pinta» edi. Ularning kapitani kim bo‘lgan?
Javob: Xristofor Kolumb.
57-savol: Ochiq dengiz Kolumb boshchiligidagi dengizchilarni cho‘chitardi, chunki ular avvallari faqat sohil bo‘ylab suzishardi. Shuning uchun ufqda yashil tasmani ko‘rishganida bexad sevinib ketishdi. Lekin u yer emas, balki u edi. Nima edi?
Javob: Yuzi qalin suvo‘tlar bilan qoplangan Sargasso dengizi edi.
58-savol: Ilgaridan olimlar ushbu osmon jismlarini «ko‘rinadigan hech narsa» deb atashardi. Qaysi osmon jismlarini?
Javob: Kometalar.
Izoh: Chunki, ba’zi kometalarning boshi ham, dumi ham juda siyrak – ularning zichligi biz nafas oladigan havo zichligidan milliardlarcha marotaba kichik bo‘ladi.
59-savol: Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalar uylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdek musiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan?
Javob: Konservatoriyalar.
60-savol: Hozir Moskva konservatoriyasi buyuk rus kompozitori P.I. Chaykovskiy nomi bilan yuritiladi. Toshkent konservatoriyasi esa o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy nomida. Sankt Peterburg konservatoriyasi esa boshqa bir rus kompozitori nomi bilan ataladi. U kim?
Javob: Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov.
61-savol: Petr I ning farmoniga binoan, jahonda birinchi marta Tula zavodida ular faqat metalldan yasala boshlangan. Ular Rossiya iqlimi uchun juda qulay bo‘lgan vositalar hisoblangan. U nima?
Javob: Konki.
62-savol: Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Koreya.
63-savol: Yunonchada bu sohaning nomi «kema xaydash mahorati» degan ma’noni bildiradi. Hozirda bu soha bilan bog‘liq kishilar ham kema xaydashadi, ammo ularning kemalarining na yelkani bor, na bug‘li dvigateli. Bu qaysi soha?
Javob: Kosmonavtika.
64-savol: Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’a quriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p bo‘lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimning hayoliga kelmagan. U qal’a-shaharcha qanday nomlangan?
Javob: Kreml.
65-savol: Rossiya tarixidagi eng yorqin va qahramonona sahifalar bu yer bilan bog‘langan. Dmitriy Donskoy drujinalari shu yerdan dushmanga qarshi kurashga jo‘nab ketishgan. Rus xalqini polyak va shved bosqinchilaridan ozod etgan Minin va Pojarskiyning ko‘ngilli qo‘shinlari bu joydagi qo‘ng‘iroq ovozlari bilan kutib olingan. Bu yerda Petr I va Karl XII va shved qo‘shinlari ustidan qozonilgan Poltava g‘alabasini nishonlagan. Bu qaysi joy?
Javob: Kreml.
66-savol: Sankt Peterburgdagi Yozgi bog‘da bir haykal bor. Uning atrofida har doim bolalar gavjum. O’rindiqda o‘tirgan qariya chuqur o‘yga tolgan, uning poyida hayvonlarning bronza haykalchalari. Bu odam kim?
Javob: Ivan Andreevich Krilov va uning masallari qahramonlari.
67-savol: «Kristallos» so‘zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?
Javob: Muz.
68-savol: Kishi bu davlatning qaysi joyida yashayotgan bo‘lmasin, agar u cho‘milishni istab qolsa, avtobusga o‘tirib dengiz bo‘yiga borishi, miriqib cho‘milishi va o‘sha kuniyoq yana uyga qaytib kelishi mumkin. Chunki orolning eng keng joyida u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqacha bo‘lgan masofa 230 km dan oshmaydi. Bu qaysi davlat?
Javob: Kuba.
69-savol: Bu sportning eng qadimgi turlaridan biri. Miloddan 2500 yil avval u bilan misrliklar qiziqishgan. Yunonlar ham bu sportni sevishgan. U paytlarda ko‘proq qumli maydonchada musobaqalashishgan. Bu qaysi sport turi?
Javob: Kurash.
70-savol: U qozoqlarda «kures», gruzinlarda «chidaoba», armanlarda «kox», ozarbayjonlarda «gyulesh» deb ataladi. U o‘zbeklarda qanday nomlanadi?
Javob: «Kurash».
71-savol: Bu sport turining nomi «qurolsiz o‘zini himoya qilish» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Sambo (rus.«Samozałita bez orujiya»).
72-savol: 1502 yilning yozida Florentsiya aholisi ko‘chalarda ko‘pincha tashqi qiyofasi g‘alati bir kishini uchratishardi. Uning oq oralagan uzun sochlari bosh kiyimi tagidan yelkasiga yoyilagan, soqoli yuzini qoplab, ko‘ksiga tushgan edi. Quyuq qoshlari ostidan sinchkov ko‘zlari termulib turardi. Baland yirik gavdasiga keng kiyim yarashardi. Bu inson kim edi?
Javob: Leonardo da Vinchi.
73-savol: 1837 yilning yanvarida, Pushkinning fojiali o‘limi kunlarida Rossiya to‘satdan rus adabiyotida Pushkinning vorisi bo‘lish nasib etgan yosh shoirning ovozini eshitdi. U kim edi?
Javob: M.Yu .Lermontov.
74-savol: Bu davlatdan bo‘lgan shoira o‘z davlati haqida shunday yozgan edi:
«Mo‘jaz o‘lkam mening bamisoli
Qahraboning zarrin tomchisi».
Chindan ham bu o‘lkani qahrabo o‘lkasi deyishadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Litva.
75-savol: Bu puflama mundshtukli musiqa asbobining nomi uning ixtirochisi bo‘lgan belgiyalik puflama asboblar ustasi nomiga qo‘yilgan. Bu qaysi musiqa asbobi?
Javob: Saksofon (Saksa (1814-1894) sharafiga).
76-savol: Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting.
Javob: Asalarilar.
Izoh: Ular o‘simliklarning gulini changlatib ularning ko‘payishiga qulay sharoitni yaratadi.
77-savol: Qadimgi Rimda qirq yoshli odam chol hisoblangan, oltmish yoshlisi esa-dopontanus, ya’ni faqat ungagina yaraydigan bo‘lgan. Nimaga yaraydigan bo‘lgan?
Javob: Faqatgina qurbonlik qilishga yaraydigan bo‘lgan.
78-savol: Bu san’at 16-17 asrlar bo‘sag‘asida, Uyg‘onish davrida paydo bo‘ldi. Italiyaning Florentsiya shahridagi shoirlar, musiqachilar, rassomlar bu san’atning asoschisi bo‘lishgan. Bu san’atda ular san’atning har xil turlarini (she’riyat, musiqa, drama, tasviriy san’at) birlashtirishdi. O’shandan buyon bu san’at butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. Bu qaysi san’at?
Javob: Opera.
79-savol: U inson haqida H. No‘‘mon va A. Shorahmedov «Ota» romanini yozishgan, «O’zbekfilm» kinostudiyasida «Mazmunli qisqa hayot» nomli badiiy film yaratilgan. U inson kim edi?
Javob: Yo‘ldosh Ohunboboev.
80-savol: Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyon go‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiq kuylashi haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi qush?
Javob: Oqqush.
81-savol: U juda iste’dodli edi, ximiyaga qiziqib, 27 yoshida professor bo‘ldi. Uning tadqiqot va kashfiyotlari olimlarni hayratda qoldirardi. Hech kim uning yaqin orada ximiya qolib, butunlay boshqa soha bilan shug‘ullanib ketishini hayoliga ham keltirmagan edi. Bu olim kim edi?
Javob: Lui Paster.
82-savol: XVIII asrda Gollandiyaning Zaandam shaharchasidagi dengiz kemalari qurilayotgan korxonada kunlarning birida yangi duradgor paydo bo‘lib qoldi. Boshqalar qatori u ham taxtalarni randalar, mix qoqar, og‘ir g‘o‘lalarni tashir edi. Ishdan keyin u iloji boricha ko‘proq qiziqarli narsalarni ko‘rish ishtiyoqida uzoq vaqt shahar aylanib yurardi. Keyinchalik Zaandam aholisi ana shu yosh duradgor aslida chet el sayohatiga chiqqan rus kishisi ekanligi haqida taajjub bilan xabar topdi. U rus kishisi kim edi?
Javob: Petr I.
83-savol: U podsho o‘zining shahsiy muhriga «Men shogirdman va ustozlarga muhtojman» deb o‘yib yozdirgan. U podsho kim edi?
Javob: Petr I.
84-savol: U mustahkamligi jihatidan po‘lat simga o‘xshaydi. Uni uzish qiyin bo‘lib, 1 kvadrat millimetrini uzish uchun 50 kg kuch kerak. U nima?
Javob: Ipak.
85-savol: Birinchi marta ularni ko‘rgan dengizchilar ularni uzoqdan frak va sutdek oppoq mashnika kiyib olgan odamlar to‘dasi deb o‘ylashgan. O’sha zamonlarda erkaklar tantanli marosimlarda shunday kiyinishar edi. Dengizchilar o‘shanda aslida nimani ko‘rishgandi?
Javob: Pingvinlarni.
86-savol: Bundan 135 yilcha avval Amerika firmalaridan biri qimmatbaho fil suyagi o‘rnini bosa oladigan material tayyorlashga konkurs e’lon qildi. Konkursda ko‘p ixtirochilar, injinerlar va olimlar ishtirok etishdi. Shular orasida Xayaat degan aka-uka ixtirochilar ham bor edi. Ular hozirgi kunda juda keng tarqalgan bir materialning dastlabkilarini yaratishgan edi. U qanday material edi?
Javob: Plastmassa.
87-savol: Bu voqea dastlab Londonda yuz yildan ko‘proq vaqt muqaddam sodir bo‘ldi. Moskvada esa, 1935 yilning 15 mayida sodir bo‘ldi. Ho‘sh, bu voqea Toshkentda qachon sodir bo‘ldi?
Javob: 1977 yilning 6 noyabrida.
Izoh: Bu yerda gap ushbu shaharlarda ilk bor metropolitenning ishga tushirilishi haqida bormoqda.
88-savol: Qaysi mamlakat gerbida ot choptirib ketayotgan chavandoz tasvirlangan?
Javob: Mongoliya.
89-savol: Bu shahar nomining tarjimasi «qizil botir» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi shahar?
Javob: Ulan Bator.
90-savol: Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki bu hayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan?
Javob: Mushuklar.
Izoh: Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar.
91-savol: Tarixchi Xondamir o‘zining «Makorimul-ahloq» deb nomlangan kitobida «Navoiy vafotiga hatto tabiat ham motam tutdi» deb yozgan. Xondamir nima sababdan shunday deb yozgan?
Javob: 1501 yil uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan.
92-savol: Dunyodagi eng yebto‘ymas mavjudot u ekan. Chunki, u 2 soat ichida 40 ta pashsha va chivinlvrni yeb bitirar ekan. U qaysi mavjudot?
Javob: Ninachi.
93-savol: Rus olimi K.A.Timiryazev: «U narsa inson tafakkurining buyuk ixtirolaridan birini tashkil etadi» degan edi. U nimaga shunday ta’rif bergan?
Javob: Yaxshi yopilgan bug‘doy noni.
94-savol: O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?
Javob: Bu Nyutonning klassik mexanikasidir.
95-savol: Dunyoda turli fanlar ko‘p va ularning barchasi nimanidir o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho‘sh, onomastika nimani o‘rganadi?
Javob: Odamlar ismining kelib chiqishi, ma’nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
96-savol: «Mo‘l-ko‘lchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlik dengizi», «Yomg‘irlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzular dengizi» kabi dengizlar qaerda joylashgan?
Javob: Oyda.
97-savol: Turkman yozuvchisi Berdi Kerboboev «Men uni qardosh O’zbekiston adabiyoti osmonidagi oy deb hisoblayman. U yaratgan mashhur asarlarning O’zbekiston tuprog‘iga alangali nur sochayotganini kim tan olmaydi?» deb yozgan edi. U kim haqida shunday yozgan?
Javob: Muso Toshmuhammad Oybek.
98-savol: Nima uchun kaltakesak dumini tashlab ketganda uning dumi yerda goh yig‘ilib, goh to‘g‘irlanib harakat qiladi?
Javob: Raqibi diqqatini ana shu dumga qaratgani zamon dum egasi o‘zining yashirin uyasiga qochib qoladi.
99-savol: Bu mamlakatning mahalliy axolisi o‘zlarini kxmerlar deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Kampuchiya (Komboja).
100-savol: Bu yerda qizil zarang o‘sadi. Uning barglari kuzda shunday yorqin tusga kiradiki, daraxt go‘yo lovullab yonayotgan mash’alani eslatadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Kanada.

Комментарии

Комментариев нет.