Erkin kurash

Erkin kurash - (ingl. Freestyle
wrestling, frans. Lutte libre )
yakkakurash sport turlaridan
biri. Ikki sportchining bir
nechta sport usullari orqali
bajaradigan harakatlari orqali
bahslashiladi. Yunon-rum
kurashidan farqli o'laroq bu
sport turida sportchini
oyoqlaridan ushlab usul
qo'llash mumkun. Erkin kurash
zamonaviy Olimpiada Oʻyinlari
start olgan 1896-yildan buyon
dasturda boʻlib kelgan.
Erkin kurash — sport turi, ikki
kishi (sportchi)ning belgilangan
qoidalar asosida gʻoliblik
uchun olishuvi. Erkin kurash
musobaqalari diametri 9 m
(yoki oʻlchami 12x12 m) sport
maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar
55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg
, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78
va 78 kg dan ziyod vazn
toifalarida kurashadilar.
Musobaqalashish vaqti 2
minutdan 3 davra, davralar
orasidagi tanaffus 30
sekunddan. Erkin kurashda
siltab tortish, qayirib va
aylantirib tashlashga, oyoq
qismidan ushlab usullar
bajarishga ruxsat etiladi.
Bajarilgan usullar 5 (sof
gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki
chetlatish), 3, 1 ochko bilan
baholanadi. Gʻolib toʻplagan
ochkolariga koʻra aniqlanadi.
Agar qurashchilardan biri 5
ochkoga mos usul bajarsa, 1, 2-
davrada ketmaket gʻolib deb
topilsa, raqibidan 6 ochko farq
bilan oʻzib ketsa, shuningdek,
hakamlar, murabbiylar va
shifokorlar qaroriga koʻra ham
olishuv muddatidan oldin
toʻxtatiladi.
Tarix
Qadimdan koʻplab xalqlarning
milliy kurash turlarida hozirgi
Erkin kurashda qoʻllaniladigan
usullar boʻlgan
(qarang: Kurash). Yunonistonda
oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari
dasturiga miloddan avvalgi 708
yildan boshlab Erkin kurashga
oʻxshash kurash musobaqasi
kiritilgan. Erkin kurashning
zamonaviy qoidalari 19-asrning
2-yarmida Buyuk Britaniyada
ishlab chiqilgan. 1894 yilda
AQShning SentLuis shahrida ilk
yirik musobaqa tashkil qilingan.
Erkin kurash musobaqalari
1904 yildan zamonaviy
olimpiada oʻyinlari dasturidan
oʻrin olgan. oʻyinlari va
yunonrum kurashi turlarini
rivojlantirish maqsadida 1912-
yilda Xalqaro havaskor
kurashchilar assotsiatsiyasi
(FINA) tuzilgan, unga 154 davlat
( Oʻzbekiston 1992-yildan)
aʼzo. Erkin kurash boʻyicha
1951-yildan erkaklar, 1995-
yildan ayollar oʻrtasida jahon
chempionatlari oʻtkazib
kelinadi.
Oʻzbekistonda Erkin kurash
Oʻzbekistonda Erkin kurash
20-asrning 50-yillaridan
ommalasha boshladi. 1956
yildan erkaklar, 2003 yildan
ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston
chempionatlari oʻtkazilayapti.
20-asrning 90-yillaridan
"Mustaqillik kubogi" Granpri
musobaqasi, yoshlar oʻrtasida
jahon chempionati kabi nufuzli
musobaqalarning tashkil
etilayotgani mamlakatda
Oʻzbekistonda Erkin
kurashning rivojlanishiga
zamin yaratdi. Kursat Ablayev,
Georgiy Vanyuxin, Aleksandr
Gorelik, Qoʻldosh Asraqulov,
Obid Nazirov, Rahmonberdi
Ahmedov, Salim Abduvaliyev,
Maʼmur Roʻziyev kabi
murabbiylar rahbarligida
Leonid Shipilev, Arsen Fadzayev,
Maxarbek Xadarsev, Ruslan
Xinchagov, Ramil Ataulin,
Adham Ochilov, Dilshod
Mansurov, Magomed
Ibragimov, Artur Taymazov
singari erkin kurashchilar
olimpiada va Osiyo oʻyinlarida,
jahon va Osiyo chempionatlari
hamda boshqa nufuzli
musobaqalarda gʻolib
chiqishgan. Konstantin
Mixaylov, Ravil Biktyakov, Tohir
Gʻulomov kabi oʻzbekistonlik
hakamlar xalqaro erkin kurash
musobaqalarini boshqarishadi.
Respublikadagi 715 ta sport
maktabi va toʻgarakda 286
murabbiy qoʻl ostida 8780
kishi erkin kurash bilan
shugʻullanadi. Ulardan 4807
nafari sport darajasi va
unvoniga ega. Oʻzbekiston oʻzi
ishtirok etishga muvaffaq
boʻlgan 5 ta Yozgi Olimpiada
Oʻyinlarida jaʼmi 20 ta medal
olgan boʻlsa, shundan 7 tasi (4
ta oltin va uchta kumush)
kurashchilari hissasiga toʻgʻri
keladi.[1]
Adabiyot
Galkovskiy A., Kerimov F.,
Volnaya borba, T., 1987;
Kerimov F., Sport kurashi
nazariyasi va usuliyati, T., 2001.

Մեկնաբանություններ

Մեկնաբանություններ չկան: