Poytaxti Kat, Urganch, Xiva Til(lar)i Xorazmiy, Xorazm-turkiy, Dini Islom Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
"X." atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad. forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu oʻlka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "X." atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. X. tarixining bilimdoni SP. Tolstoye "X." atamasi talqinlari orasida eroncha "XurrXurshed" va "zmzem" soʻzlari asosida yuzaga kelgan nomning "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, X.ni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi oʻlkasi", "quyosh (xalqi) yeri" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, X. ayrimayrim 3 soʻzlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "er", "oʻlka", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan. Demak, "X." atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u "yaxshi qoʻrali yer", "ajoyib qalʼali oʻlka", "mustahkam qalʼalari bor diyor" degan maʼnoni anglatgan. Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qad. Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shim. qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli oʻzanlar, shim. va shim.sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning jan. qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan kattakichik daryojilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan. Qadimgi X. mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qad. aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qad. madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan X.ning shim. qismi (Oqchadaryo deltasi)da mil. av. 4—3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, mil. av. 2myng yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va mil.av. 1-ming yillik boshlari (9—8-asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular X.ning qad. aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji X. aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan. X. ning jan. qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa mil. av. 6— 3ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda turli xildagi kattakichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa). Mil. av. 2ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qad. sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va jan.sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi. Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning bir qismi jan. tomon siljib to shim. Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi. Miletlik Gekatey (mil. av. 6-asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (mil. av. 5-asr) axomaniypar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining jan.sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shim. Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiradi. Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axomaniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan. Mil. av. 6—5-asrlarda X. Axomaniylar davlatining 16satraplik tarkibiga kirgan. Mil. av. 5-asr oxiri — 4-asr boshlarida esa, u aloxida satraplik hisoblangan. Mil. av. 3 — mil. 3-asrlarda X. Sirdaryo havzasining oʻrta qismida1. Qalʼaliqirdagi saroy xarobasi. Mil. av. 5—4asrlar; 2. Ayozqalʼa. 1-ming yillik oʻrtasi; 3. Tuproqqalʼa. Gipsdan ishlangan haykal parchasi. 3asr; 4. Tuproqqalʼa. Yogʻochga bitilgan qad. xorazmiy yozuvi. 3asr. tashkil topgan Qangʻ davlatining tarkibvda boʻlgan.
UZBEKISTON TARIXI
:IsLoMBeK HaSaNoV
XORAZIM
Poytaxti
Kat, Urganch, Xiva
Til(lar)i
Xorazmiy, Xorazm-turkiy,
Dini
Islom
Boshqaruv shakli
Mutlaq monarxiya
"X." atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad. forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu oʻlka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "X." atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. X. tarixining bilimdoni SP. Tolstoye "X." atamasi talqinlari orasida eroncha "XurrXurshed" va "zmzem" soʻzlari asosida yuzaga kelgan nomning "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, X.ni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi oʻlkasi", "quyosh (xalqi) yeri" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, X. ayrimayrim 3 soʻzlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "er", "oʻlka", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan. Demak, "X." atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u "yaxshi qoʻrali yer", "ajoyib qalʼali oʻlka", "mustahkam qalʼalari bor diyor" degan maʼnoni anglatgan.
Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qad. Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shim. qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli oʻzanlar, shim. va shim.sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning jan. qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan kattakichik daryojilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan.
Qadimgi X. mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qad. aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qad. madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan X.ning shim. qismi (Oqchadaryo deltasi)da mil. av. 4—3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, mil. av. 2myng yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va mil.av. 1-ming yillik boshlari (9—8-asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular X.ning qad. aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji X. aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.
X. ning jan. qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa mil. av. 6— 3ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda turli xildagi kattakichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa).
Mil. av. 2ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qad. sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va jan.sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.
Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning bir qismi jan. tomon siljib to shim. Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.
Miletlik Gekatey (mil. av. 6-asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (mil. av. 5-asr) axomaniypar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining jan.sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shim. Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiradi.
Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axomaniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan.
Mil. av. 6—5-asrlarda X. Axomaniylar davlatining 16satraplik tarkibiga kirgan. Mil. av. 5-asr oxiri — 4-asr boshlarida esa, u aloxida satraplik hisoblangan. Mil. av. 3 — mil. 3-asrlarda X. Sirdaryo havzasining oʻrta qismida1. Qalʼaliqirdagi saroy xarobasi. Mil. av. 5—4asrlar; 2. Ayozqalʼa. 1-ming yillik oʻrtasi; 3. Tuproqqalʼa. Gipsdan ishlangan haykal parchasi. 3asr; 4. Tuproqqalʼa. Yogʻochga bitilgan qad. xorazmiy yozuvi. 3asr. tashkil topgan Qangʻ davlatining tarkibvda boʻlgan.
DAVOMI BOR