TORCH INFEKSIYA
Afsuski, bir mavzuda barcha jinsiy infeksiyalar haqida ma'lumot berib bo'lmaydi. Shuning uchun ularning asosiylari va ko'p uchraydiganlari haqida gaplashamiz.
Jinsiy infeksiyalarning asosiylari:
Xlamidioz
Xlamidioz infeksion kasallik bo'lib, jinsiy aloqa orqali yuqadi.
Xlamidioz alomatlari
Erkaklarda kasallik uretradan (siydik chiqish nayi) rangsiz oz miqdordagi suyuqlik ajralishi, siyish davomida va jinsiy aloqa jarayonida og'riqda namoyon bo'lishi mumkin.
Ayollarda kasallik qindan oq, sariq yoki rangsiz ajralishlar chiqishi, jinsiy aloqa jarayonida va siyish davomida og'riq, qorin tagi va beldagi og'riqlarda namoyon bo'lishi mumkin.
Muhimi shundaki, yuqoridagi alomatlar boshqa kasalliklar alomati ham bo'ladi yoki ko'pincha xlamidioz umuman hech qanday alomatsiz kechadi. Natijada, ayolda kasallik bepushtlikni, erkaklarda esa tuxumdon kasalligi - epididimitni asorat sifatida vujudga keltirishi mumkin.
Homilador ayolda yoki uni erida xlamidiya aniqlansa, ular ikkalovi davolanishi shart. Odatda xlamidiya infeksiyasi har xil sheriklar bilan betartib jinsiy aloqalada bo'lish natijasida yuzaga keladi.
Davolanishi
Bemorlarga 21 kunlik sikl bilan antibiotik ichish tayinlanadi. Agar kasallik homiladorlik payti aniqlansa, u holda davolanish davri 14 kun bo'lib, homiladorlikning 20-haftasidan so'ng tayinlanadi.
Xlamidiya infeksiyasi homila tushish xavfini oshiradi. Homilaga infeksiya yuqsa, chaqaloqda xlamidiya pnevmoniyasi yoki ko'z kasalliklari rivojlanishi mumkin.
Mikoplazmoz, ureaplazmoz
Mikoplazma va ureoplazma odam organizmida mavjud bo'lgan mayda bakteriyalardir. Ular barcha organizmda oz miqdorda bo'lib ziyon keltirmaydi. Lekin ularning miqdori ko'paysa, jinsiy kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bunga esa immunitet pasayishi sabab bo'ladi. Mikoplazmoz va ureaplazmoz jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga o'tadi.
Alomatlari
Ayollarda bachadon va bachadon bo'yni kasalliklari, sistit, pielonefrit, buyrakda toshlar bo'lsa, mikoplazmoz va ureaplazmozga shubha paydo bo'lishi mumkin. Erkaklarda uretrit, pielonefrit va buyrakdagi toshlar bu kasallikka shubha uyg'otadi.
Davolash
Ayolda bu infeksiyalar jinsiy a'zolari kasalliklarida namoyon bo'lsa, uni davolash kerak. Lekin infeksiya aniqlanib, ayol o'zini yaxshi his qilib, jinsiy kasalliklar bo'lmasa, davolanish shart emas. Homiladorlikni rejalashtirilayotgan ayolda infeksiya aniqlansa, u holda alomat bor-yo'qligiga qaramay 10 kunlik sikl bilan antibiotik tayinlanadi.
Agar infeksiya homiladorlik payti aniqlansa, u holda 10 kunlik antibiotikli davolanish homiladorlikning 20-haftasidan so'ng belgilanadi.
Qo'shimcha ravishda homiladorlikning 10-12 haftasidan immunitet oshiruvchi dori-vositalari tayinlanishi mumkin.
Jinsiy (genital) Gerpes
Jinsiy infeksiyalar orasida homilaga eng zararli jisniy infeksiya gerpes virusi hisoblanadi. Genital gerpes jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga yuqadi. Ba'zida odam organizmida gerpes virusi alomatsiz kechib, immunitet pasayganda namoyon bo'lishi mumkin.
Alomatlari
Jinsiy a'zolarda og'riq, qizish va shishlarning paydo bo'lishi. Bosh og'riq, tana haroratining ko'tarilishi. Kasallik avjida olganda jinsiy a'zolarda yaralar vujudga keladi.
Davolash
Gerpesda virusga qarshi vositalar tayinlanadi. Lekin bu preparatlarni homiladorlik davrida qabul qilish mumkin bo'lmagani uchun homilador ayolga immunitetni oshiruvchi vositalargina tayinlanadi.
Gerpes homila tushishiga va homilani jiddiy zararlanishiga olib kelishi mumkin. Agar homilaga gerpes yuqsa, unda ko'rlik yoki pnevmoniya rivojlanadi, ba'zida bola nobud bo'lishi mumkin.
Shuning uchun tug'ish davri yaqinlashgan payt onada gerpes virusi alomatlari avj olgan bo'lsa, bolaga yuqish xavfi katta bo'lgani uchun bolani tabiiy yo'l bilan emas, balki kesarev kesilish orqali dunyoga keltirish tavsiya etiladi.
Sitomegalovirus
Bu virus jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga yuqadi. Ba'zida qon va o'pish orqali ham yuqishi mumkin.
Alomatlari
Immuniteti yaxshi odamlarda kasallik alomatsiz kechadi. Immuniteti jiddiy zaiflashgan bo'lsa (saraton kasalligiga qarshi kimyoviy davolangan, OITS bemorlari), sitomegalovirus og'ir (ko'z, bosh miya, hazm qilish tizimi va o'pka) kasalliklar rivojlantirishi mumkin.
Davolash
Virus aniqlansa immun preparatlari tayinlanadi.
Homiladorlik davrida sitomegalovirus homila tushishiga, homilaga virus yuqishiga, homilada kasalliklar (quloq eshitmaslik, aqliy rivojlanishdan orqada qolishi va boshqalar) rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Buni hamma bilishi kerak!
Homiladorlik rejalashtirishdan oldin barcha jinsiy infeksiyalarga analiz topshirish lozim.
Analizlarni katta va yaxshi tanilgan laborotoriyalarda amalga oshirish kerak. Odatda katta ilmiy tekshiruv institutlarda analizlar natijasi aniq va haqiqiy bo'ladi.
Agar analiz natijasi infeksiyani borligini ko'rsatib, ayolda hech qanday alomatlar bo'lmasa, u holda analizni takroran topshirish tavsiya etiladi. Jinsiy infeksiya analizlari natijasi xato chiqishi ehtimoli mavjud.
Agar shifokor virusga qarshi antibiotik tayinlayotgan bo'lsa, shifokorni almashtirgan ma'qul. Antibiotik bakteriyalarni davolaydi, virusni emas. Undan tashqari antibiotik immunitet pasayib virusli kasallik avj olishiga turtki bo'lishi mumkin.
Dunyoning barcha mamlakatlarida uchrovchi va homila rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi bilan xavfli bo‘lgan TORCH bir qancha infeksiyalar guruhidir.
TORCH qisqartma so‘z bo‘lib, quyidagi kasalliklarning bosh harflaridan olingan:
T – Toxoplasma (toksoplazmalar – bir hujayrali tekinxo‘r organizm. Ular odam va turli sut emizuvchi hayvolarda parazitlik qilib, juda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu parazit bemorning boshi va orqa mushaklarida, shuningdek, qonida ham uchraydi);
O – Others (boshqalar: enterovirus, parvovirus B19, gepatit B, C, OIV, zaxm)
R – Rubella (qizilcha )
C – Cytomegalovirus (sitomegaliya)
H – Herpes simplex virus (gerpes I/II)
Toksoplazmoz
Toksoplazmoz — asosan belgilarsiz kechuvchi, biroq past immunitetli odamlarda va onadan homilaga yuqqanda asab tizimi, yurak mushaklari va boshqa a’zolarni zararlovchi xastalik. Uning manbai Toxoplasma gondii deb nomlanuvchi jonivor. Mahalliy tarqatuvchisi esa mushuklar bo‘lib, toksoplazma qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sut emizuvchi jonivorlar va odamlarga yuqadi. Onadan homilaga o‘tishi esa homila rivojlanishiga jiddiy xavf soladi. Biroq homiladorlikkacha bo‘lgan davrdagi zararlanish homila uchun xavfli emas, chunki to‘qimaga o‘rnashgan infeksiya homila uchun aytarli xavf tug‘dirmasligi kuzatuvlarda o‘z isbotini topgan. Agar ona homiladorlik vaqtida Toksoplazmoz bilan xastalansa, u qon orqali homilaga o‘tishi va asosan 12 haftalikkacha bo‘lgan homiladorlik mobaynida katta xavf tug‘dirishi mumkin. Toksoplazmozdan saqlanish uchun tozalikka rioya qilish, go‘shtni yaxshi pishirish, xom go‘sht bilan ishlagandan so‘ng qo‘llarni va ishlatilgan buyumlarni yaxshilab yuvish lozim. Kasallik virusi ta’sirida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Qizilcha — asosan 2–10 yoshli bolalarni zararlovchi, yengil isitma va mayda qizil toshma bilan namoyon bo‘ladigan, katta yoshlilarda va homiladorlikda og‘ir kechuvchi virusli kasallik. Uning manbai kasallikning turli shakillari bilan og‘rigan bemor. Sog‘lom odamga havo-tomchi yo‘li orqali, bolaga onasidan o‘tadi. Qizilcha viruslarining homilaga tasiri homiladorlik bosqichlariga qarab, turli darajada bo‘ladi: ayol homiladorlikning birinchi uch oyligida qizilcha bilan og‘risa, homilaning zararlanish ehtimoli 60–85 foizni, ikkinchi davrida 15–20 foizni, uchinchi davrida esa 5 foizni tashkil etadi. Homilador ayol qizilcha bilan og‘rigan bemor bilan muloqotda bo‘lsa, albatta, zaruriy tahlillar topshirishi, ya’ni qonda qizilchaga qarshi antitanachalarning paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash lozim. Homiladorlikning ilk uch oyida zararlanish alomatlari aniqlansa, bolani oldirish tavsiya qilinadi.
Tug‘ma qizilcha bilan dunyoga kelgan bolalarda katarakta, yurak nuqsonlari va neyrosensor karlik kuzatilishi mumkin. Bu kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI) — asosan klinik belgilarsiz o‘tuvchi, ba’zan markaziy nerv tizimi va ichki a’zolarni og‘ir zararlaydigan, homiladorlik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virusli kasallik. Sitomegalovirus butun umri davomida bemor vujudida saqlanib turishi bilan xavfli. Virus jinsiy yo‘l bilan, homilaga esa qon orqali yuqadi. Sitomegalovirus organizmga kirib, immun tizimini kuchsizlantirib bo‘lgach, asoratlarini ko‘rsata boshlaydi.
Homilaning dastlabki oylardanoq SMVI bilan zararlanish homilaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlikning so‘nggi davrlarida zararlanish a’zolar tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmasa-da, bola tug‘ilgach, sariqlik, qon ketishi, o‘pka yallig‘lanishi va markaziy asab tizimining zararlanishi kabi asoratlar kuzatiladi. SMVI bilan kasallangandan so‘ng turg‘un immunitet hosil bo‘lmagani bois, qayta kasallanish ehtimoli bor.
Oddiy gerpes
Oddiy gerpes (OGV) — dunyoda eng ko‘p tarqalgan virusli infeksiyalardan biri. Uning 2 turi mavjud. OGV-1 bilan zararlanish dunyoda 90-95 foiz, OGV-2 bilan zararlanish esa 20-30 foizgacha yetadi. Oddiy gerpes homiladorlikning og‘ir kechishi, bolaning muddatidan ilgari tug‘ilishi, ona qornida rivojlanmay qolishi yoki homila tushishiga olib keladi.
Virus manbai bemorlardir, ya’ni havo-tomchi, jinsiy yo‘l orqali yoki onadan homilaga yuqadi. Aniqlanishicha, homiladorlikning birinchi choragida OGV yuqishi bolaning gidrotsefaliya (miya qorinchalarida orqa miya suyuqligining ko‘payishi bilan kechuvchi kasallik), yurak nuqsonlari, katarakta, karlik, siydik-tanosil a’zolari, oshqozon-ichak tizimi nuqsonlari bilan dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Virus homiladorlikning ikkinchi va uchinchi davrida yuqsa, jigar va taloqning kattalashishi (gepatosplenomegaliya), anemiya, sariqlik, gipotrofiya (organizmning darmonsizlanib, ozib ketishi), pnevmoniya kabi asoratlarni yuzaga keltiradi.
Ushbu kasallikdan so‘ng ham turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi va takroran kasallanish holatlari kuzatiladi.
TORCH-infeksiyasi so‘zi tarkibidagi (Others) boshqa virusli xastaliklar ham shu kabi jiddiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.
Ota-onaning immuniteti baland bo‘lishi, gigiyena qoidalariga amal qilishi, o‘z organizmiga hurmat bilan qarashi va, albatta, palapartish jinsiy hayotdan tiyilib, xiyonat ko‘chasiga kirmasligi farzandning sog‘lom tug‘ilishini kafolatlaydi.